Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Kekirdak yoki traxeya. 
Traxeya hiqildoqning pastki qismida ya’ni VI-
VII bo’yin umurtqalari ro’parasidan boshlanib V ko’krak umurtqasigacha davom 
etadi. Traxeya yangi tug’ilgan bolalarda kalta va nozik bo’lib, tog’ay va muskul 
qavatdan iborat. Uzunligi 3-4 sm, 5 yoshda 5-6 sm, 10 yoshda 6,3 sm, 15 yoshda 7,5 
sm kattalarda esa 9-13 smgacha bo’ladi. Uning uzunligi va tog’aylar kattaligi yosh 
ortishi bilan ortib boradi. Traxeya shilliq qavati nozik, qon va linfa tomirlari bilan 
mo’l ta’minlangan bo’ladi. Shuning uchun ham chang zarrachalari va mikroblar 
traxeya shilliq qavatiga tez o’rnashib oladi, bronxga o’tkazib beradi. 
Bronxlar. 
Traxeya V ko’krak ro’parasiga kelib o’ng va chap bronxlarga 
bo’linadi. Bronxlar 7 yoshgacha tez o’sib, o’pka to’qimasiga kirib, xuddi daraxt 
shoxiga o’xshab, juda ko’p mayda bronxlarga tarmoqlanadi va bora-bora alveola 
pufakchalarini hosil qiladi. 
O’pka. 
O’pka bir juft bo’lib ko’krak qafasining ikki tomonida joylashgan 
bo`lib, o`ng va chap o`pkadan iborat bo`ladi. Har bir o`pka qonussimon bo`lib, ustki 
qismi, uchi, pastki qismi esa asosi deyiladi. Bolalarning yoshi ortishi bilan o`pkaning 
og`irligi va hajmi ortib boradi. Yangi tug`ilgan bolalarda ikki o`pkaning og`irligi 50-
57 g, 1-2 yoshda 225 g, 5-6 yoshda 350 g, 9-10 yoshda 395 g, 15-16 yoshda 690-700 
g, kattalarda esa 1000 g. bo`ladi. O`pka hajmi yangi to`g`ilgan bolalarda 70 sm
3
, 1 
yoshda 270 sm
3
, 8 yoshda 640 sm3, 12 yoshda 680 sm
3
, katta odamda esa 1400 sm
3
bo`ladi. 
O`pkaning o`sishi asosan, alviolla hujayralarining ortib borishi hisobiga 
bo`ladi. Bu nafas va gaz almashinuviga ta'sir qiladi. 
Alviollalar-devorlari yupqa bo`lishi va ularning qon kapilyarlar turi bilan 
o`ralib turishi qon gazlari bilan o`pka gazlari orasida almashinuv jarayonlari yuzaga 
chiqishida imqon beradi. 
Yangi to`g`ilgan bolalarda alviollalarning soni katta odamlarnikiga 
qaraganda 3 marta kam bo`ladi. Alviollalarning intensiv o`sishi ayniqsa bolaning 12 
yoshidan boshlanadi. Bu esa o`pkaning yuzasini ancha ortishiga sabab bo`ladi, 
chunki bolalarda gaz almashinuvi intensiv kechib, bola tez o`sib rivojlanadi. 
Yangi to`g`ilgan bolalarda alviollalarning hajmi 0,5mm, 3-4 yoshda 0,12 
mm, 15 yoshda 0,17 mm keladi. Yangi to`g`ilgan o`g`il va qiz bolalarda nafas olish 


40
qorin tipida, ya'ni asosan diofragma hisobiga bo`ladi. Ko`krakning yuqori qismlari
harakati juda kam bo`ladi. Bola 2 yoshdan tik yura boshlashi bilan ko`krak qafasi 
vertikal holatda ko`proq bo`lib, bolada ko`krak tipidagi nafas olish taraqqiy eta 
boshlaydi. Bolaning 3 yoshidan boshlab ko`krak tipidagi nafas olish yaqqolroq 
vujudga kela boshlaydi. Bolalarda nafas olish kattalarga nisbatan tez va yuzaki 
bo`ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan o`pkaning havo sig`imi ortib boradi. Bolaning 
nafas olishi tez bo`lgani uchun o`pkaning ventilyatsiyasi yuqori bo`ladi. 
Yosh bolalarda organizmning kislorodga bo`lgan talabi juda yuqoridir, 
chunki bolalarda energiya va moddalar almashinuvi juda intensiv ravishda kechadi. 
M-n: 1 kg. bola organizmi kislorod bilan normal ta'minlanishi uchun, o`pkasidan 1 
minutda 1400-1500 sm
3
havo o`tishi kerak. Katta odamning 1 kg. tirik massasining 
kislorodga bo`lgan extiyojini qondirish uchun esa 300-400sm
3
havo o`tishi kerak. 
Bolalarning tinch holatida va ayniqsa muskul ishida kattalarga nisbatan tez-tez nafas 
oladi. Agarda bolalar sistematik ravishda jismoniy mashq bilan, ayniqsa qayiqda 
suzish, voleybol, engil atletika, suzish sporti bilan shug`ullansa, o`pkaning tiriklik 
sig`imi ortadi. Bunga asosiy sabab, jismoniy mashqlanish jarayonida organizmni 
kislorodga bo`lgan extiyoji ortadi, natijada o`pkaning nafasda ishtirok etadigan 
yuzasi ham asta-sekin kattalashib boradi. Shu bilan birga tomirlardan vaqt birligi 
ichida o`pkaga oqib keladigan qon miqdori ham ko`payib boradi, bu esa bolalarda 
gazlar uchun ancha qulay sharoitlarni yaratadi. 
O`pka maxsus parda yoki plevra bilan qoplangan bo`ladi. Plevraning bir 
varag`i ko`krak nafasi bilan diafragmaning ichki tomondan qoplab tursa, ikkinchi 
varag`i o`pkani o`rab turadi va bu varaqlar o`pka oldi yonida bir-biri bilan bilinmay 
qo`shilib ketadi. Yopiq turadigan varaqlar orasida tirqishsimon bo`shliq plevra 
bo`shlig`i bo`ladi, unda bir oz miqdorda suyuklik bo`ladi, shu suyuqlik 
varaqlarni namlab turadi va bir -biriga ishqalanishga yo`l qo`ymaydi. 

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə