Анатом- меш


Gomeostaz organizmning ko'pchilik organlar sistemasining



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Gomeostaz organizmning ko'pchilik organlar sistemasining 
birgalikdagi faoliyati orqali ta'minladi. 
Qon hujayra tashqarisidagi suyuqlikning tarkibiy qismi bo'lib, tana 
massasining o'rtacha 7% ini tashkil etadi, shundan qon plazmasi 4,5-5%ni 
tashkil etadi. Biror organning ish faoliyati buzilsa (kasallik tufayli) organizm 
ichki muhitining nisbiy doimiyligi ham buziladi. M-n: me`da-ichak, jigar, 
buyrak kasalliklaridir.
Qonning yoshga xos xususiyatlari.
 Qon yopiq holda qon tomirlarda 
harakatlanadi. Homiladorlikning uchunchi haftasidan boshlab, embrion 
tanasida dastlabki yurak va qon tomirlari shakllana boshlaydi.
Embrionning uchunchi oyiga kelib asosiy qon hosil qiluvchi organlar 
jigar va taloq ishlay boshlaydi. Bola 4 oylik bo`lganda suyaklardan ya'ni 
naysimon, yassi, qovurg`alar, to`sh hamda umurtqa suyaklarining ko`mik 
qismidan qon ishlab chiqarila boshlaydi.
Qon odamning yoshiga qarab o'zgarib turadi, ayniqsa 1 yoshgacha qon 
o'z xususiyatiga ko'ra katta odmnikidan farq qiladi. Moddalar almashinuvi, qon 
yaratuvchi organlarning tuzilishi va funksiyasi, qon aylanishi yoshga xos 
xususiyatlarga bog'liq bo'ladi. Bola qancha yosh bo'lsa, moddalar almashinuvi 
shuncha kuchli bo'ladi. Yangi tug'ilgan bolaning har kilogramm vazniga 150 
sm
3
 , go'dak bolada 110 sm
3
 , 7 yoshdan 12 yoshgacha 70 sm
3
 , 15 yoshdan 
boshlab esa 65 sm
3
, qon to'g'ri keladi. Yangi tug'ilgan bolada qon tana umuiy 
vaznining 15% ni, 1 yoshda 11%ni, 6 yoshdan 14 yoshgacha 9 % ni, katta 
odamda esa 7 % ni tashkil etadi. O'g'il bolada va katta yoshli kishida qon 
miqdori qizlar va ayollardagiga nisbatan ko'proq bo'ladi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə