Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Qo`l skeleti
. Qo`l suyaklari ikki qismga: elka kamari suyaklari va qo`lning 
erkin suyaklariga bo`linadi. qo`lning elka kamari suyaklariga kurak va o`mrov 
suyaklari kiradi. Erkin suyaklarga elka, bilak, pancha suyaklari kiradi. Kurak, 
o`mrov, elka, bilak, tirsak suyaklarining suyakka aylanishi 20 – 25 yoshgacha davom 
etadi. qo`l kaftining suyakka aylanishi 15-16 yoshgacha, barmoqlarning suyakka 
aylanishi 16-20 yoshgacha davom etadi. qo`l skletining yoshga qarab shakllanishida 
bolalarni mehnatga o`rgatishga va jismoniy mashqlar bajarishini e'tiborga olish kerak.
Oyoq skeleti.
Oyoq suyaklari ikki guruhga oyoq kamari yoki chanoq va 
oyoqning erkin suyaklariga bo`linadi. Chanoq suyagining yuqori qismi kengaygan 
bo`lib, katta chanoq deb ataladi. Pastki qismi toraygan bo`lib, kichik chanoq deb 
ataladi. Kichik chanoq bo`shlig`ida to`g`ri ichak, siydik pufagi, qon, limfa tomirlari 
va nerv tolalari, tugunlari hamda jinsiy organlar joylashgan. chanoq suyagi yonbosh, 
quymich va qov suyaklaridan iborat. 3 yoshgacha chanoq suyagi jadal o`sadi. 7-8 
yoshda qov va quymich suyaklari tutashadi. Jinsga bog`liq farqlari 12 yoshda 
farqlanadi. 20-25 yoshda chanoq suyaklari bir-biri bilan tutashadi. Ayollarning 
chanoq suyaklari , erkaklarnikidan farq qilib kaltaroq va keng bo`lib, suyaklari yupqa 
va silliq bo`ladi. Kichik chanoq ayollarda kengroq, erkaklarda tor bo`ladi. Chanoq 
teshigi ayollarda kattaroq bo`ladi.
Oyoqnnig erkin suyaklariga – son, katta va kichik boldir hamda oyoq panja 
suyaklari kiradi. Son va boldir suyaklari 20-24 yoshda oyoq kaft suyaklari erkaklarda 
17-21 yoshda, ayollarda 11-19 yoshda oyoq panjasi falangalari erkaklarda 15-21 
yoshda ayollarda esa 13-17 yoshda butunlay suyaklanib bo`ladi.
 
MUSKUL SISTEMASI 
Odam organizmida 600 ga yaqin muskullar bo`lib, katta yoshli odam 
tanasining 45-50 % ni tashkil etadi. Suyaklarni harakatga keltiruvchi organlar 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə