Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Vitaminlar. 
Vitaminlar ham yog``lar, oqsillar, uglevodlar, mineral tuzlar, 
suv kabi organizm uchun zarur bo`lgan oziqa moddalardan hisoblanadi. Rus olimi 
N.I. Lunin (18531938) 1880 yilda organizm uchun zarur bo`lgan moddalardan biri 
vitaminlar ekanini birinchi bo`lib isbotladi. 1912 yilda K. Funk tomonidan vitaminlar 
deb nomlandi (vita-hayot degan ma'noni anglatadi. Vitaminlarning 40 dan ortiq turi 
bo`lib, ular organizmning o`sishiga, modda almashinuviga, immun xolatiga, yurak-
qon tomir, nerv tizimining ish faoliyatiga ta'sir ko`rsatadi. Agar biror vitamin 
organizmga mutlaqo kirmasa avitaminoz, etishmasa gipovitaminoz, meyoridan ortib 
ketsa gipervitaminoz deyiladi. Har bir vitamin turli xil vazifani bajaradi. 


35
A vitamin o`sish vitamini deyiladi. U organizmning o`sish va 
rivojlanishida, teri ustki qavati holatini normal saqlashda, ko`z o`tkirligini yaxshi 
bo`lishini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Bu vitamin etishmaganda teri 
quruqlashib, yorilib, nafas yo`llari va me'da ichak qavatining yallig`lanishi 
kasalliklari yuzaga keladi. Vitamin D baliq yog`ida, sariyog`da tuxum sarig`ida, 
jigarda, sabzi, qizil qalampir, o`rik tarkibida ko`p bo`ladi. V gruppa vitaminlarga V1 
(tiamin), V2 (riboflavin), V6, V12, V15, RR (nikotin kislota) kiradi. Bu vitaminlar 
nerv sistemasining faoliyati, qon yaratilishi uchun zarur. Ular guruchda, loviya, 
no`xat, yongoqda, pivo achitqisida, jigarda, tuxum sarig`ida bo`ladi. S vitamin 
(askorbin kislota) moddalar almashinuvida muhim rol o`ynaydi. Bu vitamin 
etishmaganda singa kasalligi paydo bo`ladi. Bolaning milki, og`zi yaralanadi, tishlari 
tushib ketadi. Bu vitamin karam, petrushka, pomidor, ko`k piyoz, na'matak, apelsin, 
limon, olmada ko`p bo`ladi. 
D vitamin organizmda kaltsiy va fosfor almashinuvi normal o`tishida 
ishtirok etadi. Ayniqsa u ikki-uch yoshgacha bo`lgan bolalar suyagining normal 
shakllanishi, o`sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bu vitamin etishmasligi 
natijasida yosh bolalarda raxit kasalligi yuzaga keladi. Bu vitamin baliq yog`ida, 
tuxum sarig`ida, sut va sut maxsulotlarida ko`p bo`ladi. U quyoshning ultrabinafsha 
nurlari ta'sirida bola terisida tabiiy ravishda hosil bo`ladi. 
Demak vitaminlar bola organizmidagi barcha hayotiy muhim fiziologik 
jarayonlarning normal o`tishida, o`sish va rivojlanishda muhim ahamiyatga ega. 
Shuning uchun bolaning kundalik ovqatida vitaminlarga boy mahsulotlar bo`lishi 
kerak. Bu mahsulotlar bo`lmagan vaqtda dorixonada tayyor holda sotiladigan vitamin 
tabletkalaridan kuniga 1,2 dona iste'mol qilishi kerak. 
Energiya sarfi.

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə