14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi


Alohida mamlakatlarda iqtisodiy o’sish sur’atini tashkil etuvchilar, %



Yüklə 103,87 Kb.
səhifə21/23
tarix28.11.2023
ölçüsü103,87 Kb.
#137863
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi. Reja-fayllar.org

Alohida mamlakatlarda iqtisodiy o’sish sur’atini tashkil etuvchilar, %



2-jadval

O’sish sur’atini


tashkil etuvchi omillar


AQSh
1950-1962 y.




Yaponiya


1953-1971y.


GFR
1950-1962y.




Mehnat

1,12

1,85

1,37

Kapital

0,83

2,10

1,41

Texnik taraqqiyot


0,76

1,97

0,8

Resurslarning
joylashishi


0,29

0,95

1,01

Ishlab chiqarish ko’lami

0,36

1,94

1,61

Boshqalar

-0,04

0,00

0,00

O’sish sur’ati

3,32

8,81

6,27


Jadvaldan shu narsani ko’rish mumkinki, GFR uchun ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Garchi bu erda u yoki bu omilni ajratib ko’rsatish qiyin bo’lsa ham, zamonaviy texnologiyalarga o’tish Yaponiya iqtisodiyotida yuqori ish sur’atini ta’minlashda muhim rol o’ynagan. Haqiqatan, Yaponiyada iqtisodiy o’sishning yarmini ishlab chiqarish omillarining o’sishi ta’minlangan bo’lsa, ikkinchi yarmini – texnika taraqqiyoti va texnologiya ta’minlangan. Amerika iqtisodiyotida mehnat unumdorligini oshirish, kapitaldan foydalanish muhim hisoblangan.

Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o’sish modeli


Ikkinchi Jahon urushidan keyin mustamlaka tizimining emirilishi bilan “kam rivojlangan” atalmish mamlakatlar xo’ja-ligini rivojlantirish muammosi iqtisodiy fanda markaziy o’rinlardan birini egalladi. Osiyo, Afrikadagi bir qator bunday mamlakatlar aholisining o’sish sur’ati yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atidan ustun bo’lgan. Jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko’paymagan, balki bir o’rinda qolgan yoki pasaygan. Ba’zi rivojalanayotgan mamlakatlarda ichki jamg’arma manfiy bo’lgan, ya’ni mamlakat ishlab chiqarishdan ko’ra ko’p iste’mol qilgan, demak chetdan keladigan resurslar hisobiga yashagan.
Mutaxassislar g’arb iqtisodiy fani yutuqlariga asoslangan holda rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o’sishini rag’batlantirish bo’yicha amaliy tavsiyalarni va modellarni ishlab chiqdilar. XX asrning 50-60- yillari keynschilik vakillari nazariyalari ancha keng tarzda qo’llanildi.

Davlat investistiyalari - muvaffaqiyat garovi. Keynschilarning ta’kidlashicha, kam rivojlangan mamlakatlarda xususiy ixtiyoriy jamg’armalarning roli juda past. Aholi ishlab topgan daromadlarning barchasini iste’molga sarflashni afzal ko’radi va deyarli investistiyani amalga oshirmaydi. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri industrial rivojlangan mamlakatlar “ta’siri” hisoblanadi. G’arb hayot tarzining kirib kelishi isrofgarchilikka yo’l qo’yish, zeb-ziynat buyumlariga bo’lgan sarflarni ko’paytirishni keltirib chiqardi. Shuning uchun daromadning oshishi jamg’armaning tez ko’payishiga va demak investistiyaning ko’payishiga olib kelmagan. Shu bois, majburiy jamg’armalarning roli oshib boradi (aholidan olinadigan soliq va har xil to’lovlarni ko’paytirish hisobiga) va davlat investistiyalarining ahamiyati kuchayib boradi. Davlat aholining pul resurslarini investistiyaga yo’naltirish chora-tadbirlarini ko’rishi lozim. Bunday chora-tadbirlardan biri foiz me’yorining davlat tomonidan tartiblab turilishi hisoblanadi.
Chunki tadbirkorlar o’z kapitallarini ishlab chiqarish sohasidan ko’ra, tez-tez savdo va moliyaviy sohalarga yo’naltiradilar. Nega? Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tipik xol hisoblangan surunkali inflyastiya ishlab chiqarish sohasiga kapital qo’yishni foydasiz qilib qo’yadi. Ikkkinchidan, bozor infratuzilmasining va xo’jalik qonunchiligining yaxshi rivojlanmaganligi xususiy tadbirkorlarga savdo, transport, aloqa sohalarida monopol mavqeiga erishish va shuning hisobiga monopol yuqori foyda olish imkonini beradi.
Xususiy sektorni rivojlantirish, keynschilar fikriga ko’ra, bozor infratuzilmasiga va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga davlat kapital qo’yilmalarini ko’paytirish, investistion kreditlarni kengaytirish, foiz stavkasini pasaytirish, mo’’tadil inflyastiya va byudjet taqchilligini ta’minlash yo’li bilan rag’batlantirilishi zarur.
Amerika iqtisodchilari R.Nurske, A.Xirshman va boshqalar

rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o’sish modellaridan biri – “keskin sakrash” nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyaga muvofiq rivojlanayotgan mamlakatlar qoloqlikdan qutilish uchun “kambag’allik tuzog’ini” uzib tashlashi kerak. Yaratilgan moddiy boyliklar aholining o’sishi tomonidan “eb tashlanishi” tufayli kelib chiqadigan “kambag’allik tuzog’ini” quyidagi rasm ko’rinishda ifodalash mumkin.




Yüklə 103,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə