Анатом- меш


Nafas olish organlari kasalliklari



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

4. Nafas olish organlari kasalliklari. 
Nafas olish organlarining kasalliklari 
2 turga bo’linadi. 
1. Nafas olish organlarining yallig’lanish kasalliklari. 
2. Nafas olish organlarining yuqumli kasalliklari. 
1. Burun ichki shilliq pardasining yallig’lanishi 
rinit 
odatda aksa urish, 
burundan suv oqish, burun orqali nafas olishning qiyinlashishi bilan kechadi. 
2. Tomoq shilliq pardasi yallig’langanda 
Faringit, 
tomoqda og’riq seziladi, 
ovqat yutishi qiyinlashadi. Tomoqlarning bodomcha bezlari yallig’lanib angina 
kasalligi kelib chiqadi. O’z vaqtida davolanmasa tomoq bezlaridagi mikroblar limfa 
va qon orqali yurak, buyrak va boshqa organlarni zararlashi mumkin. 
3. Hiqildoq shilliq pardasining yallig’lanishi 
laringit
bunda quruq va 
qo’pol, og’riqli yo’tal, tovushning bo’g’ilishi bilan kechadi. 
4. Traxeya va bronx shilliq pardasining yallig’lanishi 
traxeit
va 
bronxit 
kasalligi yuzaga kelib ko’pincha birga sodir bo’ladi. Bunda yo’talish, yo’talgan 
vaqtda to’sh suyagining orqa qismida og’riq seziladi va shilimshiq balg’am ajraladi. 
5. O’pka to’qimasining yallig’lanishi 
zotiljam kasalligi
deb ataladi. Bunda 
bemor yo’taladi, nafas olishi tezlashadi, ko’krak qafasida og’riq, darmonsizlik, tana 
harorati ko’tariladi. 
6. Plevra pardasining yallig’lanishi 
plevrit
deb ataladi.
Nafas olish organlarining yuqumli kasalliklariga gripp, o’pka sili 
(tuberkulyoz) kabi kasalliklar kiradi. 
 
 
Adabiyotlar. 
 
1. Sodiqov B, Kuchkarova L, Qurbonov Sh. "Bolalar va o`smirlar fiziologiyasi va
gigiyenasi" O`zbekiston Milliy Enteklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. T 2005y.
 
2. Sodiqov Q, "O`quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi" T. «O`qituvchi » 1992y. 
3.Urinkova A, Antronova M, Farber D. "Vozrastnaya fiziologiya i shkolnaya
gigiyena" Prosvesheniya, M 1990g. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə