Анатом- меш


jigardagi o`t pufakda ishlab chiqilgan o`t suyuqligi va me'da osti bezida ishlab



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

jigardagi o`t pufakda ishlab chiqilgan o`t suyuqligi va me'da osti bezida ishlab 
chiqilgan me'da osti bezining shirasi yordamida va 12 barmoqli ichak 
devorlarida ishlab chiqilgan ichak shirasi ta'sirida ovqat butkasi parchalanadi. 
Ichak shirasi 99% suv, qolgan qismi organik modda, fermentlardan (eripsin, 
lipaza, amilaza) va tuzdan iborat bo`ladi. Bir sutkada 1 ,5-2 litr ichak shirasi 
ishlab chiqariladi. Ichak devori ishqoriy xususiyatga ega. Ichak devorlari juda 
ko`p so`rgichlardan iborat bo`lib, ular qon tomirlariga juda boy bo`ladi. 
Parchalangan ovqat shular yordamida qonga so`riladi. Bola 1 yoshgacha 
to'lguncha ichaklari tez o'sadi, 10-15 yoshda yanada tezlashadi. Bolalar ichagi 
bola tanasiga nisbatan 4,5 marta, ko'krak yoshidagi bolalarda 6 marta uzun 
bo'ladi. Go'dakligida ingichka ichak devoridagi vorsinkalar, shira ajratuvchi 
bezlar, muskullar yaxshi rivojlanmagan bo'ladi.Bola yoshi ortishi bilan ichak 
shirasi miqdori va fermentlar qonsentrasiyasi orta boradi. 
Me'da osti bezi
. Me’da osti bezi me’daning pastki va orqa sohasida 
joylashgan bo’lib, uning og`irligi yangi tug’ilgan bolalarda -4-5g, 12 yoshda uning 
uzunligi katta odamnikiga teng bo`ladi. Me'da osti bezining og`irligi kattalarda 70-80 
g. barg shaklida, uning boshi, tanasi, dum qismlari bo`ladi. Me'da osti bezi bir 
sutkada 500-800 sm
3
shira ishlab chiqaradi, Uning 98% suv, qolgan qismi oqsil va 
tuzdan iborat. Shira tarkibidagi fermentlar, ya'ni eripsin, peptonlarni 
aminokislotalargacha, lipaza yog``larni yog`` kislotasi va glitsiringacha parchalaydi

JIGAR.
Jigar organizmdagi eng katta bez bo`lib, bolaning yoshi ortishi 
bilan jigarning hajmi, og`irligi tuzilishi o`zgarib boradi. Yangi tug`ilgan bola 
jigarning og`irligi 130 g, 2-3 yoshda-460 g, 6-7 yoshda-675 g, 8-9 yoshda- 720 g, 12 
yoshda-1130 g, 16yoshda-1260 g. Kattalarda 1,5-2 kg, uzunligi 20-22 smga teng
bo’lib, asosan ong qovurg’alar yoyi ostida joylashgan. Bolalarda o`t kislotasining 
qontsentratsiyasi va miqdori kam bo`ladi. 
Jigar quyidagi vazifalarni bajaradi: qondagi zaharli moddalarni 
zaharsizlantiradi; qon deposi hisoblanadi. Bu erda 10% qon zapasi saqlanadi; o`lgan 
eritrotsitlar jigarda to`planadi, bolalarda esa eritrotsitlar hosil bo`ladi; Ko`per 
hujayralarida o`t suyuqligi ishlab chiqariladi; Jigar ortiqcha glyukozani glikogen 
sifatida zapas saqlab turadi; Jigar tana temperaturasini turg`un saqlashda ishtirok 
etadi. Jigardan doimiy ravishda ovqatlangandan 20-30 minutdan so`ng o`t ajralib 
chiqadi va 12 barmoqli ichakka quyiladi. O`t yog`’larni emulsiyalaydi, suvda yaxshi 
erishini tezlashtiradi, ovqat hazm qilish kanalini harakatini yaxshilaydi, ichakdagi 
mikroblarni o`ldiradi. Ovqat hazm kanalida hazm bo`lganidan so`ng chiqindi 
moddalar najas bo`lib, yo’g`on ichakka yig’iladi. Defikatsiyaning nerv markazi orqa 
miyaning 3-4 bel segmentida joylashgan. Tashqi sfinter ixtiyoriy. 


32

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə