Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Yoshlar tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka 
erishgandan keyin mamlakat yoshlarini birlashtirish uchun “Yoshlar 
ittifoqi” tashkiloti tuzildi. Tashkilot yoshlarni o‘z plenumi va 
konferensiyalari qarorlarini bajarishga safarbar qilishga urinishi, 
qarorlarda yoshlarning manfaatlari va ehtiyojlari to‘la aks etmaganligi 
natijasida 1996-yilda “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti tugatilib, O‘zbekiston 
Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi tuzildi. “Kamolot” 
jamg‘armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini 
o‘rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat 
ko‘magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo “Kamolot” 
yoshlar jamg‘armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning 
haqiqiy ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi, deb topildi. 
2001-yil Toshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini o‘zi 
boshqaradigan nodavlat notijorat tashkilot - O‘zbekiston Respub-
likasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi. “Kamolot” yoshlar 
ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish, jamiyatda 
165
jamoalarining Respublika ko‘rik-festivali bu qadimiy san’atga 
yanada jiddiyroq va har taraflama e’tibor berishimiz lozimligi 
masalasini kun tartibiga qo‘ydi;
- “qadimgi qo‘shiqlar, urf-odatlar, an’analar, marosimlarni 
o‘rganish va targ‘ib qilish” bo‘yicha uyushtirilgan respublika 
ilmiy ekspeditsiyasi xalqimiz tarixiy-madaniy merosining ko‘pgina 
namunalarini saqlab qolishga ko‘mak berdi;
- Milliy qadriyatlarga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy 
anjumanlari bu soha muammolarining hal qilinishida muhim amaliy 
yo‘llarni belgilab berdi;
- “Oilaviy ansambllar”ning navbatdagi Respublika ko‘rik-
tanlovi xalqimiz ruhiyatiga mos mazkur o‘ziga xos ijodiy yo‘lga 
katta e’tibor berish zarurligini ko‘rsatdi;
- qadimgi qo‘shiqlar, urf-odatlar, an’analar va marosimlarni 
o‘rganish, targ‘ib qilish maqsadida Jizzax viloyatiga uyushtirilgan 
ilmiy-amaliy ekspeditsiya ham ko‘pgina ijodiy an’analarni asrash 
va targ‘ib qilishga ko‘mak berdi.
Xalq ijodini tiklash va ravnaq toptirish bo‘yicha amalga 
oshirilayotgan bu tadbirlar mustaqillik sharoitida Respublikamiz 
miqyosida xalq manaviyati, boy ijodiy an’analariga qay daraja 
e’tibor berilayotganiga guvohlik beradi.
Xalq ijodi sohasida respublikamizda o‘tgan Xalqaro nufuzli 
anjumanlardan biri BMTning 50-yilligiga bag‘ishlangan Toshkentdagi 
Milliy bog‘da (1997, 24-25- oktabr) Barhayot an’analar nomli xalq 
amaliy san’ati va hunarmandchiligi yarmarkasi bo‘ldi. Bu yarmarka 
o‘zbek xalq amaliy san’atiga xalqaro darajada bo‘lgan qiziqishni 
yana bir marta namoyon qildi. Samarqand, Buxoro, Xorazm va 
Farg‘ona amaliy san’at ustalari o‘ziga xos an’anaviy ijodlari bilan 
barcha kishilarni lol qoldirdi. Yarmarka yakunida xalqimizning 
amaliy ijod turlari barhayot an’analarga aylanishi uchun har bir 
noyob kasb egasi bo‘lgan iste’dodli ustozga o‘ziga 5 tadan shogird 
tayyorlashga oid huquqiy va iqtisodiy imkoniyatlar yaratib berildi.
YUNESKO tasarrufida uyushtirilgan “Boysun bahori” xalqaro 
folklor festivali o‘zbek og‘zaki va nomoddiy madaniyati durdonalarini 
jahon tan olganligining isboti bo‘ldi. Festival doirasida bo‘lib 
o‘tgan folklor jamoalar ko‘rigi, baxshi qo‘shiqchilar tanlovi, yosh 
modelyerlar ko‘rigi, folklorga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman 


166
va yakunlovchi folklor tomoshasi o‘zbek an’anaviy nomoddiy 
madaniyati boy va serqirra ekanligini yaqqol namoyish qildi.
O‘zbekistonda xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligini ravnaq 
toptirish uchun 1997-yil 31-martda Respublikamizning birinchi 
Prezidenti I.A.Karimovning maxsus farmoni chiqdi va unga binoan 
respublikamizda bu boradagi barcha ishlarni muvofiqlashtiruvchi 
maxsus markaz tuzildi. Bunday e’tibor natijasida xalqimizning 
ko‘plab ijod turlari tiklanmoqda. Respublika xalq amaliy san’ati 
markazi rahbari Shohalil Shoyoqubovning ta’kidlashicha, agar 
mustaqillikgacha xalq hunarmandchiligining 10 ga yaqin turi 
saqlanib qolgan bo‘lsa, mustaqillikdan so‘ng hozirgi vaqtga kelib, 
uning 50 ga yaqin turlari qayta tiklangan va hozir ham bu jarayon 
davom etmoqda.
O‘z navbatida, o‘zbek folklori jahonga tanilmoqda, ko‘plab 
folklor jamoalar xorijiy mamlakatlarga chiqib xalqaro anjumanlarda 
qatnashib, ajnabiylar e’tiboriga nodir san’atimiz durdonalarini havola 
etishmoqda. Quyida mustaqillik-yillari xorijiy mamlakatlarga chiqib, 
o‘zbek xalq ijodini jahonga tanitib kelgan ba’zi folklor jamoalari 
haqida qisqa ma’lumotlar keltiramiz:
Toshkentning “Kamalak” fofklor-etnografik ansambli, Andi-
jonning “Sumalak” xalq raqs ansambli, Xorazm viloyati xalq ijodiyoti 
markazi qoshidagi “Meros” bolalar namunali folklor-etnografik 
jamoasi, Respublika o‘quvchilar saroyi qoshidagi “Chaman” folklor 
guruhi, Quvaning “Anor” xalq ashula-raqs ansambli, Navoiy viloyat 
qo‘shma folklor jamoasi Misr, Turkiya, AQSH, Fransiya, Pokiston, 
Yaponiya kabi mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro folklor 
festivallari va boshqa tadbirlarda ishtirok etib, vatanimizga ko‘plab 
nufuzli sovrinlar olib kelishgan.
Chet ellarda o‘zbek xalq ijodiga oid ko‘plab kitoblar, maqolalar 
chop etilmoqda. Keyingi-yillar milliy madaniyatimiz o‘tmishi va 
bugungi kunini uzviy bog‘laydigan festivallar safi kengayib bor-
moqda. Madaniyat va san’at Forumining yangi keng qamrovli 
loyihasi – “Asrlar Sadosi” festivali ham xalqimizning an’analari, 
amaliy san’ati va milliy taomlari, xalq og‘zaki ijodi kabilarning 
boy va rang-barang ekanligini namoyon etmoqda. Ushbu festival 
har-yili mamlakatimizning turli madaniy va tarixiy maskanlarida 
mutaxassislar, olimlar va xorijiy mehmonlar ishtirokida xalqaro 
171
2006-yili Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ish boshladi. Mamlakat 
Prezidentining 1997-yil “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va 
amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida amaliy bezak 
san’ati ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan badiiy buyumlarni 
tayyorlashda davlat tomonidan madad berilish choralari belgilandi. 
Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni 
ta’sis etildi, “Hunarmand” uyushmasi tashkil qilindi. Qolaversa, 
hunarmandlar daromad solig‘idan ozod etildi. 
Mustaqillik-yillarida uslubiy jihatdan o‘ziga xos rassomlar guruhi 
shakllandi. Rassomlar ijodida jiddiy evrilishlar sodir bo‘lmoqda. 
Yangi plastik izlanishlarda ertagu dostonlar, xalq og‘zaki ijodiyoti, 
turli xil rasm-rusum va marosimlar bilan bog‘liq belgilar hamda 
ramzlar ular rangtasvirining yangi bosqichini belgilab berdi, Ushbu 
davrda serqirra ijod qilgan rangtasvirchilardan R. Ahmedov, N. 
Qo‘ziboyev, R. Choriyev, M. Nabiyev, A. Ikromjonov, B. Jalolov, 
S. Raxmetov, A. Mirzayev, N. Shin, V. Oxunov, J. Umarbekov, S. 
Alibekov, A. Isayev, J. Usmonov, N. Shoabdurahimovlarni keltirib 
o‘tishimiz mumkin. Bu davrdagi mahobatli san’atning rivojlanishi 
ijodiy erkinlik, badiiy merosimizni boy an’analariga murojaat 
qilish bilan bog‘liq. Yangi ma’muriy-ijtimoiy inshootlar, ko‘hna 
binolarni qayta ta’mirlash hamda yangi shahar ansambllarini barpo 
etish ishlarining jadallashib ketishi bilan mahobatli rangtasvirchilar 
ijod vositalarining yangi imkoniyatlarini qidirib topishga bo‘lgan 
yondashuvlari sezilarli darajada faollashdi. Mahobatli san’at 
sohasida ijodiy izlanishlar olib borgan rassomlardan A. Aliqulov, O. 
Xabibullin, “Sanoyi-nafisa” guruhi, A. Buxorboyev, A. Axmedshin 
kabi rassomlarni aytishimiz mumkin.
Mustaqillik-yillaridagi ko‘rgazmalarda M.Nabiyev, A.Ikromjonov, 
R.Choriyev, R.Ahmedov. N.Qo‘ziboyev, N.Shin, B.Boboyev, 
J.Umarbekov, B.Jalolov, V.Burmakin, L.Ibrohimov, haykaltaroshlar 
A. Hotamov, T.Tojixo‘jayev, D.Ro‘ziboyev, M.Borodina, grafik 
rassomlar M.Kagarov, A.Mamajonov, M.Sodiqovlar, yosh rassomlar 
D.Oxunboboyev, A.Ivanova, A.Nikolayev, M.Aliyev, V.Nechayeva, 
X.Ziyoxonov, X.Inog‘omova, G.Alimatova, A.Nurshina, K.Boboyev 
kabi ko‘plab taniqli san’atkorlar ijodi barchaga manzur bo‘lmoqda. 
Shuningdek, A.Nur, V.Oxunov, G.Qodirov, G.Boymatov, R.Gag-


170
yo‘qolish arafasida turgan turlarini, mahalliy markazlarini tiklash 
jarayoni ketyapti. Hozirgi kunda badiiy kulolchilik, kandakorlik, 
zargarlik, zardo‘zlik, an’anaviy to‘qimachilik, kashtachilik, 
gilamdo‘zlik, do‘ppichilik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naq-
qoshlik kabi turlar juda rivojlangan. Yetakchi kulollar A.Rahimov, 
S.Otajonov. Sh.Yusupov, R.Usmonov, A.Isoqov, Narzullayevlar, 
R.Zuhurov; kandakorlar M.Madaliyev, D.Holidova, G.Rahmatova, 
U.Aliyev, O.Umarov; zargarlar F.Dadamuhamedov, G.Yo‘ldosheva, 
G.Tosheva; ganchkorlar M.Murodov, X.Abdullayev, A.Muxtorov; 
yog‘och o‘ymakorlar S.Xo‘jayev, M.Ibrohimov. O.Fayzullayev, 
A.Azlarov, S.Rahmatullayev; zardo‘z B.Jumayev; kashtachi 
Z.Obloberdiyeva va boshqalar samarali ijod qilmoqdalar.
Mustaqillik davrida noan’anaviy amaliy bezak san’at turlari ham 
rivojlanib kelyapti. Masalan, toshkentlik kulol N.Qo‘ziyevaning 
asarlari shu uslubda mo‘jazgina ishlangan. O‘zbekiston zargarlik 
maktabining vakillari orasida E.Gostyev, U.Xolmurodov, A.UIum-
bekovalar hozirda zamonaviy, noan’anaviy yo‘nalishda ijod qil-
moqdalar. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə