Анатом- меш


Nafas olishning boshqarilishi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Nafas olishning boshqarilishi. 
Nafas jarayoni uzunchoq miya markazi 
orqali, nerv va gumoral yo’l bilan boshqarib turiladi. Uzunchoq miyadagi markazni 
qozon universitetining professori I.A.Mislavskiy (1855-1922) birinchi bo`lib 1919 
yilda aniqlagan. Nafas olish markazi ikki – inspirator va ekspirator qismdan iborat 
bo`lib, inpirator qismning qitiqlanishi nafas olishni yuzaga keltiradi. Ekspirator 
qismning qitiqlanishi nafas chiqarishni yuzaga keltiradi. Nafas olishni bir maromda 
borishi yana Voraliev ko`prigidagi maxsus markazlar faoliyatiga ham bog`liq. Nafas 
olish markazi avtomik xolda ishlash xususiyatiga ham ega. 
Nafas muskullariga (qovurgalararo, diafragma) markaziy nerv sistemasidan 
uzluksiz impulslar kelib turadi. Nafas olishda o’pka kengayib, devorlari cho’ziladi. 
Nafas harakatlari bosh miya yarim sharlar po’stlogi tomonidan umumiy nazoratga 
olinib, shartli refleks yo`li bilan boshqariladi. Bularga yo’talish, aksa urish kabi 
reflekslar misol bo`ladi. 
Nafas olishning gumoral boshqarilishi – deganda qondagi karbonat angidrid 
va kislorodning oz-ko`pligiga bog`liq. Qonda karbonat angidrid ko`payishi bilan u 
uzunchoq miyadagi nafas olish markazining qo`zg’alishiga sabab bo`ladi va nafas 
olish tezlashadi. Buni L.Frederik itlarda tajriba o’tkazib isbotladi. Qon tarkibidagi har 
xil moddalar adrenalin, noeadrenalin (gormonlar) nafas olish markaziga ta'sir etib, 
nafas olish harakatlarini kuchaytirib yuboradi. 
Nafas Olish gigiyenasi. 
Nafas olish gigiyenasi deganda, tug`ri nafas olishni 
ta'minlash tushuniladi. Nafas jarayonida atmosfera havosi burun bo`shlig`iga kirib 
isiydi, namlanadi, ancha changdan tozalanadi. Burun bo`shlig`ida tukchalarning 
bo`lishi bunga yordam beradi. Demak burun bilan nafas olish gigiyenik jixatdan 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Og`iz bilan nafas olganda kalla suyagining yuz qismi 
va ko`krak qafasi rivojlanishida kamchiliklar yuz beradi. Tez-tez shamollash xalqum 
va traxeyaning shilliq qavatining yallig`lanishiga olib keladi. Ammo gapirganda
ashula aytilganda og`iz bilan nafas olishga majbur bo`linadi. Shuning uchun ashula 
darslari o`tkaziladigan xonalar ozoda, havosi esa iliq bo`lishi kerak. 
Bolalarga tug`ri nafas olishni o`rgatish fizkultura mashqlari o`tkazish 
vaqtida pedagoglar bajaradigan ishlardan biridir. Ular yurish, yugurish va boshqa 
turdagi faoliyat vaqtida, shuningdek, o`tirganda tug`ri nafas olishni bolalarga 
o`rgatish kerak. 


42

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə