10-mavzu. Davlat suv kadastrini yuritishninig mazmuni


Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishning umumiy masalalari



Yüklə 20,2 Kb.
səhifə2/2
tarix29.11.2023
ölçüsü20,2 Kb.
#139647
1   2
10-mavzu. Davlat suv kadastrini yuritishninig mazmuni.

Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishning umumiy masalalari
Davlat suv kadastri ma’lumotlari respublika, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlari, daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari bo‘yicha, yer osti suvlari bo‘limi bo‘yicha esa gidrogeologiya mintaqalari bo‘yicha ham tizimlashtiriladi va nashr etiladi.
Yer usti suv resurslari, ularning sifati va xo‘jalik faoliyati ta’siridagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar suv obyektlari va ularning maydonlari, davlat va davlatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari, viloyatlar va umuman respublika bo‘yicha umumlashtiriladi.
Yer osti suv resurslari, ularning sifati va xo‘jalik faoliyati ta’siridagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar konlar, daryo havzalari va ularning maydonlari, suvli gorizontlar va yer osti suvlari havzalari, viloyatlar hamda umuman respublika bo‘yicha umumlashtiriladi.
Yer osti suvlari resurslarini baholash ularning yer usti suvlari bilan o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Suvdan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari, alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari, viloyatlar va umuman respublika bo‘yicha, Shuningdek, suvdan foydalanish turlari va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha umumlashtiriladi.
Davlat suv kadastrini yuritish tizimining yagonaligini ta’minlash uchun Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan (Davlat suv kadastrining tegishli bo‘limlari bo‘yicha) ishlab chiqiladigan yuritishga oid uslubiy ko‘rsatmalar, nashrlari maketlari va Davlat suv kadastri bo‘yicha boshqa normativ-texnik hujjatlar "O‘zgidromet" markazi bilan kelishib olinishi kerak.
Suvdan foydalanuvchilarni suv resurslari va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar bilan ta’minlashda tezkorlikni oshirish, Shuningdek, iste’molchilarning talablarini hisobga olgan holda ma’lumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish darajasini oshirish uchun suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi tashkil etiladi.
Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi "O‘zgidromet" markazi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona texnik topshiriq asosida tarmoq axborot tizimlari negizida loyihalashtiriladi va tashkil etiladi. Davlat suv kadastrini yuritish uchun yer usti suvlari, yer osti suvlari va suvdan foydalanish bo‘limlari bo‘yicha kadastrning idoralararo bosh markazi, tashkil etiladi.
Idoralararo bosh markaz funksiyasini "O‘zgidromet" markazining O‘rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti bajaradi. Davlat suv kadastrining idoralararo bosh markazi, hududiy markazlari va mahalliy organlarining funksiyasi ("Yer usti suvlari", "Yer osti suvlari" va "Suvdan foydalanish" bo‘limlari bo‘yicha) tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha funksiyalari:
a) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastrining umumiy prinsiplarini va ilmiy-uslubiy asoslarini, kadastrni yuritish, uni avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalash va tashkil etish tartibini ishlab chiqadi;
b)Kadastrni tashkil etish va yuritishga oid barcha ishlarni muvofiqlashtiradi, yo‘naltiradi va birlashtiradi;
v) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda kadastrning idoralararo normativ-texnik hujjatlarini (Shu jumladan Davlat suv kadastrining qo‘shma nashrlari maketini), Shuningdek, avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun idoralararo loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi;
g) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko‘rsatmalarni, nashrlar maketini va boshqa normativ-texnik hujjatlarni Shuningdek, avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun loyiha hujjatlarini kelishib oladi;
d) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislarini jalb qilgan holda yer usti suvlari va yer osti suvlari hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ma tahlil qilishni, bog‘lashni va umumlashtirishni bajaradi, qo‘shma nashrlarni chiqarishga tayyorlaydi va nashr qiladi;
e) Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda kadastr axborotnomasini nashr etishga tayyorlaydi;
j) "Yer usti suvlari" bo‘limi bo‘yicha: yer usti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqishni; yer usti suvlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullarni, algoritmlarni va mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqish; axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqish; Kadastrning avtomatlashtirilgan axborot tizimi funksional va idoraviy kichik tizimlarni loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirish; Suv kadastri hududiy markazlari va mahalliy organlari uchun kadastrni yuritishga oid uslubiy ko‘rsatmalarni, nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish; yer usti suvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar so‘roviga ko‘ra berish; er usti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ularning xo‘jalik faoliyati ta’siridagi o‘zgarishlarini baholash; Kadastr nashrlarini chiqarishga va e’lon qilishga tayyorlashni; o‘ziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan kadastrni ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi.
"Yer osti suvlari" va "Suvdan foydalanish" bo‘limlari bo‘yicha kadastrni yuritish uchun zarur bo‘lgan yer usti suvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat geologiya qo‘mitasiga hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga berilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha funksiyalari:
"Yer osti suvlari" bo‘limi bo‘yicha kadastrni ishlab chiqishni va uni yuritishni, Shu jumladan: yer osti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqishni; yer osti suvlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullarni, algoritmlarni va mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishni; axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqishni; Kadastrning avtomatlashtirilgan axborot tizimi funksional kichik tizimlarni loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirishni; Suv kadastri hududiy markazlari va mahalliy organlari uchun kadastrini yuritishga oid uslubiy ko‘rsatmalarni, kadastr nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni; yer osti suvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar so‘roviga ko‘ra berishni; yer osti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ularning xo‘jalik faoliyati ta’siridagi o‘zgarishlarini baholashni; "Yer osti suvlari" bo‘limi bo‘yicha kadastr nashrlarini chiqarishga va e’lon qilishga tayyorlashni; o‘ziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi; Kadastrni yuritish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar loyihalarini, kadastr nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarini, Shuningdek, "Yer osti suvlari" bo‘limi bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimiga loyiha hujjatlarini kelishib olish uchun Gidrometeorologiya xizmati markaziga taqdim etadi; "Yer usti suvlari" bo‘limi bo‘yicha kadastrni idoralararo qo‘shma nashrlarini tayyorlash va uni yuritish uchun zarur bo‘lgan yer osti suvlariga oid materiallarning Gidrometeorologiya xizmati markaziga berilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha funksiyalari: "Suvdan foydalanish" bo‘limini kadastrni avtomatlashtirilgan axborot tizimini yuritishni ishlab chiqishni va takomillashtirishni; suvdan foydalanish to‘g‘risidagi axborotlarni nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullar, algoritmlarni hamda mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishni; axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqishni; avtomatlashtirilgan axborot tizimining funksional kichik tizimlarini loyihalashni, sinashni, joriy etishni va takomillashtirishni; irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari, magistral kanallar tizimlar boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari uchun kadastrini yuritish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni, nashrlar maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarini ishlab chiqishni; yer usti va yer osti suvlaridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va berishni; suvdan foydalanishni joriy va istiqbol uchun baholashni hamda suv xo‘jaligi hisobot balanslarini tuzishni; "Suvdan foydalanish" bo‘limi bo‘yicha kadastr nashrlarini chiqarishga va e’lon qilishga tayyorlashni; o‘ziga qarashli muassasa hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan kadastrni ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni; davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar loyihalarini, kadastr nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarini, Shuningdek, "Suvdan foydalanish" bo‘limi bo‘yicha kadastrning avtomatlashtirilgan axborot tizimiga oid loyiha hujjatlarini kelishib olish uchun Gidrometeorologiya xizmati markaziga taqdim etishni; kadastrni idoralararo qo‘shma nashrlarini tayyorlash va kadastrni yuritish uchun zarur bo‘lgan suvdan foydalanishga oid materiallarning Gidrometeorologiya xizmati markaziga berilishini; Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning Davlat geologiya qo‘mitasiga berilishini ta’minlaydi.
Davlat suv kadastrini yuritish:
1. Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari joylardagi davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni to‘playdilar.
2. Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari Davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar suv obyektlari, suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foydalanish, Shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar mansubligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmati markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadilar.
3. Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari tomonidan taqdim etilgan materiallar ekspertizadan o‘tkazish uchun Davlat suv kadastrining idoralararo bosh markazi, "O‘zgidromet" markazining O‘rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy-metodik kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
4. Ekspertiza natijalariga ko‘ra Ilmiy-metodik kengash mansubligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmati markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga tegishli xulosa taqdim etadi.
5. Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari kadastr xizmatlari davlat yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, bino va inshootlar to‘g‘risidagi axborotlarni oladi.
6. Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari kadastr xizmati suv obyektlar mulkdorlari va foydalanuvchilaridan suv obyektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini to‘playdi, o‘z hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradi, mansubligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmati markaziga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi kadastr xizmatlariga beradi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmati markazi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi kadastr xizmatlari so‘rov bo‘yicha "Davyergeodezkadastr" qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasidan suv obyektlari bo‘yicha axborotlarni olishi mumkin va zarur axborotlarni Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari kadastr xizmatlariga yuborishi mumkin.
8. DKYATdan foydalanuvchilar so‘rov bo‘yicha "Davyergeodezkadastr" qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasidan Suv obyektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini olishi mumkin.
Mustaqil o’rganish uchun savollar:

  1. Davlat suv kadastri qanday ma’lumotlarni o’z ichiga oladi?

  2. Davlat suv kadastri qanday tartibda yyuritiladi?

  3. Gidrometeorologiya xizmati markazining Davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha funksiyalari nimalardan iborat?

  4. Davlat suv kadastrining ob’yekti?

  5. Suv ob’yektlariga nimalarr kiradi?

  6. Suv xo’jaligi ob’yektlari qaysilar?

Yüklə 20,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə