Анатом- меш


Organizmda moddalar va energiya almashinuvi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Organizmda moddalar va energiya almashinuvi.
Odam tashqi muxitdan 
ovqat qabul qilish, organizmda uni o`zgarishi, hazm qilinishi, hosil bo`lgan qoldiq 
moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar 
almashinuvi natijasida energiya hosil bo`ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish 
bajaradi, hujayralar ko`payadi, yosh organizm o`sadi va rivojlanadi, tana haroratining 
doimiyligi ta'minlanadi. Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog`liq 
bo`lgan ikki jarayon, ya'ni assimilyatsiya va dissimilyatsiya orqali o`tadi. Ovqat 
moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o`tishi assimilyatsiya deyiladi. 
Assimilyatsiya natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular 
ko`payadi. Organizm qancha yosh bo`lsa, unda assimilyatsiya shuncha aktiv o`tadi, 
bu esa yosh organizmning o`sishi va rivojlanishini ta'minlaydi . 


33
Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi 
dissimilyatsiya deyiladi. Buning natijasida energiya hosil bo`ladi. Dissimilyatsiya 
natijasida hosil bo`lgan qoldiq moddalar ayirish organlari orqali tashqariga 
chiqariladi. Keksa odamlar organizmida dissimilyatsiya jarayoni ustun bo`ladi. 
Sog`lom organizmda bu ikkala jarayon muvozanatda bo`ladi. Jismoniy mehnat, 
sport, aktiv turmush odam tanasidagi to`qimalarning yangilanishi, 
 
organizmning yosh, sog`lom va tetik saqlanishiga olib keladi. Moddalar 
almashinuvida ishtirok etadigan asosiy oziq moddalar-oqsillar; yog``lar, 
uglevodlar, mineral tuzlar, vitaminlar va suv hisoblanadi. 
Oqsillar almashinuvi
. Oqsillar, ya'ni proteinlar odam organizmining 
sog`lom, normal o`sishi, sog`ligi va rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Ular 
organizmda ikki xil fiziologik vazifani bajaradi, ya'ni plastik va energetik. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə