Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

 
 
 
 
 
 
Asosiy savollar: 
1.
Ayruv organlarining organizm faoliyatidagi ahamiyati. 
2.
Ichki muhit barqarorligini saklashda nafas yuli, ichak yuli, teri
3.
Buyrakning tuzilishi va funktsional axamiyati. 
4.
Siydik xosil bo`lish mexanizmi. 
5.
Siydik tutaolmaslik (eniurez) kasalligi va uni oldini olish 
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
Ichki muhit, ayruv organlari, 
ekskretor organ, nefron, osmatik bosim, filtratsiya, reabeorbtsiya, eniurez, teri 
kasalliklari, chiniqtirish 
 
 
MODUL-6 
AYRUV ORGANLARINING YOSh XUSUSIYATLARI
 


43
 
1-savol bayoni:
Ayruv organlarining organizm faoliyatidagi 
ahamiyati
. Ayrim organlari organizm ichki muhitni doimiy saqlashda muhim rol 
oynaydi, u odam organizmidagi moddalar almashinuvida hosil bo’lgan qoldiq 
moddalarning uzluksiz ravishda chiqarib turishini ta’minlaydi. 
Ayirish organlariga: buyraklar, o’pkalar, ovqat hazm qilish organlari va ter 
bezlari kiradi.
Siydik kislota, qoldiq azot, tuzlar suvda erigan holda buyraklar orqali 
siydik tarkibida ajraladi. Gazsimon
 
moddalar nafas olish organlari orqali tashqariga 
chiqadi. Ovqatning
 
hazm bo’lmagan qismi ichakdan najas sifatida tashqariga 
chiqariladi. Odam tanasidagi
 
suv, tuz, yog`’
 
kabi moddalar ter bezlari orqali ter 
sifatida ajralib turadi. 
Ayirish sistemasining asosiy qismini siydik ayirish organlari tashkil 
qiladi. Bu organlarga: buyraklar, siydik yo’li, qovuq yoki siydik pufagi va siydik 
chiqarish kanali kiradi. 
Ayirish organlari yoki buyrak bolaning embrionlik davrida uning 
mezaderma qavatida shakillanib, 3ta davrni pronefroz, mezanefroz, metanefrozni o’z 
ichiga oladi. Bolalarning buryragi katta-kichikligi va vazniga ko’ra kattalarnikidan 
farq qiladi. Buyrak juft organ bo’lib, o’ng va chap buyraklarga bo’linadi. Shakli 
loviya shakliga o’xshash bo’lib, qorin bo’shlig’ining bel qismida ya’ni 1 va 2 bel 
umurtqalarining yon tomonida joylashgan. Yangi tug’ilgan bolada buyrakning vazni 
11-12, 1 yoshda 27-36 gr, 5 yoshda 55-56 gr, 7 yoshda 82-84 gr, 13 yoshda 100-102 
gr, 15 yoshda 115-120, kattalarda esa 150 gr bo’lib, uzunligi 10-12 sm, eni 5-6 sm, 
qalinligi 3-4 sm bo’ladi. Buyraklar murakkab tuzilgan organ bo’lib, po’st va mag’iz 
qavatlardan iborat. Uning asosiy struktura birligi nefronlar bo’lib, ular buyrakda 
filtiratsiya funksiyasini bajarib qondagi moddalarni filtirlab birlamchi va ikkilamchi 
siydik shakillantiradi. Buyrakning po’st qavatida Shumlyanskiy Baumen kapsulasi 
bor. Bu kapsula 2 qavatli pardadan iborat bo’lib, undan egri-bugri kanalchalar 
boshlanib, buyrakning mag’iz qavatiga o’tadi. Buyrakning mag’iz qimida egri-bugri 
kanalchalar to’g’rilanib, yuqoriga buriladi va bu burilish joyi genli halqasini hosil 
qilib, yana po’st qavatga qaytadi. Kanalcha chiqarish yo’liga quyiladi. Chiqarish 
yo’llari po’st va mag’iz qavatlari orqali o’tib, buyrak jomiga quyiladi. Undan esa 
siydik yo’llari orqali qovuqqa yoki siydik pufagiga quyiladi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə