Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


MAVZU: SОVET MUSTABID TUZUMI DAVRIDA



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

MAVZU: SОVET MUSTABID TUZUMI DAVRIDA 
O‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI
Reja:
1. Sovet davlatining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik 
siyosati, uning mohiyati va maqsadlari.
2. O‘zbekistonda maorif, oliy ta’lim, fan va adabiyot.
3. Ikkinchi jahon urushi-yillarida O‘zbekistonda fan va 
madaniyat.
4. Sovet davrida O‘zbekiston SSR da madaniy-ma’rifiy 
muassasalar tizimi.
5. Qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlari.
Mavzuning o‘quv maqsadi: 
Talabalarga mustabid sоvet tuzumi 
davrida O‘zbekiston madaniyati va san’ati sohasidagi yutuq va 
muammolar haqida batafsil ma’lumotlar berish.
Sovet mustabid tuzumi davri madaniyati o‘zining qarama-
qarshi tomonlari va xususiyatlari bilan boshqa davrlar madaniy 
taraqqiyotidan farq qiladi. Bu davrning asosiy xususiyati hayotning 
barcha sohalari, jumladan, ma’naviy madaniyat sohasining 
kommunistik mafkuraga tobeligi bilan tavsiflanadi.
Ma’lumki, milliy madaniyat milliy e’tiqod va milliy his-tuyg‘ular 
asosida rivojlanadi. Sovet mustabid tuzumi davrida ana shu xususiyat 
– milliy madaniy taraqqiyot o‘zani begona madaniy oqim tomonga 
burib yuborildi. Natijada milliy madaniyat o‘zining hayotbaxsh 
manbayidan, milliy e’tiqod va his-tuyg‘ularidan ajratib qo‘yildi. 
Madaniy-tarixiy hodisa g‘oyaviylashtirildi, hukmron mafkura va 
hukm ron sinf manfaatlariga bo‘ysundirildi. Ikkinchi tomondan, sotsia-
listik lagerga kirmaydigan “begona davlatlar madaniy hayoti bilan 
milliy madaniyatlar o‘rtasidagi tabiiy aloqadorlikka rahna solindi. 
Bu esa milliy madaniyatlarning umumbashariy madaniyatlardan 


136
uzilib qolishi va “begona” lashuviga olib keldi.
Bu davrning ikkinchi salbiy tomoni badiiy ijodiy jarayonning bir 
qadar cheklanganligi bilan xarakterlanadi. Ijodiy erkinlik hukmron 
mafkura ko‘rsatmasi asosida qurildi. Badiiy ijod “shaklan milliy, 
mazmunan sotsialistik uslubda bo‘lishi shart qilib qo‘yildi. Bu 
qonuniyat o‘tmish madaniy merosga ham tatbiq etildi. Natijada 
o‘tmish avlodlardan qolgan barcha madaniy boyliklarni o‘rganishda, 
uning ana shu qonuniyatga javob bermaydigan tomonlari olinib, 
qolgan jihatlari “zararli”, “kommunizm quruvchisi”ning ongini 
zaharlaydigan “og‘u” deb topildi. Bu esa avlodlardan avlodlarga 
qonuniy tarzda o‘tuvchi yahlit jarayonning buzilishiga sabab bo‘ldi.
Har bir jarayonning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud bo‘lganidek, 
sobiq sho‘rolar davrining ham o‘ziga xos ijobiy tomonlari ham 
mavjud bo‘lganki, bundan ko‘z yumish umumiy tabiiy-tarixiy 
jarayonga bir tomonlama nazar tashlash bilan barobardir.
Sovet mustabid tuzumi davrida o‘ziga xos madaniy taraqqiyot 
vujudga kelib, bu madaniy jarayon ozmi-ko‘pmi umumbashariy 
mada niy taraqqiyotning rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsata olgan. Bu 
davrda ilm-fan, texnika va san’atning ko‘pgina sohalarida (ay niqsa, 
me’morchilikda) ulkan yutuqlarga erishildi. Fanning ayrim soha-
lardagi rivoji dunyo miqyosidagi darajaga ko‘tarildi.
Sovet mustabid tuzumi davri madaniyatining asosiy tomonlaridan 
yana biri majburiy ta’limning joriy etilganligidir. Bu vazifani 
amalga oshirish uchun ko‘plab maktablar tashkil etildi. Natijada 
qishloq joylari madaniy-maishiy hayotining yaxshilanishida ana 
shu maktablarning ta’siri sezilarli darajada bo‘ldi. Yoki xalq xo‘jali-
gining turli sohalarini kadrlar bilan ta’minlash uchun ta’lim tizi-
mining bosqichma-bosqich yaxshilanib borilishi ham aholi madaniy 
saviyasining ko‘tarilishida muhim rol o‘ynagan.
XX asrning 20-yillaridayoq o

zbek milliy professional teatri va 
milliy kino san’atlarining tamal toshi qo‘yildi. Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim o‘z rivojlanish bosqichiga kirdi. Sovetlar davrida ham Rossiya 
imperiyasi amaldorlari tomonidan amalga oshiralayotgan siyosat 
– yerli xalqni ruslashtirish siyosati davom etdi. Milliy ma’naviy 
qadriyatlar millatning milliy g‘ururi va o‘zligini anglashga bo‘lgan 
intilishlari bo‘g‘ib qo‘yilishi davom etdi.
O‘tmish madaniy merosga bo‘lgan munosabatda sinfiylik 
137
tamoyili asosiy mezonga aylandi. Mazkur tamoyilning madaniy-
ijodiy jarayonga tatbiq etilishi o‘zbek milliy madaniyatining 
qadim ajdodlari tomonidan vujudga keltirilgan sarchashmalaridan 
bahramand bo‘lishiga barham berdi.
O‘tgan asrning 20-yillari boshida qabul qilingan San’at buyumlari 
va ilmiy kolleksiyalarini chet elga olib chiqib ketishni taqiqlash 
to‘g‘risida (1921-yil, 22-may), “Musulmon nashrlari uchun mablag

ajratish” (1922 -yi, 10-avgust), “Turkistonda yerli bolalar uchun 
maktablar tarmog‘ini kengaytirish” (1923 -yi, may) va boshqa 
ko‘pgina chora-tadbirlar o‘z samarasini bermay qolmadi. Maktablar 
tarmog‘i tez sur’atlar bilan rivojlandi, matbaa ishi yaxshilanib 
madaniy-ma’rifiy ishlar ko‘lamining ta’siri kengaydi. Bu ishlarning 
amalga oshuvi natijasida mahalliy xalq orasidan A.Avloniy, A.Fitrat, 
A.Qodiriy, S.Ayniy, Hamza, A.Cho‘lpon, Botu (M.Xodiyev), Ziyo 
Said singari adiblar, M.Uyg‘ur kabi atoqli aktyor va rejissyorlar 
yetishib chiqdi.
1925 -yiga kelib o‘zbek tilida 17 nomdagi gazeta va jurnallar 
chiqa boshladi. Turkistonda yashovchi o‘zbek, qozoq, rus va boshqa 
millat tillarida kitoblar chop etildi. 14 teatr, 19 kinoxona, 152 ta 
kutubxona va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyat ko‘rsata 
boshladi.
Savodsizlikni tugatish maqsadida xalq tilida maktablar tashkil 
etish sur’ati yanada kuchaytirildi. Ularni darsliklar va o‘quv qurollari 
bilan ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rildi. 1930-yil 25-iyulda 
majburiy boshlang‘ich ta’lim joriy etildi. XX asrning 30-40-yillari 
oralig‘ida mehnatga yaroqli aholining deyarli barchasi savodsizlikni 
tugatish tizimida o‘qib chiqdi. XX asrning 30-yillarining oxirlariga 
kelib, umumiy yetti-yillik ta’limga o‘tildi.
1920-yilda Toshkentda rasman tashkil etilgan O rta Osiyo 
Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) nafa-
qat respublikamiz uchun, balki O‘rta Osiyo respublikalari va Qozo-
g‘iston uchun oliy malakali mutaxassislar tayyorlab beruvchi yagona 
markazga aylandi.
XX asrning 20-30-yillarga kelib respublikamizning yirik shahar-
larida xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan mutaxassisliklarni yetkazib 
beruvchi ko‘plab oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tashkil etila 
bosh landi. Bu davrda respublika madaniy hayoti partiyaning qat-


160
madaniyatning eng nozik va murakkab masalasidir. Hozirgi davrda 
dinimizga aynan madaniyat yetishmayapti. Islom dini sobiq sho‘rolar 
davrida taqiqlangani uchun mustaqillik sharoitida uning tiklanishiga 
keng imkoniyatlar yaratib berildi. Atomdan atomelektrostansiyasi va 
atom bombasi tayyorlash mumkin. Dinni niqob qilib, vatanimizga 
nur emas, yovuzlik-terrorchilik olib keladiganlar paydo bo‘ldi. 
Bu kasallikning oldini olish uchun unga qarshi immunitet hosil 
qilish lozim bo‘lmoqda. Birinchi Prezidentimiz aytganidek, “Biz 
farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobola-
rimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, 
...ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Ana 
shunda johil aqidaparastlarning “da’vati” ham, axloqni rad etadigan, 
biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham ularga ta’sirini o‘tkaza 
olmaydi”.
Milliy g‘oyaning shakllanishi va taraqqiy etishi, eng avvalo, ma-
daniy-ma’rifiy xodimlarga, ziyolilar, jumladan, olimlar, yozuvchilar, 
san’atkorlar, ijodkorlar, tarbiyachilar, ma’rifatchilar (professor-
o‘qituvchilar) kabilarga bog‘liq. Ular chin ko‘ngildan, faol mehnat 
qilishsa, jamiyatda ezgulik g‘oyalari g‘alaba qozonadi. Bu ishda har 
kimning o‘z vazifasi bor. Agar olimlar milliy g‘oyani shakllantirish 
bo‘yicha tadqiqotlar, yozuvchilar millatni birlashtiruvchi g‘oyalarni 
tarannum etuvchi badiiy asarlar, san’atkorlar ezgulikka, milliy 
taraqqiyotga xizmat qiluvchi ijod mahsullarini yaratishsa, madaniyat 
xodimlari, jumladan, kutubxonachilar, muzey, klub va istirohat bog‘i 
xodimlari joylarda milliy mafkura targ‘iboti, maktab o‘qituvchilari 
o‘quvchilar ongi va qalbiga insonparvarlik va millatparvarlik g‘oya 
va tuyg‘ularini singdirish bilan faol shug‘ullanishsa, tabiiy tarzda 
jamiyat olg‘a dadil qadam tashlaydi. O‘z moddiy muammolari bilan 
band bo‘lib qolgan ziyolilar ma’naviy sohada, jumladan, milliy 
g‘oya va mafkurani yaratish va targ‘ib qilishda yaxshi natijalarga 
erisha olmay qoladilar. Ma’naviyatsiz, milliy g‘oya, mafkurasiz esa 
jamiyat olg‘a siljiy olmaydi. Jamiyatni ezgu maqsadga yetaklovchi 
milliy g‘oyani shakllantirish va rivojlantirish ziyolilarning muhim 
vazifasi ekan, davlat ularning faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlab turishi, 
ularga moddiy va ma’naviy sharoitlar, qulayliklar yaratmog‘i katta 
ahamiyatga ega.
Xullas, milliy g‘oya va mafkuraga tayangan o‘zbek madaniyati 
145
bo‘rttirib tasvirlashga qaratildi.
Millat, xalq va Vatan tarixini yoritib beruvchi asarlarning mual-
liflariga “o‘tmishni qo‘msovchi, “o‘tmishni ideallashtiruvchi” kabi 
ayblar qo‘yildi. Yozilgan asarlar partiya organlari senzurasi tomo-
nidan qattiq tekshirilar va rahbariyatga yoqmagan “zararli ele-
mentlar” uchun ijodiy organlar va mualliflar badnom qilinar edi. 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə