Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Tasviriy san’at.
Mustaqillik davri rangtasvir san’ati turli-tuman 
uslublar ko‘lamining kengligi bilan farqlanadi. Akademik realizm, 
dekorativizm, milliy romantizm, abstraksionizm, instalyatsiya 
ko‘rinishlari ko‘p jihatdan ijodiy dunyoqarashning kengayishidan 
dalolat beradi. 1997-yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 
tashkil etilishi tasviriy san’atning turli sohalarini rivojlanishida 
katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Mustaqillik davrida tasviriy san’atning 
turli sohalari va janrlari rivojlanib bordi. Masalan, ushbu davr 
haykaltaroshligida, asosan, tarixiy siymolar gavdalandi va ularning 
soni ko‘payishi barobarida uslub jihatlarining yangilanishi ham 
bir qator asarlarda ko‘zga tashlandi. A.Rahmatullayev, L.Ryabsev, 
F.Jabborov, R.Mirtojiyev, J.Kuttimurodov, K.Norxo‘rozov kabi 
haykaltaroshlar mahobatli, A.Xotamov, E.Esanov, S.Sharipov kabi 
rassomlar esa dastgohli haykaltaroshlikni rivojlantirishga harakat 
qilishdi.
Tasviriy san’at uchun mustaqillik keng imkoniyatlar yaratib berdi. 
Avvalo, 1997-yilda O‘zbekistonda birinchi bor Badiiy akademiya 
tashkil etildi. 2002-yili Toshkent foto uyi, 2004-yili O‘zbekiston 
tasviriy san’at galereyasi, 2005-yili O‘zbek liboslari galereyasi, 
167
darajada YUNESKO hamkorligida o‘tkazildi.
2008-yilda Festival Kitob tumanida, 2009-yilda esa Parkent 
tumanida o‘tkazilgan “Asrlar sadosi” festivalida folklor va teatr 
guruhlari, xonandalar, musiqachilar, raqqoslar, xalq baxshilari
masxarabozlar, liboschi dizaynerlar, rassomlar, amaliy san’atning 
atoqli vakillari, mohir oshpazlar ishtirok etishdi. Festival dasturi, shu-
ningdek, xalq o‘yinlari, ko‘pkari (uloq), kurash, dorbozlar chiqishi, 
mamlakatning turli viloyatlaridan kelgan oshpazlar tanlovini ham 
o‘z ichiga olgan. Festival amaliy san’at yarmarkasi doirasida kulol-
chilik, kandakorlik, kashtachilik, miniatyura, o‘ymakorlik ustalari 
ham o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Festivalga 50 ming nafarga 
yaqin tomoshabin, 15 mingga yaqin mehmonlar tashrif buyurishdi. 
Ular orasida Rossiya, Fransiya, AQSH, Turkiya, Koreya, Italiya, 
Yaponiya, Xitoy, Shveysariya, Bolgariya, Avstriya kabi davlatlardan 
100 nafardan ortiq madaniyat va san’at arboblari, olim va 
tadqiqotchilar, nufuzli xalqaro OAV vakillari, diplomatik korpus va 
xalqaro tashkilotlar xodimlari bor edi.
Respublikamizda muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan 
turli xil ko‘rik-tanlovlar, Respublika miqyosidagi tadbirlar o‘zbek 
milliy san’at turlarining rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. 
Milliy dorbozlar va an’anaviy sirk san’ati jamoalarining Respublika 
ko‘rik-festivali, Askiyachi va qiziqchilarning an’anaviy Respublika 
ko‘rik-festivali, “O‘lan aytgani keldik” nomli an’anaviy folklor 
san’ati bayrami, Yosh kulollarning Respublika ko‘rgazmasi, 
Qo‘g‘irchoqbozlik san’ati bayrami, Xalq ashula va raqs ansambl-
larining Respublika ko‘rik-festivali, “Barhayot navolar” turkumidan 
milliy cholg‘u sozlar ijrochilarining Respublika ko‘rik-festivali 
mamlakatimizning ko‘plab viloyatlarida iqtidorli ijrochi yoshlarni 
kashf etmoqda.
Joylarda milliy qadriyatlar, xalq ijodiyotini targ‘ib qilish maq-
sadida 2006-yildan buyon “Xalq ijodiyoti poyezdi” tashkil etilmoqda. 
Bu poyezd yordamida respublika ko‘rik-tanlovlar, festivallar 
g‘oliblarining chekka qishloqlar aholisi bilan ijodiy uchrashuvlari 
o‘tkazilmoqda. Madaniyat poyezdi aholiga madaniy-maishiy xizmat 
ko‘rsatib, xalq ijodiyotining noyob durdonalari (o‘lan, lapar, askiya, 
baxshichilik va folklor san’ati turlari)ni keng omma o‘rtasida targ‘ib 
etib bormoqda.


168

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə