Анатом- меш


Yangi tug'ilgan bolada qonning solishtirma og'irligi 1,060 dan 1,080



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Yangi tug'ilgan bolada qonning solishtirma og'irligi 1,060 dan 1,080 
gacha, 2 yoshli bolada 1,050, yosh ortishi bilan bir oz ko'tarilib, 1,055-1,060 ga 
yetadi va doimo shu xilda birdek turadi. 
Yangi tug'ilgan bolada eritrositlar ko'p bo'lganidan qonning 
yopishqoqligi 10-11 bo'lib, 2 yoshdan 6 gacha tushadi, kattalarda 4 bo'ladi. 
Eritrotsitlarning cho`kish tezligi chaqaloqlarda soatiga 1-2 mm, 3 
yoshli bolalarda 2-17 mm, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo`lgan bolalarda 12 mm ga 
teng. EChR ni aniqlash bilan kasal bolalarga tashxis qo`yish qulay bo`ladi. 
Masalan sil (tuberkulyoz) yoki yallig`lanish kasalliklariga chalingan bolalarda 
eritrotsitlarning cho`kish tezligi soatiga 26 mm gacha etishi mumkin.
Qonning tarkibi
. Qon ikki qismdan iborat: qon plazmasi va shaklli 
elementlardan iborat. 
Qon plazmasi yangi tug`ilgan bolalarda qon umumiy hajmining 50 % 
ni kattalarda esa 55-60 % ni tashkil qiladi. U qonning suyuq qismi bo'lib, 
murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsillar, yog`'lar, uglevodlar, mineral 
tuzlar, garmonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar bo'ladi. Bola 
tug`ilganida qon plazmasida oqsil miqdori katta odamlarnikidan kam, ya'ni 5,5 
– 6,5 %, osh tuzi va qandning miqdori ham nisbatan kam bo`lib, 6 yoshda katta 
odamlarniki bilan tenglashadi. Katta odamlarda qon plazma tarkibida 90-92% 
suv, 7-8% oqsillar, 0,9% tuz, 0,1% glyukoza, 0,8% yog`'lar bo'ladi. 


54
Qonning shaklli elementlariga eritrositlar, leykositlar, trombositlar 
kiradi. 
Eritrositlar.
 Qizil qon tanachalari bo`lib, ularning ko`pchilligi ya'ni 85-
90 % qonga rang beruvchi gemoglabin hosil qiladi. Uning diametri 7-8 mikron, 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə