Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Nafas olish organlariga:
burun bo’shlig’i, halqum, qiqildoq, kekirdak 
yoki traxeya, bronxlar, o’pkalar va plevra pardasi kiradi. 
Burun boshlig’i. 
Bola tug’ilgan vaqtda uning burun bo’shlig’i kichik va 
ingichka bo’lib, shilliq qavat, qon va limfa tomirlari, nerv tolalari hamda recheptor va 
mayda tukchalar bilan ta’minlangan bo’lib, yetarlicha rivojlanmagan bo’ladi. Bundan 
tashqari peshona sipuslari va pastki burun yo`li umuman rivojlanmagan bo`ladi. 2 
yoshdan keyin gaymor bo’shlig’i kattalasha boshlaydi, peshona sinuslari esa 15 
yoshda to’liq shakillanadi. Bola tug’ilgan vaqtda qorin tipida nafas oladi. Birundan 
nafas olish 3-4 yoshda shakllanib, 7-8 yoshdan jinsga bog’liq farqlar vujudga keladi. 
Bolalar qorin tipida, qizlar ko’krak tipidagi nafas olish vujudga keladi. Bu jarayon 
14-15 yoshda tugallaniladi. 10-14 yoshgacha burun bo’shlig’ining shakli o’zgarib, 
kattalashib boradi. Burun bo’shlig’ining hajmi yosh ulg’aygan sayin taxminan 2,5 
barobar ortadi. Nafas olganda tashqi muhitdan kirgan havo burun bo’shlig’i orqali 


39
o’tganda isiydi, namlanadi va chang zarrachalaridan tozalanadi. Shundan keyin 
biurun bo’shlig’idagi havo halqum orqali hiqildoqqa o’tadi. 
Hiqildoq. 
Hiqildoq IV-VI bo’yin umurtqalari ro’parasida joylashgan 
bo’lib, yangi tug’ilgan bolalarda qisqa, tor va voronka shaklda bo’lib, shilliq qavat, 
muskullardan iborat bo’lib, qon va limfa tomirlari bilan ta’minlangan. Hiqildoq 5 
yoshgacha sekin o’sadi, uning o’sishi 14-15 yoshda tezlashib qiz bolalarda 1 barobar 
o’g’il bolalarda esa 2 barobar o’sib, tovush chiqaruvchi pardalari ancha 
yo’g’onlashadi. 
Hiqildoq nafas o’tkazuvchi funksiyasini o’tkazish bilan 1-qatorda tovush 
hosil qiluvchi ovoz apparati hamdir. Uning ichki qavati tukli shilimshiq pardadan 
iborat, devori esa tog’ay va muskuldan tashkil topgan. Ichki qavatining o’rtasida 
tovush boylashlari va muskullari joylashgan, ularning harakati, qisqarishi va 
bo’shashi natijasida ovoz teshiklari ochilishi yoki yopilishi natijasida tovush hosil 
bo’ladi. Havo traxeyaga o’tadi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə