Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

nazorat topshiriqlari 
1. Buyrak qanday tuzilgan va strukturasi nimalardan tashkil topadi? 
2.
Siydik osil bo`lish mexanizmini gapirib bering? 
3.
Buyrakning yoshga xos xususiyatlari. 
4.
Terining organizm faoliyatidagi ahamiyati. 
5.
Terining tuzilishi. 
.
 
 
 
 
 
 
Asosiy savollar: 
1.
Ichki sekretsiya bezlari haqida tushuncha. 
2.
Ichki sekretsiya bezlarining organizm faoliyatini boshqarishdagi 
funktsional ahamiyati. 
3.
Miya bezlari (gipofiz va epifiz) va uning funktsiyasi. 
4.
Qalqasimon bez va uning funktsiyasi. 
5.
Me'da osti bezlari. 
6.
Buyrak usti bezlari. 
7.
Jinsiy bezlar. 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
: Epifiz, gipofiz, qalqonsimon bez, 
me'da osti bezi, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar, gormon, sekretsiya, endokrin bezlar
Bazed, miksidema, insulin, tiroksin, glyukogen, kortikosteroid. 
1-savol bayoni:
Odam organizmidagi barcha funktsiyalar nerv va gumoral yo`l bilan 
boshqariladi. Gumoral yo`l bilan boshqarilishida odam tanasining turli qismlarida 
joylashgan bezlar orqali amalga oshadi. Odam tanasidagi bezlar ichki sekretsiya 
bezlari ham deyilib, ularda ishlab chiqarilgan suyuqlik garmonlar deb ataladi. 
Gormon termini ingliz fiziologlari Beytiss va Stoling tomonidan 1905 yilda fanga 
kiritilgan. Ichki sekretsiya bezlari fiziologik aktiv modda gormonlar ishlab 
chiqaradi. (yunoncha horman- qo`zgatmoq degan so`zdan olingan). Ichki sekretsiya 
bezlarida ishlab chiqariladigan garmonlar juda oz miqdorda ya'ni gramning miliondan 
bir qismiga teng bo`lib, ular to`g`ridan to`g`ri qon va limfaga quyiladi.
MODUL-7 
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI FUNKTSIYASI VA YOSH 
HUSUSIYATLARI


46
Ichki sekretsiya bezlariga: gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi 
bezi, ayrisimon bez, me'da osti bezi, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlar kiradi. Bu 
bezlar moddalar almashuviga, organizmning o`sishi va rivojlanishiga hamda jismoniy 
va ruhiy jihatdan rivojlanish, balog`atga etish va barcha organlarning faoliyatiga
ta'sir ko`rsatadi. Bundan tashqari nafas olishga, qon aylanishiga, ovqat hazm qilishga, 
ayirishga, ko`payish organlari funktsiyasiga ta'sir ko`rsatadi.
Ichki sekretsiya bezlari embrion rivojlanishining boshlang`ich davrlarida 
shakllanib, ularda ishlab chiqariladigan gormonlar ona qornidagi bolaning o`sishiga 
o`z ta'sirini ko`rsatadi. 
Ichki sekretsiya bezlarining hammasi birga qo`shilgan holda organizmning 
endokren sistemasini hosil qiladi. Endokrin yunoncha so`z bo`lib «endos» –ichkariga 
«krino» –ajrataman degan ma'noni bildiradi. 
Ichki sekretsiya bezlarining ish faoliyatini gipofiz bezi boshqarib turadi. 
Gipofiz bezi funktsiyasini esa markaziy nerv sistemasi tomonidan, ya'ni oraliq 
miyadagi gipotalomusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi. Gipofiz 
bezi morfofunktsiyaonal jihatdan gipotalomusga juda yaqindan bog`liqdir. Shuning 
uchun ham bular birgalikda gipotalama-gipofizar sistema deb ataladi.

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə