Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Xalq an’analari. 
Mustaqillikning birinchi-yillaridanoq milliy 
qadriyatlar, xalq an’analarini tiklash O‘zbekistonda davlat siyosati 
dara jasiga ko‘tarilgan muhim vazifaga aylandi. Darhaqiqat, milliy 
an’analarni tiklash borasida amalga oshirilayotgan tarixiy ishla-
rimizning qamrovi juda kengdir. An’analar – xalqning tarixiy 
shakllanishi va rivojlanishi jarayonida yaratilgan va avlodlardan av-
lodlarga muqaddas meros sifatida o‘tib kelayotgan bebaho ma’naviy 
boyligi hisoblanadi. Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan 
odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas bur-
chidir. Ajdodlarimiz an’analari barhayot bo‘lishi uchun, eng avvalo, 
uni kelajagimiz bunyodkorlari-yoshlarimiz ongida barqarorlashtirish 
lozim. Yoshlar tomonidan ajdodlar an’analarini qadrlanmay qo‘yilishi 
avlodlar o‘rtasida ma’naviy uzilishni vujudga keltiradi.
Eng qadimiy xalqlardan biri hisoblangan o‘zbeklarning an’analari 
tarixiy zaruriyat asosida vujudga kelgan, zamon chig‘iriqlaridan o‘tib, 
muhim ma’naviy qadriyat sifatida ravnaq topgan. Biroq avloddan 
avlodga o‘tib kelayotgan xalq an’analari sobiq sho‘rolar davrida 
jiddiy to‘siqlarga uchragan bo‘lsa ham, o‘zbek xalqi mustaqillikka 
erishgandan so‘ng, ularga ehtiyoj kuchayib, qayta tiklana boshlandi. 
Buning natijasida ilgari norasmiy nishonlangan an’analar jiddiy 
tadqiqot obyektlariga aylanib, milliy an’analar haqida qator kitoblar 
chop etilmoqda. Bu bejiz emas, atbatta. Chunki an’analar xalq 
ma’naviyatining tarkibiy qismi, muhim axloqiy qadriyat, tarbiya 
vositasi sifatida xizmat qilmoqda. Xalq an’analari, marosimlar 
jarayonida namoyon bo‘layotgan odob-axloq, mehr-oqibat, izzat-
ikrom kabi xislatlar yoshlar ma’naviyatini shakllanishida muhim 
ahamiyat kasb etmoqda.
Etnos-millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni 
asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchiga 
aylangan. An’anaviy xalq bayramlarining tikianishi o‘zbek madaniyati 
tarixida o‘ta muhim voqea bo‘lib qolmoqda. Chunki bayramlar 
hayotning eng yaxshi tomonlarini o‘zida mujassamlashtiradigan 
va aks ettiradigan ko‘zgu sifatida xalq madaniyatining yirik va 
muhim shakli hisoblanadi. Shuning uchun azaliy madaniyatning eng 
qimmatli tomonlarini qoidalashtirishga zamin yaratildi.
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekiston rahbariyati, eng 
avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklarini hisobga olib, azaliy 
169
bayramlarni tiklashga va yangi istiqlol bayramlarini shakllantirishga 
katta e’tibor bera boshladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 
birinchi Prezidenti I.Karimov Farmonlari asosida “Navro‘z”, 
“Ro‘za hayiti”, “Qurbon hayit”lari rasman tiklanib, xalq o‘rtasida 
keng nishonlana boshladi. Shuningdek, istiqlolni sharaflaydigan 
bayramlar “Mustaqillik kuni” va “Konstitutsiya kuni” joriy etildi. 
O‘z navbatida, O‘zbekiston rahbariyati sobiq mustabid tuzumi 
davrida paydo bo‘lgan barcha bayramlarni taqiqlamadi. Ular orasida 
umuminsoniy g‘oya va qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi “Yangi-yil 
bayrami”, “Xotin-qizlar bayrami” kabilar saqlab qolindi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning asosiy davlat bayramlari asosan 
shakllangan bo‘lsa-da, azaliy bayramlarni tiklash jarayoni tugagan, 
deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu borada hali bajariladigan ishlar 
ham kam emas. Bir tomondan, azaliy bayramlar bilan birga ularga 
xos odatlar va an’analar tiklanishi darkor. Ikkinchi tomondan
mustaqillik davrida paydo bo‘lgan tarixiy - ma’naviy qadriyatlar 
bilan ham boyitilmog‘i lozim.
Xalq an’analariga oid tadqiqotlarimiz, chunonchi, Markaziy Osiyo 
xalqlarining ming-yil ichidagi yuzga yaqin bayram va marosimlariga 
oid to‘plangan ma’lumotlar tahlili natijasida quyidagilar ma’lum 
bo‘ldi: insonning tabiiy-hayotiy ehtiyojlari asosida paydo bo‘lgan 
marosim va bayramlar asrlar davomida o‘z ahamiyatini yoqotmaydi. 
Ularga siyosiy vaziyatlar, turli davlat sulolalarining mahv etilishi, 
hukmdorlar, istilochilarning kelib-ketishlari, hattoki, hududdagi 
aholi tarkibiy o‘zgarishlari ham ta’sir etmaydi. Ikkinchi turkum 
bayram-marosimlar esa ma’lum vaqtdan so‘ng o‘zgarishi yoki 
boshqa yangi bayramlar vujudga kelishiga asos bo‘lishi mumkin. 
Uchinchi guruh marosim va bayramlar esa muayyan davr siyosati, 
davlat yoki hukmdorlarning xohish-irodasi sifatida vujudga keladi, 
o‘shalar bilan birgalikda yashaydi va o‘z tarixiy vazifasini bajarib 
bo‘lganidan so‘ng barham topadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə