Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

So`rilish.
Ovqat moddalari ximik, mexanik, ta'sirlar natijasida parchalanib, 
suvda erigan holga kelgandan so`ng ichak devorlaridan qon tomirlari va limfaga 
so`riladi. Me'dada suv, alkogol, ba'zi oziqa moddalari, qisman uglevodlar so`rila 
boshlaydi. Yangi tug`ilgan bolalarda me'da ko`proq ovqat moddalari so`riladi. Yosh 
ortishi bilan so`rilish kamayadi. Ichakning shilliq qavatida juda ko`p miqdorda 
so`rgichlar bo`ladi. (Har bir mm2 22-40 ta). Ichak so`rgichlarining qisqarishini piyoz, 
chesnok va qalampir 5 marta tezlashtiradi. So`rgichlar qon tomirlariga juda boy. 
Oqsillar ichak devorlaridan aminokislotalari holida, uglevoddan suvda erigan 
monosahariddan, yog``lar esa yog`` kislotasi va glitsirin xolida qon va limfaga 
so`riladi. Bolalarda ichakdan juda oz miqdorda oqsillar so`riladi. Suv va uglevoddan 
yo`g`on ichak devorlaridan yaxshi so`riladi (katta odamlarda). Bolalarda ichakdan 
aminokislotalar va monosaharidlarni so`rilishi katta odamdagi so`rilishga nisbatan tez 
bo`ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan so`rilish kamayadi. Shuningdek tuzlarning 
so`rilishi ham susayadi. Tuzlarning so`rilishi maktab o`quvchilarida bog`cha 
bolalariga nisbatan 2 marta ortiq. Jinsiy balog`at yoshida so`rilish yana kamayadi. 
Issiq sharoitda bolalarning ovqatlanish vaqti va gigiyenasiga e'tibor berish kerak. Bu 
sharoitda bog`cha yoshidagi bolalarda yog``ning hazm bo`lishi qiyinlashadi, chunki 
yuqori temperaturada me'da, ichak, me'da osti bezidan shirani ajralishi, me'da 
shirasining kislotaligi juda kamayib ketadi. Buning natijasida ba'zi qiyin 
hazmlanadigan ovqat moddalari hazm bo`lmay, hazm kanallida chiriy boshlaydi. 
Buning natijasida bola turli mikroblarga qarshi kurash qobiliyatini susaytiradi va u 
dizenteriya, dispepsiya kasalliklariga yo`liqadi. 
Bolalar orasida me'da — ichak kasalliklari 1 yoshgacha — 40%, 5 
yoshgacha-30% va 5 yoshdan yuqorilarda 15-20% tashkil etadi. Noto`g`ri 
ovqatlanish, ovqatlanish gigiyenasining buzilishi, issiq sharoit og`riq bolalarda ovqat 
hazm qilish organlarining yomon ishlashiga olib keladi. Bolalar ovqat hazm qilish 
sistemasining harakterli belgisi: shilliq, qavati nozik, qon va limfa tomirlariga boy, 
elastikligi sust. Bu esa me'da-ichak traktining tez yallig`lanishiga va kasallikning 
og`ir kechishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari ichak devorlari yuqori 
o`tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Bu esa mikroblarning ichak devorlaridan bemalol 
o`tishini ta'minlaydi. Bolalarda me'da shirasida kislotalik kam bo`ladi, fermentlar 
kam hazm qilish xususiyatiga ega. Buning natijasida ovqat yaxshi parchalanmaydi va 
tozalanmaydi va zaharli moddalarning hosil bo`lishiga olib keladi. Jigarning etarli 
rivojlanmaganligi ham bolalarda me'da ichak kasallarini keltirib chiqaradi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə