Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


O‘zbek xalqi an’anaviy madaniyati



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

O‘zbek xalqi an’anaviy madaniyati. 
Mustaqillikka erishgan 
har bir davlatning ma’naviy poydevori mustahkam bo‘lgandagina, 
u baquvvat bo‘lib, keng ko‘lamda rivojlana oladi. Buning uchun 
esa ajdodlar ming-yilliklar ichida yaratgan bebaho meros – xalq 
madaniyati an’analarini yanada jonlantirish, taraqqiy ettirish va 
ulardan aql-idrok bilan foydalanish lozim bo‘ladi. Biroq ma’naviy 
merosni chuqur, har tomonlama o‘rganmasdan turib, bu bebaho 
boylikni tiklash, ayniqsa, rivojlantirish aslo mumkin emas.
Ayonki, sobiq sho‘ro hokimiyati davrida, mamlakatda tezroq 
yagona sovet xalqini shakllantirish maqsadida milliy xususiyatga 
ega bo‘lgan qadriyatlar, milliy ong, ruhiyat, xalq odatlari, an’anaviy 
madaniyat kabi hodisalar rasmiy-norasmiy taqiqlandi.
Mustaqillikka erishgan har bir millat, avvalo, o‘zligini tiklashga 
harakat qiladi. Chunki istilochilar, eng avval, o‘z mustamlakasidagi 
xalqning ma’naviy o‘zligini yo‘q qilishga intiladi. Millatning 
ma’naviy o‘zligini esa milliy ong, ruh, an’analar, til, din, adabiyot, 
axloq, ilm-fan, ma’rifat kabi ma’naviy qadriyatlar vujudga keltiradi. 
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng eng dastlabki 
ishlardan biri, bu - tarixiy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash bo‘ldi.
“Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomo-
nidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho 
ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga 
ko‘tarilgan nihovatda muhim vazifa bo‘lib qoldi”, deb ta’kidlagan 
edi O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov. 
Darhaqiqat, mustaqillik tufayli amalga oshirilgan tarixiy buyuk 
ishlardan biri – bu xalqimizning ma’naviy merosini tiklana 
boshlagani bo‘ldi.
Mustaqil O‘zbekistonda ma’naviy islohotlar negizida milliy qad -
riyatlarning tiklanishi. Ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash o‘z-o‘zi-
dan bo‘layotgani yo‘q, albatta. U, eng avvalo, mustaqillik sharofati 
bilan vujudga kelgan tarixiy ehtiyojlar asosida ma’naviyat va 
ma’rifat sohasidagi islohotlar zamirida sodir bo‘lmoqda. Ma’naviy 
sohadagi islohotlar doirasida muhim ishlar amalga oshirila boshladi. 
Eng muhimi, Respublikamizda “Ma’naviyat va ma’rifat” Kengashi 


162
tuzildi va uning markazlariga yuklatilgan vazifalar yurtimizda ma’-
naviyat masalalarini yuksaltirishga qaratildi.
Ma’naviyatni rivojlantirish – davlatning bosh vazifasi deb qarash 
sohaning jiddiy taraqqiy etishiga zamin bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidentining avvaldagi «Ma’naviyat va ma’rifat» 
jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va 
samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi (1996-y) farmonida “Ma’naviy-
ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo‘nalishi deb 
hisoblansin”, - deb qayd qilindi.
Kino. 
Mustaqillik-yillarida milliy kino san’atini rivojlantirishga 
ham alohida e’tibor qaratildi. Dastlabki davrdagi moliyaviy qo‘llab-
quvvatlashlar 2004-yili “O‘zbekkino” milliy agentligi tashkil 
etilgandan keyin yangi bosqichga ko‘tarildi.
2017-yil kino san’ati uchun ham muhim-yil bo‘ldi. Birgina shu-
yilning o‘zida “O‘zbekkino” milliy agentligiga davlat budjetidan 
12 milliard 400 million so‘m ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 29-dekabr kuni milliy 
kino san’ati xodimlari va mutasaddilari bilan uchrashdi. Unda kino 
san’atining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, madaniyat va 
san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari, tajriba va malaka 
oshirishini tashkil etish, hududlarda kinoteatrlar qurish, ularning 
faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek
kinematografiya sohasini rivojlantirish borasida qabul qilingan 
qarorlar ijrosini ta’minlash, xorijiy kinostudiyalar va kinoijodkorlar 
bilan aloqalarni mustahkamlash, ular bilan hamkorlikda filmlar 
yaratishni yo‘lga qo‘yish ta’kidlandi.
Muzey. 
Millatimizning o‘zligini anglashda hamda milliy, 
tarixiy qadriyatlarimizni tiklashda muzeylar alohida o‘rin tutadi. 
Muzeylar orqali o‘tmishni, tarixni ko‘rish, eslash, sezish, o‘rganish 
mumkin. Shu boisdan ham, mustaqillik-yillarida mavjud muzeylarni 
ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar 
barpo etishga alohida e’tibor berildi. 1996-yili Toshkentda 
Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Olimpiya shon-shuhrati, 2002-yili 
Qatag‘on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo viloyatining markazi - 
Termiz shahrida Arxeologiya muzeyi ish boshladi. O‘zbekiston 
Prezidentining 1998-yildagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash 
va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda muzey 
175
Yoshlarga e’tiborning kuchayishi. 2016-yilda “Yoshlarga oid 
davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 
qabul qilindi. Unga ko‘ra, 30 yoshgacha bo‘lgan barcha toifadagi 
shaxslar yoshlar ekanligi qayd etilgan. “Yoshlarga oid davlat 
siyosati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda 
yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga, 
yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda davlat organlari 
hamda boshqa tashkilotlar mas’uliyatini kuchaytirishga, ushbu 
sohada sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-
tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qildi. 
Prezidentimizning 2017-yil iyuldagi “Yoshlarga oid davlat 
siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi 
faoliya tini qo‘llab- quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 
mam la katimizdagi barcha harbiy akademik litseylarga “Temurbeklar 
mak tabi” nomi berildi. Yoshlarni yanada rag‘batlantirish maq sa dida 
“Mard o‘g‘lon” mukofoti ta’sis etildi. Shu-yil sentabrda o‘quv-
chilarning aniq fanlarning yuksak marralarini zabt etishiga ko‘ mak-
lashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqti-
dorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun 
zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi tasarrufida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqur-
lashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab (Al-Xorazmiy maktabi) 
tashkil etildi. Ushbu maktabga o‘quvchilar 5-sinfdan boshlab yozma 
va og‘zaki sinov natijalariga ko‘ra tanlov asosida qabul qilinadi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə