Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan


Partiyani diktatorlikda va demokratiyani bo‘g‘ishda ayblaydi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/54
tarix05.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104455
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI


Partiyani diktatorlikda va demokratiyani bo‘g‘ishda ayblaydi, 
jamiyatni boshqarishda barcha guruhlarning erkin qatnashishini 
ta’kidlaydi. Davlatni boshqarishda faqat sho‘rolarning ishtirokini 
tan olib, partiyaning asosiy vazifasini faqat targ‘ibot va tashviqot 
ishlarini olib borishdan iborat, deb hisoblaydi.
Ayrim ma’rifatparvarlar mahalliy aholi bolalari uchun o‘z 
mablag‘idan maktablar ochdilar. Xalq ta’limining ko‘pgina tash-
kilotchilari pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishdan tashqari, mak-
tablar uchun o‘zbek tilida darslik tayyorlash ishida ham faol qatnash-
dilar. Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Fitrat, Ashurali Zohiriy
Shorasul Zunnun, Rahimjon Shokiriy, Elbek, Qayum Rama zon, 
Sh.Saidrizo Alizoda, Rafiq Mo‘min, Abduqodir Shokiriy va bosh-
qalar shular jumlasidandir.
XX asrning 30-yillarida adabiyot sohasiga G‘ayratiy, Oybek, G‘. 
G‘ulom, Botu (M.Xodiyev), Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Oydin 
Sobirova, Usmon Nosir, Amin Umariy, Uyg‘un singari yozuvchi va 
shoirlar kirib keldilar va xalq orasida tanila boshladilar.
XX asrning 20-30-yillarida o‘zbek teatr san’ati shakllana bosh-


138
tiq nazorati ostida tashkil etilardi. Partiyaning yo‘1-yo‘riqlariga 
ozgina bo‘lsa-da beparvolik qilish, undan chetga chiqish va erkin 
ijodga intilish aksilinqilobiy harakat hisoblanar va qattiq jazoga 
mubtalo qilinar edi. O‘tmish madaniy meros va qadimiy madaniy 
yodgorliklarga yangi sotsialistik madaniyatning dushmani sifatida 
qaralar edi. Madaniyatning tarkibiy qismi hisoblangan dinga qarshi 
ayovsiz kurash boshlandi.
Bu holat, ayniqsa, XX asrning 30-yillarida avjga chiqdi. Ko‘plab 
dindorlar uzoq o‘lkalarga, begona yurtlarga surgun qilindi. Islom va 
xristian dinlariga oid qanchadan qancha kitobtar yo‘q qilinib, mas-
jidlar, cherkovlar, xonoqohlar va maqbaralar vayronaga aylantirildi. 
Shunga qaramasdan, XX asrning 20-yillaridan boshlab respublika 
madaniy hayotida bir qator o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Xalq 
ta’limi tizimida, madaniy yodgorliklarni saqlash va mahalliy 
matbuotning rivojlanishida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Respublika madaniy hayotida o‘sha davrning fidoyi siymolari eng 
murakkab sharoitda ham partiya yakkahokimligi va davlat tomo-
nidan avj oldirilgan jazo choralariga qaramay, milliy ruh va milliy 
istiqlol uchun kurash olib bordilar. O‘sha davrning mashhur adiblari 
va publitsistlari Munavvarqori, A. Fitrat, A. Cho‘lpon, A. Qodiriy, 
A. Avloniy, Hamza, G‘. Yunus, Ashurali Zohiriy, Xurshid (Sh. 
Sharofiddinov), keyingi yosh avlod vakillaridan Botu (M.Xodiyev), 
Ziyo Said va boshqalar hamda o‘zbek professional teatri tashkilot-
chilaridan M.Uyg‘ur kabi ziyolilar shular jumlasidandir.
XX asrning 20-30-yillari Respublika madaniy hayotidagi og‘ir-
yillar hisoblanadi. Bu davrda milliy adabiyot va san’atni saqlab 
qolish, uning ilg‘or an’analarini tiklash uchun harakat avj oldi. Shu 
bilan birga adabiy-badiiy jarayonni hukmron sinf manfaatlariga 
bo‘ysundirishga yordam beruvchi ikkinchi guruh ham paydo bo‘ldiki, 
ular millat qahramonlarini qatag‘on qilishda jonbozlik ko‘rsatdilar.
Ana shu kurashlar natijasida o‘zbek adabiyoti tarixida yangi janr 
– o‘zbek romanchilik janri vujudga keldi. Abdulla Qodiriy “O‘tkan 
kunlar” va “Mehrobdan chayon” nomli asarlar yaratib o‘zbek 
romanchiligi asosiga tamal toshini qo‘ydi. A.Fitratning “Chin sevish” 
va “Abulfayzxon”, “Arslon”, A.Cho‘lponning “Cho‘riqiz isyoni”, 
“Yorqinoy” va “Zulmkor” nomli dramatik asarlarida Turkiston 
xalqlarining fojiasi, tuganmas dardlari to‘laqonli aks ettirildi.
135

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə