Анатом- меш


suyaklariga birikkan bo’ladi



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

suyaklariga birikkan bo’ladi.
Sut tishlar tushib, doimiy tishlar chiqa boshlaganda bolalarga tishni 
cho'tka bilan yuvishga (uxlashdan oldin), ovqatlangandan so'ng og`izni iliq suv 
bilan chayishga o'rgatish, juda sovuq yoki issiq ovqat yeyish, qattiq narsalarni 
tishda chaqish zararli ekanligini o'qtirib borish kerak. 
Til.
 Muskullardan tashkil topgan organ bo’lib, ovqatni aralashtirib 
xalqum (tomoq) gacha itarib beradi. Bundan tashqari til so’zlarning ravon 
talaffuz qilishida ham muhim rol o’ynaydi.
So'lak bezlar
. 3 juft (til osti, jag' osti, quloq oldi) bo'lib, so'lak tarkibida 
musin, ptialin uglevodlarni parchalaydi), lizosim ( mikroblarni eritadi) kabi 


30
moddalar bor. Bir sutkada katta odamda 1,6 l so'lak ajralib so'lakning 98,5-
99,5% suv, qolgani shilimshiq moddadan iborat. So'lak ajratish markazi 
uzunchoq miya va katta yarim sharlarda joylashgan. 
Bola so’lak bezlaridan so’lak ajralishi 3-7 yoshlarda ko’p bo’ladi. 
So’lak tarkibidagi amilaza kraxmalni disoxoritlargacha parchalovchi 
fermentlarning aktivligi ham 2-7 yoshlarda eng yuqori bo’ladi. Bolaning quloq 
osti bezlari boshqa so'lak bezlariga nisbatiga ko'proq so'lak tarkibida oqsil 
miqdori oshib boradi,11-12 yoshda oziq moddalarga bir kecha-kunduzda 
200sm
3
, ovqat yemaganda 400-600 sm
3
 so'lak ajraladi. 
Xalqum (
tomoq
).
Og’iz bushlig’ining davomi bo`lib, u shilliq va muskul 
qavatlaridan iborat. Uning uzunligi kattalarda 15 sm bo`lib, uch qismga – burun, 
og`iz va xiqildoqqa bo`linadi. Xalqumning vazifasi ovqatni ogiz bushligidan 
qizilungachga, havoni burun bushligidan xiqildoqqa o’tkazishdan iborat. biriktiruvchi 
to`qimadan iborat bo’lib, seroz qavatdan tuzilgan. 
Qizilo’ngach. 
Qizilungach to’sh suyagining orqa qismida joylashgan 
bo’lib, uning uzunligi yangi tug’ilgan bolalarda 10-11 sm, bir yoshda 12 sm, 5 
yoshda 16 sm, 12 yoshda 18-19 sm, kattalarda 25-32 sm, diametri 2-3 yoshda 10 mm, 
6 yoshda 12-14 mm ga teng. Qizilo’ngach devori ichki shilliq, o`rta muskull, tashqi 
seroz qavatlardan tashkil topgan. 
Me’da. 
Qorin bo’shlig’ining yuqori qismida, diyafragma ostida joylashgan. 
U to’rt qismdan; kirish, tub, tana va pilorik yoki chiqish qismidan iborat.
Bolaning yoshi ortishi bilan me'daning hajmi orta boradi. Yangi tug'ilgan 
bolada 30-45 sm
3
, 1 yoshda 400-500 sm
3
, 2 yoshda 600-750 sm
3
, 6-7 yoshda 950-
1100 sm
3
, 11-12 yoshda 1500 sm
3
bo'lib, kattalarda 3000-3500 sm
3
, uzunligi 25-30 
sm, eni 12-14 sm ga teng. Vazni yangi tug’ilgan bolalarda -6,5g, 14-20 yoshda 127 
g, 20 yoshdan so`ng 155 g. Me`da hajmi yosh bilan barobar 24 marta, gavda esa 20 
marta kattalashadi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə