Анатом- меш


yetkazadi.  2. Qonning transport (tashuvchanlik) funksiyasi. Me`daichaklarda



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

yetkazadi. 
2. Qonning transport (tashuvchanlik) funksiyasi. Me`daichaklarda 
hazm bo'lgan oziq moddalar qon va limfatomirlariga so'rilib, qon orqali 
hujayralarga yetkaziladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil 
bo'lgan qoldiq (zaharli) moddalarni ayirish organlariga yetkazib beradi. 
3. Qon barcha to'qima va organlar funksiyasining gumorol yo'l bilan 
boshqarilishida ishtirok etadi. Endokrin bezlarda sintez qilingan moddalar 
qonga o'tib, u orqali to'qima va organlarga yetkaziladi. 
4. Qonning himoya funksiyasi. Organizmga kirgan zaharli moddalar va 
mikroblar qon tarkibidagi leykositlar tomonidan yutib, parchalab, eritib 
yuboriladi. Bundan tashqari qon zardobtda oqsil zarrachalar (antitelalar) 
bo'lib, ular mikroblarni bir-biriga yopishtirib, eritib yuboradi. 
5. Qon tana haroratining nisbiy doimiyligini saqlashda ishtirok etadi. 
Qonning uzluksiz harakati orqali moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan 
issiqlik energiyasi tananing barcha qismlariga tarqalib, ulardagi harorat 
doimiyligini ta'minaydi. 
Organizmning ichki muhiti
.
Qon organizm ichki muhitining bir qismi 
hisoblanadi. Organizmning ichki muhitga hujayra ichidagi va hujayra 
tashqarisidagi suyuqliklar kiradi. Hujayra tashqarisidagi suyuqliklar o'z 
navbatida hujayralararo (to'qima suyuqligi), va tomirlar ichidagi (qon, limfa) 
suyuqliklarga bo'linadi. Organizm ichki muhiti, ya'ni yuqoridagi 
suyuqliklarning miqdori, kimyoviy tarkib, osmotik bosimi va barcha fizik-
kimyoviy hususiyatlari nisbiy doimiydir. Bu nisbiy doimiylik gomeostaz deb 
ataladi. 
MODUL-8 
QONNING TUZILISHI, FUNKTSIYALARI VA YOSHGA OID 
XUSUSIYATLARI


53

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə