83
Kavkaz tog’lari cho’qqilarida o’rnashib olgan chang zarrachalari 1930 - 1960 yillarda 20 marta ortgan.
Buni olimlar shu davralarda sanoat ishlab chiqarishning ortishiga bog’lagan.
Atmosfera ifloslanishining o’sishini ko’pgina omillarning xozirgi zamon taraqqiyotiga xos bo’lgan,
energiya va metallurgiya
sanoati ishlab chiqarishi, avtomobil va samolyotlar sonining o’sishi, minglagan
tonna chiqindilarining yondirilishi va hokazolarning natijasida deb qarash lozimdir.
Hozir er kurrasida kishilarning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq holda atmosferaga har yili 500 mln.t.
atrofida oltingugurt gazi, sulfad oksidi, azot oksidi, karbonat angidrid va pestitsidlar chiqarilmoqda. Bulardan
tashqari, tsement, ko’mir, metallurgiya va boshqa sanoat korxonalaridan ko’plab atmosferaga kul, rux,
qo’rg’oshin, mis, chang va boshqa qattiq moddalar chiqarilmoqda. Shuningdek, katta maydonlardagi
o’rmonlarni kesib, erlarni xaydash tufayli tuproq eroziyasi va deflyatsiyasi kuchaydi, o’rmon - o’tloqlarda
yong’in ko’paydi, qishloq xo’jaligida ko’plab pestitsidlarni ishlatish oqibatida atmosfera tarkibida chang, tutun,
qurumlar, zaharli ximikatlar miqdorining ko’payishiga olib keldi.
Havoni ifloslovchi asosiy modda va birikmalarga aerozollar, kattiq zarrachalar, qurum, azot oksidlari,
uglevodorod va oltingugurt oksidlari, metal oksidlari va boshqalar kiradi.
So’ngi yillarda atmosferaning ifloslanishida transport vositalarining salmog’i ortib bormoqda. Chunki
avtomashina, samolyot, teplovoz, qishloq xo’jalik mashinalari va boshqalar juda katta miqdorda kislorodni
sarflab, atmosferaga (tarkibida 200ga yaqin zaharli moddalar uchraydigan) har xil gazlarni (is gazi, azot
oksidi,
uglevodorodlar, ko’rg’oshinning zaharli birikmalari, chang, qurum va boshqalar) chiqarib, uni
ifloslaydi.
Hozir er sharidagi 400 mln.dan ortiq avtomobil atmosferaga yiliga 300 mln.t. ga. yaqin har xil zaharli
gazlar, chang, qurum va boshqa kattiq zarrachalar chiqarib ifloslamoqda. Shundan 200 mln.t. uglerod oksidiga,
50 mln.t. uglevodorodga. 30 mln.t. azot oksidiga, qolgani boshqa gaz, chang, kurum va qattiq zarrachalarga
to’g’ri keladi.
Avtomobillar atmosfera havosini har xil zaharli gazlar bilan ifloslashidan tashqari dunyo aholisining nafas
olishiga ketadigan kisloroddan 3 - 4 marta ko’p kislorodni sarflaydi.
Undan tashqari atmosferaning ifloslanishida va ko’plab kislorodni sarflanishida samolyotlarning roli
katta. Masalan: Amerika - Evropa orasida uchadigan superreaktiv layner 8 soat ichida 50 - 75 t. kislorod
sarflaydi. Bu miqdordagi kislorodni 25-30 ming ga maydondagi o’rmon 8 soat mobaynida etkazib beradi.
Atmosferaning ifloslanishida raketalarning salmog’i ortib bormoqda. Amerika olimlarining
malumotiga ko’ra «Shatl» kosmik apparatini orbitaga chiqargan raketa atmosferaning yuqori qatlamiga
300 t. alyuminiy oksidini, oq, poroshoqga o’xgan modlani chiqargan. Bu modda bulktlar tarkibida muz
kristallarining miqdorini 2 marta oshirgan, oqibatda quyosh nurining qaytishi ko’paygan.
Raketalar juda
ko’p kislorodni sarflaydi va hatto ozon qatlami haloqatiga ham tasir qiladi: AQShning «Skayleb»
stantsiyasining orbitaga chiqargan «Saturn-5» raketasi ionsoferada kengligi 1800 km «deraza» «teshik» hosil
qilib, u 1,5 soatdan keyin to’lgan. Olimlarning hisobiga ko’ra, agar qisqa vaqt ichida bu raketaga o’xshash 125
ta raketa uchirilsa, Erning ozon qatlamini yo’q qilib yuborishi natijasida sayyoramizda organizmlar qirilib
ketishi mumkin.
Atmosferaning ifloslanishida tog’ - kon sanoati, maishiy - kommunal xo’jaligi (uy - joylar) ham ishtirok
etadi. Bunda har xil yoqilg’ilarni yoqish tufayli atmosferaga zaharli gazlar, tutun, qurum, kul chiqadi. zich
yashaydigan rayonlar va katta shaharlar atmosferasining ifloslanishida kishilarning roli katta. Chunki bir kishi
sutkada 10 m
3
ishlangan iflos havoni nafas olish organlari orqali chiqaradi. Toshkent shaxridan sutkada 20 mln.
m
3
ishlangan, iflos va tarkibida (SO
2
) 4 foiz bo’lgan havo atmosferasiga chiqariladi. Bulardan tashqari
kanalizatsiya, avtomobil g’ildiraklaridan, oshxonalardan, axlat quvurlaridan va hokazolardan chiqqan chang,
gazlar, xidlar, mayda zarrachalar ham atmosferani ifloslaydi.
Atmosferaning ifloslanishida chekuvchilarning roli ham kundan - kunga oshib bormoqda. BMTning
malumotiga ko’ra, xozir dunyoda yiliga faqat sigaret chekilishi natijasida atmosferaga 10,5
t. kadmiy, 14,8 t. ko’rg’oshin, 48,4 t. mis, 203,5 t. rux, 966 t. marganets va boshqa zaharli moddalar chiqariladi.
Qishloq joylarida atmosferaning ifloslanishida ayniqsa parrandachilik va chorvachilik komplekslari,
go’sht kombinatlari, qishloq xo’jalik mashinalari, kimyoviy o’g’itlar va zaharli ximikatlar ko’proq tasir etadi.
Kimyoviy ug’itlardan va ayniqsa pestitsidlardan noto’g’ri, meyoridan ortiqcha foydalanish oqibatida u
ekologik sistemaning buzilishiga sabab bo’lmoqda.
Pestitsidlarning bir qismi
havoga chang, mayda zarrachalar ko’rinishida yoki erib bug’ga aylangan
holda atmosfera havosini ifloslamoqda. Shu sababli so’ngi yillarda o’ta zaharli va parchalanishi qiyin bo’lgan
ximikatlar kam ishlab chiqarilmoqda, ularning bazilarini (DDT) ishlab chiqarish butunlay man etilgan.
Bundan keyingi vazifa - qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurashda biologik va ekologik
usullardan ko’proq foydalanishga o’tishdir.
Atmosfera tarkibidagi gazlar ichida sayyoramizning organik hayoti uchun eng zarur bo’lgani kisloroldir.
So’ngi 50 yil mobaynida kishilarning xo’jalik faoliyati tufayli (transportda, sanoatda, nafas olishda,
84
yokilg’ilarni yoqishda va boshqalarda foydalanish natijasida) 246 milliard, t. kislorod qaytarilmaydigan
holda sarf qilindi. Bu esa atmosfera tarkibidagi kislorod miqdorining 0,02 foizga kamayishiga olib keldi.
Agar Er kurrasidagi yashil o’simliklar yiliga 550 milliard t. karbonat angidridni yutib, fotosintez orqali
460 milliard t. kislorodni ishlab bermaganda edi, u taqdirda atmosferadagi kislorodning miqdori 200
yil ichida
tugab qolgan bo’lar edi.
Shaharlar qurilishi natijasida ham er maydoni tekislanadi, jarlar to’ldiriladi, oqibatda relef, o’simlik va
tirik mavjudotda o’zgarish yuz beradi. Shaharlarda joylashgan sanoat obektlaridan, transportdan, maishiy -
kommunal xo’jaligidan, atrof - muhitga juda ko’plab ifloslar, zaharli gazlar, qattiq. zarrachalar chiqariladi,
oqibatda shahar atmosferasi, suv havzasi, tuproq qoplami ifloslanadi.
Malumotlarga ko’ra shahar atmosferasi okeanlar ustidagi atmosferaga nisbatan 150 marta iflos ekan.
Havoning kuchli ifloslanishi insonlar sog’ligiga, barcha jonzotlarga salbiy tasir ko’rsatadi. Shaharlar va sanoat
rayonlarida kishilar o’rtasida surunkali bronxit, nafas qisishi va o’pka raki kasalliklarning ko’payishi
kuzatiladi.
Agar havoda oltingugurt oksidi ko’p to’planib qolsa
kishilarda bronxit, gastrit, o’pka kasalliklari
vujudga keladi.
Uglerod oqsidining havoda ko’payishi natijasida kishi organizmida gemoglobin kamayadi. yurak, qon
- tomir tizimlari buziladi, bosh aylanadi, yurak tez urib, uyku buziladi.
Vodorod sulfid gazining ortib ketishi natijasida odamning boshi og’riydi, qayt qiladi, darmonsizlanadi,
hid bilish qobiliyati zaiflashadi; ftor birikmalari
tasirida burundan qon keladi, tumov paydo bo’ladi. Azot
oqsidlari tufayli o’pka kasallanadi, qon bosimi kamayadi.
Atmosferadagi turli zaharli gazlar o’simlik va hayvonlarga ham zarar etkazadi. Havoga chiqayotgan
chang, qurum, tutun va oltingugurt gazlari, xlor, uglevodorod birikmalari, mishyak, surma, ftor va boshqalar
yana erga qaytib tushgach o’simlik barglariga, tuproq va suv orqali o’simlik ildiziga o’tadi. Natijada
o’simliklarning nobud bo’lishi, hosilning kamayishi, fotosintezning o’zgarishi kuzatiladi, o’simliklarning
havoni O
2
bilan taminlash qobiliyati pasayadi. Bu esa o’z navbatida inson salomatligiga katta zarar keltiradi.
Havoning kuchli ifloslanishi bazi uy hayvonlarining nobud bo’lishiga olib keladi. Tursunzoda
alyuminiy zavodining zaharli gazlari tasirida uning atrofidagi rayonlarda mollar zaharlanib, qoramollarning
tishi to’qilib ketmoqda.
Havoning zaharli chang va gazlar bilan ifloslanishi asalarilarning ko’plab qirilib
ketishidan tashqari,
asalini sifatiga ham tasir etadi.
Atmosfera havosidagi
ifloslantiruvchi
moddalarning inson organizmiga bevosita yoki
bilvosita zararli tasir ko’rsatmayligan miqdori ruxsat etilgan miqdor (REM) deb yuritiladi. Bunda zararli
birikmalarning odamning mexnat faoliyatiga va kayfiyatiga putur etkazmasligi nazarda tutiladi.
Havo ifloslanishining muntazam REMdan yuqori bo’lishi aholi kasallanish darajasining keskin
ortishiga olib keladi. Aholi yashash joylarida havoning ifloslanganlik darajasi va tasiri REM ko’rsatkichlari
bo’yicha belgilanadi.
Turli modadlarning tasir darajasiga qarab xilma - xil REM ko’rsatkichlari belgilangan. Masalan: Is gazi -
0,01 mg/m
3
; oltingugurt gazi - 0,05 mg/m
3
; xlor - 0,03 mg/m
3
; fenol - 0,01 mg/m
3
; formaldegid -
0,003 mg/m
3
va hokazo.
REM ko’rsatkichlari turli davlatlarda farqlanishi mumkin. Hozirgi kungacha atmosfera havosidagi 600
ta kimyoviy moddaning REMlari ishlab chiqilgan, shuningdek 38 ta moddalarning birlashib tasir qilishi
o’rganilgan bo’lib, ular uchun meyorlar belgilangan.
Inson talablari. Insonning toza havodagi bo’lgan talablari nimalardan iborat? Inson tanasining
kislorodga bo’lgan bir kunlik talabi 25 kg ga tengdir. Shu sonni endi dunyoning 6
mil-liardlik aholisiga
ko’paytirsak, har kuni insoniyatga 300 mln.t havo kerakligi aniqlanadi. Yashash tarzimizni yuqori darajaga
olib chiqish yani, masalan, har bir oilada bitta yoki ikkita avtomobil bo’lishi yulida biz tabiatga ham katta
zarar etkazyapmiz. Insonga bir kunda o’rtacha 1.5 kg egulik kerak. Demak, inson har kuni egulik sifatida
havoni 10 - 15 barobar ko’proq istemol qilar ekan. Shuning uchun, biz havodagi ifloslantiruvchilar miqdori
oziq - ovqatlarda ruxsat etiladigan meyorga teng yoki undan kichik bo’lishini talab qilamiz.
Biz baliq va qisqichbaqasimonlardagi simobning miqdori 50 ppm (yoki 0.5 ppm) bo’lishiga ruxsat
beramiz, ammo, havoning iflosligini hisobga olmaymiz. Keling, qumirni yonishini ko’rib chiqaylik,
S+O
2
=SO
2
Quvvati 500 - 750 megavatt bo’lgan zavod bir kunda 21 ming t. ko’mir yoqadi. Kislorodning juda
katta miqdori bunda nobud bo’ladi va natijada azotni azot oksidiga aylanishiga qulay sharoit yaratiladi.
YOki Los - Anjelesdagi 4x10
6
ta bo’lgan avtomobillarni olaylik. Bir funt yokilg’ini to’liq yonishi
uchun 15 funt havo kerak bo’ladi. AQSh dagi avtomobillar har kuni o’rtacha 12 funt gaz ishlatadi. Demak,