Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

Teatr san’ati.
Mustaqillik davrida o‘zbek teatrining turlari va 
janrlari rivojlanmoqda. Yoshiar, bolalar va qo‘g‘irchoq teatrlari 
alohida mavqega ega. Mustaqillik sharofati bilan tiklangan milliy 
qadriyatlar, jamiyat ma’naviyati haqidagi yangilangan tushunchalar, 
tarix va zamonaviylik muammolari ushbu teatrlar diqqat-e’tiborida. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbek teatr san’atini 
rivojlantirish to

g‘risida»gi 1998-yil Farmoni milliy teatr san’atining 
istiqbolini belgilab bergan hujjat bo‘ldi. «O‘zbekteatr» ijodiy 
ishlab chiqarish birlashmasi o‘z faoliyatini milliy tomosha va 
teatr san’atining eng yaxshi an’analarini asrab-avaylashga hamda 
boyitishga yo‘naltirdi.
Mustaqillik davrida O‘zbek teatr san’ati milliy qadriyatlarni 
tiklashga qo‘l urdi. Bir zamonlar qoralangan asarlar teatrlarda 
sahna 
lashtirildi, yangi asarlar yaratish harakati boshlandi. Turii 
teatrlarda Fitratning «AbuIfayzxon» tragediyasi, To‘ra Mirzoning 
«Amir Temur» dramasi, Clio‘lponning «Kecha va kunduz» romani, 
“Yor 
qinoy” dramasi, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” va 
“Mehrobdan chayon” romanlari asosida sahna asarlari yaratildi. 
Umu man, o‘zbek teatr madaniyati yanada rivojlandi. O‘zbek san’at-
korlari xorijiy mamlakatlarga gastrollarga bormoqdalar. Zamonaviy 
o‘zbek teatri san’atiga hissa qo‘shgan namoyandalardan dramaturglar 
– M. Boboyev, Sh. Boshbekov, E. Samandarov va boshqalar; 
rejissyorlardan - N. Abdurahmonov, R. Yoriyev, B. Yo‘ldoshev, 
N. Otaboyev, O. Salimov, V. Shapiro, R. Hamidov va boshqalar
rassomlardan - G. Brim, B. Kim, S. Salimov, B. To‘rayev, T. 
Shorahimov va boshqalar; dirijyorlardan – D. Abdurahmonova, E. 
Toshmatov, N. Xalilov, H. Shamsiddinov va boshqalar; raqs ustalari 
– G. Izmaylova, M. Is’hoqova, I. Yusupov va boshqalarni ko‘rsatish 
mumkin. Teatr san’atining rivojlanishiga hissa qo‘shgan aktyorlardan 
Ya. Abdullayeva, M. Abduqunduzov. T. Azizov, Sh. Azizova, Yo. 
Ahmedov. X. Boboxonova, Z. Davletmuradova, Ye. Dmitriyeva, G. 
Jamilova, J. Zokirov, G. Zokiirova, D. Ismoilova, M. Ixtiyorova, E. 
Komilov, E. Malikboyeva, E. Nosirov, H. Nurmatov, M. Razzoqova, 
S. Rametova, A. Rafiqov, G. Rahimova, M. Teshaboyeva, N. 


178
Toshkenboyeva va boshqalarni aytishimiz mumkin.
Mustaqillik tufayli tarixiy qadriyatlarni tiklash, o‘zlikni anglash, 
ma’naviy boyliklarga intilish o‘zbek teatrining ham muhim 
vazifasiga aylandi. Sahnamizda buyuk Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, 
Alisher Navoiy obrazlari yangicha talqin qilindi. Al-Farg‘oniy, Al-
Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi, Feruz kabi ulug‘ ajdodlarimizga 
bag‘ishlangan asarlar keng shuhrat qozondi. Respublika teatrlari har-
yili 130 dan ziyod turli mavzu va janrlarda spektakllar sahnalashtiradi. 
Bular asosan tarixiy, afsonaviy mavzulardagi spektakllardir. 1998-
yili Xalqaro miqyosda keng nishonlangan buyuk vatandoshlarimiz 
hayoti va faoliyati hamda «Alpomish» dostonining 1000-yilligi 
munosabati bilan qator sahna asarlari yaratildi. O‘zbekiston Milliy 
akademik drama teatrida sahnalashtirilgan dramaturg Hayitmat 
Rasulning «Piri koinot», Farg‘ona viloyati Yu. Shakarjonov nomidagi 
musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Osmonga sig‘magan 
muhabbat”, Samarqand viloyati H. Olimjon nomidagi musiqali 
drama teatrida sahnalashtirilgan Usmon Qo‘chqorning “Imom 
Buxoriy”, Andijon viloyati Y. Oxunboboyev nomidagi musiqali 
drama teatrida sahnalashtirilgan «Alpomishning qaytishi», Xorazm 
viloyati Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida sahnalashtiri;gan 
Erkin Samandarovning «Jaloliddin Manguberdi» kabi asarlari 
Respublikamiz ma’naviy hayotida katta voqea bo‘ldi.
Toshkentda «Sharq va G‘arb», «Humo» kabi yirik xalqaro teatr 
festivallari o‘tkazilishi o‘zbek rejissurasi, aktyorlik san’atining yirik 
yutuqlari, mahorat o‘rganish, tajriba almashinish maktabi vazifasini 
o‘tadi. «Humo» festivali marafoni Toshkentda muvaffaqiyatli o‘tib, 
Germaniya, Gruziya, Rossiya va boshqa mamlakatlar teatr jamoa-
larining o‘zaro ijodiy uchrashuvi maskaniga ayiandi. 1996-yil 
Amir Temur tavalludining 660-yilligiga bag‘ishlangan «Navro‘z» 
teatr festivalining muvaffaqiyati xalqaro ahamiyatga molik bo‘ldi. 
«Andijon bahori», «37+l», «Debut» teatr festivallari san’at 
muxlislari uchun haqiqiy tuhfa bo‘ldi. Havaskorlik teatrlari ham 
rivojlanmoqda. Talabalar havaskorlik teatrlarining «Nihol» festivali 
katta qiziqish bilan o‘tkazilmoqda.
Respublikamiz teatr sohasida ham yoshlar uchun ko‘p ishlar 
qilindi, ular uchun maxsus tomoshalar qo‘yilmoqda, qo‘g‘irchoq 
teatrlari barcha viloyatlarda ishlab turibdi. «Kattalar teatrlari bolalar 
183

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə