Budjet hisobi


-sonli shakldagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha bildirishnoma



Yüklə 5,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/329
tarix30.12.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#165300
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   329
Budjet hisobi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

11-sonli shakldagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha bildirishnoma;
3-sonli shakldagi budjetlarni g’azna hisobvaraqlariga Davlat budjeti, 
jamg’armalar 


14 
budjeti, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyotiga kelib tushgan 
daromadlar to’g’risidagi ma’lumotnoma; 
274-sonli shakldagi memorial order;
Davlat budjeti, jamg’armalar budjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek 
budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag’lari hisobini yuritishda 
ishlatiladigan boshqa hujjatlar. 
Birlamchi hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar, ushbu hujjatlarni o’z ichiga olgan 
ma’lumotlarning o’z vaqtida tuzilishi, to’g’riligi va haqqoniyligi, shuningdek ularni buxgalteriya 
hisobotida aks ettirilishi uchun belgilangan muddatlarda etkazilishi uchun javobgardirlar. 
Birlamchi va boshqa hisob hujjatlariga, operatsiyalar qatnashchilari tomonidan 
tasdiqlanmagan o’zgartirish kiritishga yo’l qo’yilmaydi. Bank va kassa hujjatlarini o’zgartirish va 
bo’yashga yo’l qo’yilmaydi. 
Har bir ish kuni tugashi bilan respublika budjeti ijrosi bo’yicha, mahalliy budjet ijrosi 
bo’yicha, jamg’armalar budjeti, budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa 
mablag’lari, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyoti mablag’lari operatsiyalari
barcha birlamchi va hisob hujjatlari g’aznachilik bo’linmalari buxgalteriya hisobi hodimlari 
tomonidan ularning kelib tushishi bo’yicha taxlanadi va broshyuralanadi. 
Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi registrlari 
ikkiyoqlama yozuv qoidalariga muvofiq tasdiqlangan blankalar (shakllar), jurnallar, kitoblarni 
o’zida ifodalaydi 
Budjetlarning ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi quyidagi hisobga 
olish registrlarida yuritiladi: a) "Bosh jurnal" daftari; 
b) budjet mablag’lari kassa xarajatlari kitobi, jamg’arma mablag’lari taqsimlovchilari 
kassa xarajatlari kitobi, budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari tushumi va 
sarflanishi hisobi kitobi, bojxona organlari g’azna depozit schyotiga mablag’lar tushumi va 
sarflanishi hisobi kitobi, budjetdan mablag’ oluvchilarning boshqa budjetdan tashqari 
mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi kitobi; Bunda, budjetlarning g’azna ijrosi 
buxgalteriya hisobi registrlari bo’yicha operatsiyalar elektron shaklda yuritiladi. Davlat budjeti, 
jamg’armalar budjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek budjetdan mablag’ 
oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari 
to’g’risidagi ma’lumot Davlat budjetining g’azna ijrosi dasturiy majmuida kunlik asosida va 
hisobot oyi, choragi va yilining o’sib boruvchi yakuni bilan bank ko’chirmalaridan olingan va 
tegishli g’azna hisobvaraqlariga (operatsiya amalga oshirilgan kunning ertangi bank kunidan 
kechiktirmasdan) kelib tushgan va ko’chirilgan mablag’lar to’lov hujjatlari ma’lumotlari asosida aks 
ettiriladi. 
 
Hisobga olinadigan 
ob’ektlarning iqtisodiy 
mazmuni bo’yicha 
Passiv 
schyotlar 
Aktiv 
schyotlar 
Hisobga olinadigan 
ob’ektlarning nomlanishi 
bo’yicha 
Davlat byudjeti, DMJ, 
boshqa byudjetdan
tashqari

jamg’armalar,


boshqa mablag’lari
Xarajatlar 
Pul mablag’lari 
Ob’ektlarni hisobda 
aks ettirish usuli 
bo’yicha 
Analitik 
schyotlar 
Sintetik 
schyotlar 
Buxgalteriya schyotlarining 
tasnifi 


15 

Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   329




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə