Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Jinsiy bezlar
–Aralash bezlar qatoriga kiradi. Ularning tashqi sekretsiyasi 
jinsiy hujayralar-spermatazoidlar, hamda tuxum hujayralariga ishlab, tashqariga 
chiqarishdan iboratdir. Ichki sekretsiya esa garmonlar hosil qilish va ularni qonga 


50
ajratishdan iborat. Funktsional jihatidan erkak jinsiy garmonlari bilan ayol jinsiy 
garmonlari bir – biridan farq qiladi, ammo ularning kimyoviy tarkibi, tuzilishi bir xil 
bo`ladi. 
Odamning ma'lum bir yoshga kelib, balog`atga etilishi jinsiy bezlarning 
rivojlanishiga va ularning ichki sekretor faoliyatiga bog`liqdir. Bolalarning jinsiy 
balog`atga etilishi, ovqatning turi, uning sifat tarkibi, mehnat va dam olishning 
rejimiga qarab, ertaroq yoki kechroq boshlanishi mumkin. Iste'mol qilinadigan ovqat 
tarkibida oqsil birikmalari va yog``lar etarli bo`lmasa, jismoniy mehnat og`ir bo`lsa, 
ruhiy isteroblar bo`lib tursa, balog`atga etishish odatda kechiqadi. Balog`atga etish 
davrida bolalarda, barcha organlar va sistemalarda chuqur marfologik hamda 
funktsional o`zgarishlar ro`y beradi. Bu davrda birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilar 
rivojlanadi. Birlamchi jinsiy belgilarga: jinsiy bezlar (urug`don va tuxumdonlar) 
hamda jinsiy organlar (jinsiy olat, prostata bezi, qin, bachadon, tuxum yo`llari) kiradi. 
Balog`atga etish davrida o`g`il bolalarda etuk spermazoidlar hosil bo`la 
boshlasa, qiz bolalarda tuxum hujayralar hosil bo`la boshlaydi. 
Erkaklar jinsiy bezlaridan androgenlar deb nomlanuvchi garmonlar ajralsa, 
ayollar jinsiy bezlaridan esa ekstrogenlar deb nomlanuvchi garmonlar ajraladi. 
Androgenlarga, testosteron, ondrosteron va boshqa garmonlar kiradi. 
Ekstrogenlarga, estron, estriol va estradiol garmonlari kiradi. 
O`g`il bolalar 13-15 yoshdan spermazoidlar ishlab chiqara boshlaydi. Qiz 
bolalarning tuxum ishlab chiqarishi 12-13 yoshda boshlanadi. 
Kichik maktab yoshini o`z ichiga oladigan davr prebubertat davri deb 
ataladi, mana shu davrda organizm jinsiy jihatidan etilishga tayyorlanib boradi. Bu 
davrda muskul sistemasi zo`r berib rivojlanadi. Bu davrda o`g`il bolalar bilan qiz 
bolalar harakterining muayyan belgilari rivojlanishdagi tafovutlar bilinib qoladi. 
Shuni yaxshi bilish kerakki, organizmning pubertatdavrida (jinsiy etilish) 
tayyorlanishi bir qancha omillarga bog`liqdir; irsiy xususiyatlar, ovqatlanish 
harakteri, iqlim turmush tarzi, oila, tarbiya va hokazalar jarayonga ta'sir etadi. 
Bolalarning jinsiy etilib borishi bilan xiqildoqdagi qalqonsimon tog`aylar 
zo`r berib o`sadi, ovoz bir muncha past tovushga o`tib, sochlar ancha qattiqlashadi, 
soqol va mo`ylov ancha ko`rinib qoladi va hokazo.
Qiz bolalarda jinsiy etilish, o`g`il bolalarga nisbatan, oldinroq tugallanadi. 
Hozirgi kunda, jinsiy etilish qiz bolalarda 10-11 yoshdan boshlanib, tana tuzilishida 
o`zgarishlar, ya'ni ayollarga xos belgi va sifatlar paydo bo`la boshlaydi. Qiz 
bolalarning 12-13 yoshdan ayrim hollarda kattaroq yoshdan menstruatsiya jarayoni 
boshlanadi. 
Bolalarning jinsiy balog`atga etilishi individual xususiyatlarga, yashash 
geografik sharoitlarga bog`liqdir. Shimoliy kengliklarda yashovchilarga nisbatan, 
janubiy kenglik sharoitida yashovchi xalqlarda jinsiy balog`atga etilish barvaqtroq 
boshlanadi. 
Organizmda jinsiy faoliyat, boshqa ichki sekretsiya bezlarining garmonal 
faoliyati bilan ham bog`liqdir. Jinsiy bezlar funktsiyasiga bosh miya katta yarim 
sharlar po`stlog`i va markaziy nerv sistemasi ham ta'sir ko`rsatadi. 
Bolalarning maktab yoshigacha, buqoq bezi buyrak usti bezi faoliyatidan 
ustunlik qilsa, maktab davrida jinsiy bezlar faoliyati ustunlik qiladi. Bu holat suyak-


51
muskul sistemasiga va psixo-nervologik holatiga ham ta'sir etadi. O`smirlar bu 
davrda uyalchang, tez-tez arazlaydigan, harakteri beqaror bo`lib qoladilar. Jinsiy 
balog`at etilish davrida, bolalar bolalikdan, kattalikka o`tishga intiladilar va o`zlarini 
kattalarga xos hatti harakatlari bilan ko`rsatishga harakat qiladilar. Shu davrdan 
boshlab, tarbiyachilar, ota-onalar, biz pedagoglar uchun eng ma'suliyatli davr 
hisoblanadi. O`g`il bolalar chekishga, ichishga intiladilar. Kattalarni gapini eshitishga 
qiziqadilar. Bu davrda ota-onalardan va pedagoglardan juda juda ziyraklik talab 
etiladi. Ularning nomaqul ishlarini, ko`pchilik oldida muhokoma qilmasdan 
individual tarbiya olib borishga to`g`ri keladi. 
Jinsiy tarbiyani balog`atga etilmasdan oldinroq boshlash kerak. Ularga 
odamning jinsiy rivojlanishi haqida chuqurroq tushuncha berish kerak bo`ladi. Bu 
tarbiyani olib borishda pedagoglardan moxirlikni, qattiyatlikni va zukkolikni talab 
etadi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə