Анатом- меш


Odam organizmidagi mavjud bezlar uch gruppaga bo`linadi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Odam organizmidagi mavjud bezlar uch gruppaga bo`linadi. 
1. Tashqi sekretsiya bezlari. Bular o`z suyuqliklarini alohida nay orqali
teri satxiga yoki biror organga chiqaradilar, ularga: ter bezlari, yog`` bezlari, so`lak 
bezlari, jigar, ichak devorlaridagi bezlar kiradi. 
2. Ichki sekretsiya bezlari. Bu bezlar tananing turli sohalarida joylashgan, 
ularning maxsuloti gormonlar bo`lib, to`g`ridan-to`g`ri shu organga kelgan tomirga
ya'ni qon va limfaga ajraladi, chunki shu bez kaplyarlarga boy. Gormonlarni ajratib 
chiqaruvchi bezlar ichki sekretsiya bezlar yoki endokrin bezlar deyiladi. Bu bezlarga 
gipofiz epefiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi, ayrisimon bez va buyrak usti 
bezlari kiradi. 
3. Aralash sekretsiya bezlari. Bu bezlar ham gormon, shira, jinsiy 
hujayralarni ishlab chiqaradi. Bu bezlarga me'da osti bezi va jinsiy bezlar kiradi. 
Ichki sekretsiya bezlarini o`rganish usullari. 
Ichki sekretsiya bezlarining
funktsiyalari shifoxona ya'ni davlat muassasalari sharoitida va tajriba yo`li bilan 
laboratoriyalarda urganiladi. Shifoxonalarga bezlarning funktsiyasi susaygan yoki
kuchaygan kasallar kelib turadi. Funktsiyasi susaygan bezga da'vo qilish uchun
o`rnini to`ldiradigan gormon yuborish buyuriladi. Masalan: me'da osti 
etishmovchiligida insulin yuboriladi. Ba'zi bezlar gipofunktsiyasida xirurgik davo 
qo`llaniladi. Masalan: qalqonsimon bez gipofunktsiyasi tufayli kelib chiqqan
Bazedov kasalligida bezning bir qismi olib tashlanadi. Tajriba sharoitlarida
endokrin bezlarning funktsiyalarini o`rganish uchun bir necha usuldan foydalaniladi. 
1. Bezni kesib olib tashlash ya'ni ekstripatsiya qilish. 
2. ko`chirib o`tkazish, ya'ni transplantatsiya. 
3. Ichki sekretsi bezlari ekstraktin organizmga yuborish o`rnini 
to`ldiradigan teropiya usuli. 
Gipofiz bezi
. Gipofiz bezi tuxumsimon shaklda bo`lib, uning vazni bola 
tug`ilganida 0,1 g, kattalarda 1,6-0,7 g, Gipofizaning oldingi, o`rta va orqa bo`lagi 
bor. Oldingi va o`rta qismi – adenogipofiz, orqa bo`lagi neyrogipofiz deyiladi. 


47
Gipofizning 55-60 % tashkil etadi. Hamma gormonlar oqsil moddalar hisoblanadi. 
Gipofizdan 22 tadan ortiq gormon ishlanib chiqadi. 
Oldingi bo`lagidan bir necha xil gormon ishlab chiqiladi. 
Gipofizning oldingi bo`lagida 6 xil gormon ya'ni samototrop, 
adrenokortikotrop, tireotrop, gonodotrop, laktotrop va liyutenlovchi gormonlar 
ajraladi.
Samototrop gormoni bolalar va o`smirlarning o`sishini, rivojlanishini, 
organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. Ba'zi sabablarga ko`ra bolalar va 
o`smirlarda bu gormon ko`p ishlab chiqarilsa, bo`y normadan ortiq o`sib ketadi. Bu 
holatga gigantizm, bunday odam esa gigant deb ataladi. Agar bu gormon kamroq 
ishlab chiqarilsa bo`y o`sish sekinlashadi, bunday holga nanizm deyiladi. Bunday 
bo`yi past odam gipofizar pakana deyiladi. Ularning bo`yi past bo`lsa ham aqliy 
faoliyat normal bo`ladi.
Balog`at yoshidan keyin (20-40 yshlarda) somototrop gormon ko`p ishlab 
chiqilsa ayrim organlarning (til, burun, jag suyaklari, qovoq, quloq, barmoqlarning) 
kattalashivu akromegaliya kasalligi kelib chiqadi. 
Bezdan ishlab chiqariladigan har bir gormon ma'lum funktsiyalarni 
bajaradi. Masalan: adrenokortikotrop gormoni buyrak usti bezlarining uglevod 
almashinuvini idora etuvchi gormonlar faoliyatini boshqarishhda ishtirok etadi. 
Tireotrop gormoni qalqonsimon bezdan ajraladigan terioksin gormon faoliyatini 
boshqaradi. Gonodotrop gormoni jinsiy bezlar faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. 
Laktatrop sut bezlari faoliyatini, liyutenlovchi gormoni esa ona qornida embrionning 
normal rivojlanishini boshqarishda ishtirok etadi. 
Gipofizning oraliq bo`lagidan intermedin gormoni ajraladi. U terida 
pigment hosil bo`lishini boshqaradi.
Gipofiz bezining orqa bo`lagi neyrogipofiz deyilib, undan vazopressin va 
oksitatsin gormonlari ajraladi. Oksitatsin ta'sirida bachadon muskullarining normal 
qisqarishini boshqarishda ishtirok etadi. Vazopressin gormoni esa asosan organizmda 
suv miqdorini bir normada ushlab turishda ishtirok etadi. Bola 1 yoshga etganda 
neyrogipofitz to`liq shakllanib ishlaydi.

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə