Анатом- меш


yoshda 345g, 11-15 yoshda 438g, katta yoshdagi odamlarda bir sutkalik miqdor



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

yoshda 345g, 11-15 yoshda 438g, katta yoshdagi odamlarda bir sutkalik miqdor 
400-500g bo'ladi. 
Uglevodlar asosan o`simliklardan olinadigan ovqat maxsulotlarida 
ko`p bo`ladi (non, kartoshka, mevalar, qovun-tarvuz, shirinliklar). Uglevodlar 
normadan ortiq iste'mol qilinsa, organizmda yog``ga aylanib semirishga olib 
keladi. Jismoniy mehnat, sport bilan shug`ullanuvchi odamlarda me'yoridan 
ortiq uglevodlar qabul qilinsa, uning parchalanib energiya hosil qilgan qismidan 
tashkari qolgan qismi glikogenga aylanadi. Glikogen parchalanganda energiya 
hosil bo`ladi. 


34
Yog``lar almashinuvi
. Yog``lar hujayralarda bo`lib, oqsillar singari 
plastik va energetik vazifani bajaradi. 1g yog`` parchalanganda 9,3 kkal. 
energiya ajratadi. Yog``lar ikki xil bo`ladi: hayvon, o`simlik. hayvon yog``lariga 
dumba, charvi, saryog``, baliq yog``lari kiradi. O`simlik yorlariga zig`ir, paxta, 
kungaboqar, kunjut, makkajo`xori va zaytun moylari kiradi.Katta yoshli odam 
uchun 1 kecha-kunduzda o'rta hisobda 100g yog' kerak. Iste'mol qilingan 
yog`'ning 70-75% hayvon, 25-30% o'simlik o'silik yog'idan iborat bo'lishi shart. 
6 Oylikdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalarning har kg vazniga 3,5-4 g, 
maktabgacha yoshda 2-2,5g yog' zarur. Yog`’larni yetishmaganda bola ozib 
ketadi, organizmning chidamliligi pasayadi. 
Yog`'larni ortiqcha qabul qilganda oziq moddalar va oqsillarni o'zlashtirish 
buziladi. 
Kundalik ovqat tarkibida yog`lar etishmasligi yuqumli kasalliklarga, tashqi 
muxitning noqulay ta'siri- sovuqqa odamning chidamliligi, aqliy va jismoniy ish 
bajarish qobiliyati pasayadi. Yog`larni ortiqcha iste'mol qilish semirishga olib keladi. 
Suv va mineral tuzlar almashinuvi
. Odam organizmi uchun mineral tuz 
va suv ham zarur. Mineral tuzlarni odam asosan oziq-ovqat bilan oladi. Bir sutkada 
odam 10-12,5 g. osh tuzi iste'mol qiladi. Mineral tuzlar organizmdagi barcha 
funktsiyalarning bir xilda kechishini ta'minlaydi, nerv sistemasi faoliyati, qon ivishi, 
surilish, gaz ajralish, sekretsiya va ajratish jarayonlari uchun ham zarur. Organizm 
uchun kaltsiy, fosfor, kaliy, natriy, marganets, kobalt, mis, rux, brom, yod, 
oltingugurt, temir va boshqa mikro va makroelementlar ham juda zarur. Agar biror 
mineral moddalar etishmasa turli xil kasalliklarga yuzaga chiqadi. M-n. organizmda 
kaltsiy etishmasa nerv va muskul quzg`aluvchanligi kuchayadi, bu spazmofil
kasalligiga olib keladi, yod etishmasa qalqonsimon bezning faoliyati buzilib,
buqoq, kasalligi paydo bo`ladi, natriy xlorid ko`payib ketsa, harorat ko`tariladi. 
Suv odam organizmi barcha hujayra va to`qimalarining tarkibiy qismiga 
kiradi. Jumladan qonning 92%, miya to`qimasining 84%, tana muskullarining 70%, 
suyaklarning 22%, suvdan iborat. Katta yoshdagi odamlarning tanasini 50- 60% suv 
tashkil qiladi, yoshlarda suv miqdori bundan ko`proq. bo`ladi. M-n. chaqaloq tana 
massasining 80% ni suv tashkil etadi. Organizmdagi barcha kimyoviy protsesslar suv 
ishtirokida bo`ladi. Agar odam ovqat iste'mol qilmay, faqat meyorida suv iste'mol 
qilsa u 40-45 kungacha uning tana massasi 40% kamayguncha yashashi mumkin. 
Aksincha ovqat meyorida bo`lib, suv iste'mol qilinmasa, tana massasi 20-22% 
kamaysa, bir xaftaga etar-etmay odam halok bo`lishi mumkin. Odamning sutkalik 
suv balansi 2,2-2,8 l.

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə