Анатом- меш



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

Epifiz bezi. 
Bu bez bosh miyaning asosida ya'ni o`rta miya sohasida 
joylashgan bo`lib, uning vazni 0,2 gr. Undan melatonin gormoni ishlab chiqariladi. 
Epifizning funktsiyasi bola 7 yoshga kirguncha kuchayib boradi undan keyin susayib, 
bolag`otga etish davri oldidan butunlay to`xtab, erta balog`atga etish jarayonini 
susaytiradi. 
Qalqonsimon bez.
Bu bez bo`yinnnig oldingi qismida joylashgan bo`lib, 
hiqildoqni oldingi va yon tomonlardan yopib turadi. 3 bo`lakdan: ikkita yon va bitta 
o`rta bo`lakdan iborat. Ona qornida embrion rivojlanishining 12 xaftasidayoq 
qalqonsimon bez o`z faoliyatini aktivlashtiradi. Bola tug`ilganida bez vazni 1 gr, 1 
yoshda 2 gr, 2 yoshda 6 gr, 5-10 yoshda 10 gr, balog`at yoshida bez tez kattalashadi 
va erkaklarda 25 gr, allarda 30-35 gr gacha bo`ladi.
Qalqonsimon bezdan tiroksin gormoni ishlab chiqariladi. Tiroksinning 
tarkibida 65 % dan ko`proq yod moddasi bor. Katta odam tanasida 25 mg yod 
bo`ladi, shundan 15 mg qalqonsimon bezda saqlanadi. 


48
Qalqonsimon bezdan yana triyodtironin, kaltsitonin gormonlari ham ishlab 
chiqariladi. Bu gormonlar moddalar almashinuviga ta'sir qiladi, organizmdagi 
oksidlanish jarayonini kuchaytirib energiya almashinuviga ta'sir qiladi. 
Kaltsitonin gormoni kaltsiy almashinuviga kuchli ta'sir qiladi. Agar bez 
yosh bolalarda o`z vazifasini kuchsizlantirib qo`ysa gipotireoz hodisasi yuzaga 
kelib, natijada kretinizm kasalligi kelib chiqadi. Bo`y o`smaydi, jinsiy, aqliy, 
jismoniy qobiliyatlar rivojlanmaydi. Katta yoshlarda bez fazifasining kuchsizlanishi
miksedema kasalligiga olib keladi. Bunda asosiy almashinuv 30-40 % kamayib,
tanada to`qimalarda suyuqlik ko`payadi va shu hisobda og`irlik ortadi, semiz 
ko`rinadi, yurak urish sekin, qon aylanish sekin, tana harorati past bo`ladi. 
Bez ko`proq gormon ishlab chiqarsa Bazedov kasalligi kelib chiqadi. 1840 
yilda vrach Bazedov bu kasallikni ta'riflagan va uning nomi bilan yoki «diffuz» 
toksik buqoq deb ataladi. Bunda yurak tomir sistemasining faoliyatida o`zgarish
ro`y beradi. Yurak urishi tezlashadi. Puls minutda 180-200 marta uradi. Moddalar
almashinuvi ancha kuchayadi, bemor oza boshlaydi, jaxldor, yig`loq bo`lib qoladi, 
ko`zlari chaqchayadi. 
Yod moddasi etishmasligi oqibatida endemik buqoq kasalligi kelib chiqadi. 
Bu kasallik buloq suvidan foydalaniladigan joylarda, suv va tuproq tarkibida yod 
moddasi etishmasligi oqibatida kelib chiqadi. Belgilari bo`yinning oldingi qismida 
shish (buqoq) paydo bo`lib, uning kattaligi yong`oqdan to katta choynakgacha 
bo`lishi mumkin. U tashqi va ichki bo`ladi. Bu kasallikning oldini olishda ichiladigan 
suv yoki tuzga kaliy yodit qo`shishi yoki antistrumin dorisini berish oqibatida 
kasallik kamayadi.

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə