Анатом- меш


Oziq moddalari energiya manbai va qurilish materiali hisoblanadi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Oziq moddalari energiya manbai va qurilish materiali hisoblanadi. 
Shuning uchun ular to`la qimmatli ovqat eyishlari kerak. Shundagina ular 
yaxshi o`sadi, turli kasalliklarga chidamli bo`ladi. Bolalar ovqati barcha zaruriy 
moddalardan, o`simlik va hayvon mahsulotlaridan, sifatli mahsulotlardan va 
etarli darajada bo`lishi, to`q tutishi kerak. Ovqatlanish tug`ri tashkil qilish katta 
ahamiyatga ega. o`rta maktab o`quvchilari 4 marta ovqatlanishlari, nimjon 
bolalar tez-tez ovqatlanishlari zarur. Ovqatlanishda shaxsiy gigiyenaga, stol 
atrofida o`zini tutishga, dasturxon go`zalligiga rioya qilish kerak. Xayotda 
ovqatdan zaharlanish ko`p uchrab turadi.
Katta yoshli odam uchun 1 kecha-kunduzda o'rta hisobda 100g yog' 
kerak. Iste'mol qilingan yog'ning 70-75% hayvon, 25-30% o'simlik o'silik 
yog'idan iborat bo'lishi shart. 6 Oylikdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalarning har 
kg vazniga 3,5-4 g, maktabgacha yoshda 2-2,5g yog' zarur. Yog`’larni 
yetishmaganda bola ozib ketadi, organizmning chidamliligi pasayadi. Yog`'larni 
ortiqcha qabul qilganda oziq moddalar va oqsillarni o'zlashtirish buziladi. 
Zaharlanish bakterial va bakteriyasiz turlariga bo`linadi.
Bakterial 
zaharlanish turiga 
salmonellyoz
kiradi. Bu salmonellalar tushgan ovqatni eganda 
rivojlanadi. Bu ovqat turlariga go`sht, tuxum, sut mahsulotlari kiradi. Bundan 
tashqari pichoq taxtalar, stollarda, qo`lda bu mikroblar bo`lishi mumkin. Ular 
pashsha, sichqon, kalamush, it, mushuk orqali ham yuqadi. Zaharlanish belgilari: bir 
kun o`tkach o`t rufagi atrofida og`riq paydo bo`ladi, qusadi, ich ketadi, bosh og`riydi, 
tirishishadi, sovuq ter bosadi. 
Botulizm. 
Tabiatda keng tarqalgan botulinus tayoqchasi bilan zararlangan 
ovqatni iste'mol qilish orqali odam o`tkir zaharlanadi. Odam zaharli qonservalar, 
qo`ziqorin, tuzlangan baliq, dudlangan mahsulotlar, go`sht orqali yuqadi. Bir necha 
soat o`tgach zaharlanish belgilari paydo bo`ladi: muskullari bo`shashadi, ko`zi yaxshi 
ko`rmaydi, og`zi quriydi, nutqi buziladi, yutishi qiyinlashadi, nafas olishi qiyinlashib, 
bemor halok bo`lishi mumkin.
Stafilokokklardan zaharlanish. Terisiga yara chiqqan, angina, qonvyuktivit 
bilan og`rigan kishilar infektsiya tashuvchi bo`ladilar. Odamning tomog`ida, burun 
shilliq qavatida, terida, ichagida kasallik mikroblari bo`ladi. Bu mikroblar sut, baliq, 
mahsulotlarida, sabzavotlarda bo`ladi. Bunda odam qusadi, qorinda og`riq paydo 
bo`ladi, harorat ko`tariladi. 


37
Dizentiriya.
Dizentiriya tayoqchalari orqali yuqadi. Asosan iflos qo`l orqali 
o`tadi va nihoyatda yuqumli hisoblanadi. Bola tez suv yo`qotadi, harorat ko`tariladi, 
ich ketadi va ba'zida qon aralash bo`ladi.
Bakteriyasiz zaharlanishga qo`ziqorindan, qo`rg`oshindan, bodom, o`rik, 
olxo`ri, shaftoli danagidan zaharlanish kiradi. Ovqatdan zaharlanishning oldini olish 
uchun maxsulotlarni to`g`ri saqlash, sanitariya-gigiyena, shaxsiy gigiyena qoidalariga 
rioya qilish kerak. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə