Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


Partiya organlari ayrim yozuvchilar va shoirlarning asarlaridan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI


Partiya organlari ayrim yozuvchilar va shoirlarning asarlaridan 
jiddiy xatolar “topib”, ularni milliy cheklanganlikda, o‘tmishning 
za rarli tomonlarini ideallashtirishda ayblay boshladilar. Natijada 
Oybek, Abdulla Qahhor, M.Shayxzoda, Shukrullo, Said Ahmad, 
M.Boboyev, Mirtemir va boshqa ijodkorlarni badnom qildilar. Bir 
qator jurnallar, jumladan, “Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jur-
nallari tahririyatiga jiddiy ayblar qo‘yildi.
Xullas, ma’naviy hayotdagi qatag‘onlar keyingi madaniy 
hayotda ko‘pgina salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga, ya’ni ijod-
dagi erkinlik o‘rnini hadiksirash, mavzuning yuqoridan belgilab 
berilishini kutish kabi noxush hotatlarning ro‘y berishiga olib keldi. 
Shuningdek, ijodning hukmron millat, mafkura va sinf tazyiqi ostida 
belgilab berilishi yozuvchilarning ijtimoiy taraqqiyot hodisalarini bir 
tomonlama yoritishga, mavjud kamchiliklarni ko‘rib-ko‘rmaslikka 
olishga majbur etdi. Natijada XX asrning 70-yillaridan so‘ng shahar 
hayotiga asosiy e’tibor berish bilan cheklanib, qishloq voqealarini 
yoritish e’tibordan chetda qola boshladi. Qishloq hayoti, madaniyat 
va turmush ikkinchi darajali mavzuga aylandi. Aholining ozchilik 
qismi yashaydigan shahar hayoti ko‘klarga ko‘tarib maqtaldi. 
Ayniqsa, badiiy filmlar ishlab chiqarishda yuzakilikka – g‘oyaviy 
bo‘sh, mazmunan sayoz, o‘zbek millatining haqiqiy qiyofasini, 
urf-odatlari, qadriyatlarini, milliy o‘zligini ochib bera olmaydigan 
filmlar ishlab chiqarishga o‘tib olindi.
Xulosa qilib aytganda, bu davr O‘zbekiston madaniy taraqqiyotini 
boshdan kechirgan bir bosqich sifatida tarix sahifasidan munosib 
joy oldi. Fan, texnika, adabiyot va san’at hamda maorif sohalarida 
muayyan siljishlar bo‘lib o‘tdi, ularning moddiy-texnika bazasi 
ancha mustahkamlandi.
1991-yil 1-sentabr kuni O‘zbekistonning Mustaqil deb e’lon 
qilinishi, Milliy istiqlolga erishuvimiz xalqimizning ma’naviyat va 
madaniyatini yanada yuksaltirish imkoniyatini berdi. Bu shunday bir 


146
ne’matki, ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy-ma’naviy merosga 
xalq milliy ruhiyati orqali nazar tashlashga, uning sarchashmalarini 
qalban his qila bilish, xalqona milliy va diniy e’tiqodlarga chuqur 
ehtirom ila qarash imkoniyatini yaratib berdi.
Milliy istiqlolning mohiyatiga tushunib yetilgan taqdirdagina 
kishilarda chin vatanparvarlik hissi uyg‘onadi, nafaqat o‘tmish ma-
daniy merosini, balki zamonaviy, qolaversa, xalqning kelajak ma-
daniyati va ma’naviyati masalalarini ham chuqurroq anglab yetish 
hissi paydo bo‘ladi. Milliy istiqlol shunday qudratli kuchga egaki, o‘z 
millati, xalqi va elatining taqdiri, madaniyati va milliy qadriyatlari 
uchun kurash har bir fuqaroning insoniy e’tiqodiga aylandi. O‘z 
navbatida, milliy madaniyatning taraqqiyoti har bir insonning 
zamonaviy taraqqiyot oqimiga qo‘shilib ketishiga yordam berdi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə