Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


O‘zbekistonning qadimgi shaharlari yubileylari, jumladan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

O‘zbekistonning qadimgi shaharlari yubileylari, jumladan:

1997-yil - Xiva va Buxoro shaharlarining 2500-yilligi;

2002-yil - Termiz shahrining 2500-yilligi;

2002-yil - Shahrisabz shahrining 2700-yilligi;

2006-yil - Qarshi shahrining 2700-yilligi;

2007-yil - Samarqand shahrining 2750-yilligi;

2007-yil - Marg‘ilonning 2000-yilligi keng nishonlanishi 
vatandoshlarimizning eng quvonchli kunlariga aylanib ketdi.

2009-yilda Toshkentning 2200-yilligi tantanasi Mustaqil-
ligimizning 18-yilligi bayramiga ulanib ketdi.
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan Toshkent kinofestivali, “Sharq 
taro nalari (Samarqand)”, “Teatr festivali”, “Simfonik musiqa festi-
vali”, “Maqom” kabi xalqaro anjumanlar ham madaniyat bayramlari 
sifatida xalqimiz qalbidan joy olib ulgurdi.
Mustaqillik-yillarida o‘tkazilayotgan “Yangi avlod”, “Kelajak 
ovozi”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir”, “Yangi nomlar” va boshqa 
ko‘rik-tanlovlarning o‘z yo‘nalishi, o‘ziga xos maqsad va vazifalari 
bor.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-aprel PQ-
1091-son “Yagonasan, muqaddas Vatan” respublika ko‘rik-tanlovini 
o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qarori mamlakatimiz madaniyati va san’ati, 
xususan, yoshlar ijodi ravnaqida muhim hodisa bo‘ldi. Bu ko‘rik-
tanlovning bosh maqsadi: millatimiz, xalqimiz, eng avvalo, ertangi 
kunimizning ishonchi bo‘lgan yoshlarimiz qalbida o‘z ona-Vataniga 
bo‘lgan mehr va muhabbat, sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish, Vatanni 
sharaflaydigan, ulug‘laydigan, qadr-qimmati, sha’ni, shavkatini 
ifodalaydigan mazmunan teran qo‘shiqlar yaratish, shu bilan birga 
yoshlar orasidan iste’dod sohiblarini izlab topish va kashf etishdir. 
Shu bois, ushbu ko‘rik-tanlovni o‘tkazib kelinayotgan barcha 
tanlovlarning umumlashmasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
O‘zbek madaniyatining xalqaro nufuzi osha boshladi. Eng 
avvalo, ajdodlarimiz merosini tiklash bo‘yicha qilinayotgan keng 
ko‘lamli ishlarimizni jahon hamjamiyati tan olmoqda. Bu boradagi 
olamshumul ishlarimizni o‘rganish uchun dunyoning ko‘pgina 
mamlakatlari, chunonchi, Amerika, Norvegiya, Gollandiya, Fransiya
Olmoniya, Turkiya kabilardan tashrif buyurgan mutaxassis olimlar 
ham amalga oshirilayotgan ishlarga tahsin aytmoqdalar.


152
O‘zbek san’ati jahonga tanilmoqda, ko‘plab folklor jamoalari, 
jumladan. Toshkentning “Kamalak”, Andijonning “Sumalak”, 
Xorazmning “Meros” kabi folklor-etnografik ansambllari xorijiy 
mamlakatlarga tashrif buyurib, xalqaro anjumanlarda qatnashib, ajna-
biylar e’tiboriga nodir san’atimiz durdonalarini havola etishmoqda. 
Chet ellarda o‘zbek xalq madaniyati va ijodiga oid ko‘plab kitoblar, 
maqolalar chop etilmoqda. O‘zbek xalq ertaklari, maqollari, iboralari, 
afsonalarining Xitoy, Eron, Turkiya, Germaniya va AQSHda nashr 
etilgani quvonchli holdir. Vatanimizda xalq madaniyatini taraqqiy 
ettirish borasida ulkan tarixiy ishlar amalga oshirilganligini butun 
jahon tan olmoqda. Shuni bemalol aytishimiz mumkinki, mustaqil 
O‘zbekiston madaniyatining yangi mustahkam poydevori yaratildi.
Xullas, mustaqillik sharofati bilan xalq ijodining rang-barang 
turlarining tiklarnshi - xalqimiznjng tarixiy ongi, milliy ma’naviyatini 
shakllantirish va ravnaq toptirishda muhim omil sifatida namoyon 
bo‘lmoqda.
Bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tish davrida hayotning boshqa 
jabhalari kabi madaniyat sohasida ham jiddiy o‘zgarishlar, islohotlar 
amalga oshirila boshlandi. Ma’lumki, O‘zbekistonda islohotlar 
mamlakatimizning birinchi prezidenti I.Karimov tomonidan taklif 
etilgan beshta tamoyil bo‘yicha amalga oshinlmoqda. Madaniyat 
sohasida ham bosh islohotchi - bu davlat. O‘zbekiston hukumati 
madaniyat va ma’naviyat sohasidagi islohotlarnj ustuvor yo‘nalish 
deb hisoblab, bu boradagi ishlarga jiddiy e’tibor bermoqda.
O‘zbekiston xalqining maqsadi – kuchli davlat asosida kuchli 
jamiyat qurish. Bundan kelib chiqib, mamlakatimiz madaniyat 
soha 
sidagi islohotlarning ham asosiy yo‘nalishi madaniyat va 
san’at muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarib, ularni nodavlat 
va jamiyat tashkilotlariga aylantirish, jamiyat va inson manfaati 
asosida xizmat qiluvchi yangi jamiyatlar, uyushmalar, markazlar va 
jamg‘armalar tuzishdan iborat.
O‘zbekiston madaniyat tashkilotlari va muassasalari tizimida ikki 
yo‘nalish paydo bo‘lmoqda:
1 .Davlat tashkiloti va muassasalari.
2.Nodavlat va jamoat tashkilotlari.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə