81
materiallar, ximikatlar yoki boshqa moddalar kiradi. Ifloslanish darajasini aniqlashda “toza” va “ifloslangan”
havo tarkibini taqqoslash usulidan foydalaniladi.
Havoni ifloslantiruvchilar quyidagilardir:
1. Og’ir zarrachalar, ularga:
yirik chang - diametri diametri 100 mkm dan katta bo’lgan,
mayda chang - diametri
100 mkm dan kichik bo’lgan,
tutun - diametri
0.001 - 1mkm bo’lgan,
tuman - diametri
0.001 - 10 mkm bo’lgan zarrachalar kiradi.
2. Oltinugurt birikmalari.
3. Organik birikmalar.
4. Azotli birikmalar.
5. Uglerodli birikmalar.
6. Galogenlar birikmalari.
7. Radioaktiv birikmalar.
Atmosfera havosi insonni o’rab turuvchi muhitning muhim komponentlaridan va tabiatning zaruriy
resurslaridan hisoblanadi. Haroratning o’zgarishiga qarab atmosfera bir necha kobig’ (sfera) lardan iboratdir.
Erga birikib turuvchi qismi troposfera deyiladi. Troposferada atmosferaning 75 % suv bug’i va mayda suv
zarrachalari qorishmalarininng asosiy qismi joylashgandir.
Troposferaning yuqorigi chegarasi tropopauza deyiladi. Tropopauzada haroratning pasayishi to’xtaydi.
Troposfera erdan o’rtacha 11 km balandlikda joylashgandir. Undan 50 km balandlikgacha stratosfera
joylashgan. Engil
havo oqimlari, kambulutlik va haroratning 25 km gacha o’zgarmasligi stratosferaga xos
xususiyatdir. Undan yuqorida harorat ko’tarilib borib stratopauza darajasiga kelganda nolgacha tushadi.
Stratopauzadan so’ng mezosfera keladi. Unda harorat pasayib borib yuqorigi chegarasi
(mezopauza)ga etganda minus 85 - 90 gacha tushadi.
Undan so’ng (90 km dan 450 km gacha) termosfera joylashgan. Termosferada meteoritlarning asosiy
qismi yonib ketadi va quyoshdan kelayotgan kosmik nurlanish yutiladi.
Atmosferaning ionlashgan qismi ionosfera 50 - 60 km balandlikdan boshlab atmosferaning yuqorigi
chegarasigacha boradi.
Atmosferaning eng yuqori qismi ekzosferadir.
Atmosfera nafaqatgina Erning issiqlik rejimini boshqaradi, balki Er yuzidagi issiqlikni taqsimlanishiga
yordam beradi. Erdagi ovoz tarkaluvchi muhit bo’lib atmosfera hisoblanadi.
Qadimda ancha vaqtgacha havoning og’irligi yo’q deb kelingan, ammo XVII asrga kelib 1
kub metr
quruq havo, agar harorat 0
0
S bo’lib, dengiz sathi barobarida ulchansa, 1293 g ga tengligi aniqlandi. Er
sathining har bir kv.santimetriga 1033 g havo to’g’ri keladi. Atmosfera erning gaz qobig’i hisoblanib, uning
og’irligi 5
15
x 10
15
t ga tengdir. Faqatgina XVIII asrga kelib farangiz olimi Lavuaze atmosfera har xil
gazlarning mexanik aralashmasidan iborat ekanligini aniqladi.
Kislorod. O’rtacha hisoblanganda, kislorodning atmosfera hajmidagi ulushi 20,95 % ni tashkil etadi.
Yashil o’simliklarning fotosintez yani is gazini yutib, kislorodni ajratib chiqarishi hisobiga, kislorod
atmosferaning doimiy ajralmas qismi bo’lib kelmoqda. Kislorodning 80 % yani
asosiy qismini dengiz
fitoplanktonlari ajratib chiqaradi, qolgan qismi quruqlikdagi o’simliklarga turi keladi. Har yili fotosintez
hisobiga 60 - 240 mlrd. t. gacha erkin kislorod ajralib chiqadi.
Azot. Azot massasi jixatidan atmosferaning asosiy (78,09 %) qismi hisoblanadi. Fotosntezning
yakuniy mahsulotlaridan bo’lgan erkin kislorod, ammiak bilan tez reaktsiyaga kirishishi natijasida
molekulyar holdagi azot hosil bo’ladi:
SO
2
+2N
2
O fotosintez NSOON+N
2
O+O
2
4NH
3
+3O
2
--------2N
2
+6H
2
O
Oddiy sharoitda kislorod hamda azot bir - biri bilan reaktsiyaga kirishmaydi, shu sababdan, ularning
havo tarkibidagi ulushi o’zgarmay turadi. Atmosferadagi azot o’simlik
hamda hayvonlarning ozuqasi
bo’lgan, birikkan azotning manbai sifatida katta biologik ahamiyatga egadir. Uning fiziologik ahamiyati esa,
atmosfera bosimining hayotiy jarayonlarida ishtirok etishidadir.
Is gazi. Atmosferadagi SO
2
ning ulushi 0,03 % yoki 2.3x10
12
tonnani tashkil etadi. Vulkon gazlari,
yonar buloqlar, insonlar, hayvonlar va o’simliklarning nafas chiqarishi, yonilg’i va yoqilg’ilarni inson
82
tamonidan yoqilishi is gazining asosiy manbai bo’lib hisoblanadi. Har yili fotosintez natijasida 170 mlrd.t.ga
yaqin is gazi atmosferadan o’simliklar tamonidan yutiladi.
Vodorod va inert gazlar. Atmosferadagi vodorodning atomlar soni bo’yicha ulushi 0.0001 % ni
tashkil etadi. Undan tashqari atmosferadagi radioaktiv prachalanish jarayonida qatnashuvchi geliy, neon,
argon, kripton, ksenon kabi inert gazlar ham juda oz miqdorda mavjuddir.
Atmosfera namligi. Atmosferada
kechadigan hamma jarayonlar, erning quyoshdan oluvchi energiyasi
hisobiga amalga oshadi. Har yili er yuzasidan milliard tonnalab suv aynan shu energiya hisobiga bug’lanib
ketadi. Er yuzidagi namlik taqsimlanishida atmosferaning roli beqiyosdir. Atmosferada suvning suyuq
(yomg’ir tomchilari), gazsimon (suv bug’i) va qattiq (qor va yax kristallari) holatlari mavjuddir.
Atmosferadagi havo namligi tabiatdagi suv aylanishining eng faol bo’lgan xalqasi hisoblanadi.
Atmosfera ifloslanishining oqibatlari. Atmosferaning ifloslanishi global isish yoki muzlashga olib
kelishi mumkin. Olimlarning aniqlashicha, 3 - 5 mln. yil avval dunyo iqlimi iliq bo’lib, muzliklar mavjud
bo’lmagan. Bunga sabab o’sha paytdagi atmosfera tarkibidagi is gazi kontsentratsiyasining yuqori
bo’lganligi, deb taxmin qilinadi.
Xozirdagi SO
2
ning atmosferadagi miqdori XXI asrga kelib ikki barobar oshishi kutilyapti. Buning
natijasida global isish vujudga kelib, arktik muzliklar erib ketishi mumkin.
Agar bu taxminlar to’g’ri chiqsa (chunki bunga teskari taxminlar ham mavjud), u holda insonning
xo’jalik amaliyotida juda katta o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin. Oqibatda, er yuzidagi yog’ingarchiliqlar
miqdorining oshishi, shaharlardagi quyosh radiatsiyasi oqimining kamayishi mumkin.
Kosmosdan olib
borilgan kuzatuvlar natijalari, er yuzasining 31 foizi bulutlar bilan yopilganligini ko’rsatadi.
Atmosferaning 20 - 30 km oralig’ida joylashgan himoya qobig’i ozon (O
3
) qatlamining siyraklashuvi
ham dolzarb ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Ozon qatlamining ahamiyatini siz yaxshi bilasiz.
Ozon qobig’ining parchalanishi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki ozonning 1 % ga
kamayishiga ultrabinafsha nurlar oqimining 2 % ga ortishiga olib keladi. Ultrabinafsha nurlar oqimining
ko’payishi esa, aholida terining rak kasalligining 4 % ortishiga olib keladi.
Atmosfera ifloslanishi natijasida keladigan zarar juda kattadir va u bilan xisoblashmaslikka ilojimiz
yo’q. Shuning uchun, mutaxassislarning harakati bir tomondan zararni yo’qotishga qaratilgan bo’lsa,
ikkinchi tomondan uni oldini olishga qaratilishi kerak.
Zararni yo’qotish uni oldini olishdan qimmatga tushishini hisobga olganda,
kelgusida amalga
oshiriladigan loyixalarda, chiqindisiz texnologiyalarni qo’llashni amalga oshirishimiz kerak.
Atmosferaning tabiiy ifloslanishida - kosmik changlar, vulkonlarning otilishidan vujudga
kelgan moddalar, tog’ jinslari va tuproqning nurashidan vujudga kelgan moddalar, o’simlik va
hayvonlarning qoldiqlari, o’rmon va dashtlardagi yong’indan, dengiz suvining mavjlanishi bilan havoga
chiqgan tuz zarrachalari muhim rol o’ynaydi.
Koinotdan har yili 10
6
t chang atmosferaga tushadi. Kuchli vulqon otilganda atrof - muhitga
75 mln. m
3
chang chiqadi. Dengiz suvi mavjlanganda havoga ko’plab tuz zarrachalari ajralib chiqadi. Bulardan
tashqari havoga nurash tufayli shamollar hamda yong’in natijasida chang, qum va boshqa kattiq zarrachalar,
o’simlik changlari kelib ko’shiladi.
Atmosfera tarkibidagi tabiiy changlar er yuzasida sodir bo’ladigan jarayonlar uchun katta ahamiyatga
ega. Chunki changlar suv bug’lari uchun kondensatsiya yadrosi hisoblanib, yog’inlarni vujudga keltiradi,
quyoshning to’g’ri radiatsiyasini yutib, er yuzasidagi organizmlarni ortiqcha nurlanishdan saqlaydi. Shundan
ko’rinib
turibdiki, atmosferadagi tabiiy changlar malum darajada bo’lsa, atmosfera tarkibining zaruriy
elementi hisoblanib, undagi hodisa va jarayonlarning borishini tartibga solib turadi. Lekin ayrim hollarda
vulqonlarning otilishi, kuchli chang - to’zonlarning ko’tarilishi tufayli havo meyoridan ortiq ifloslanib,
halokatlarga sabab bo’lishi mumkin.
Atmosferaning suniy ifloslanishi
Keyingi yillarda ishlab chiqarishning intensiv ravishda rivojlanishi (bu hol hamma rivojlangan
mamlakatlarga xos) atmosfera havosining ifloslanishini tezlatdi.
Suniy ifloslanish
manbalariga - energetika, sanoat korxonalari, transport, maishiy chiqindilar va
boshqalar kiradi.
Atmosferaning suniy ifloslanishida avtomobil transporti birinchi o’rinni (40 foiz); energetika sanoati (20
foizi) ikkinchi o’rinni; karxona va tashkilot ishlab chiqarishi uchinchi o’rinni (14 foiz) egallaydi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, maishiy - kommunal xo’jaligi va boshqalar zimmasiga esa atmosfera
suniy ifloslanishining 26 foizi to’g’ri keladi.
Atmosfera ifloslanishining o’sishi hattoki inson yashashi kam bo’lgan joylarda ham deyarli sezilarli ekan.
Masalan: AQShning Iellouston milliy bog’i - amerikada eng toza havosi bilan ajralib turadigan, keyingi 5 yil
ichida zarrachalarning o’rtacha soni 10 marta oshgan.