Mirzo ulug’bek nomidagi


O‘z DSt 1106 : 2006 shifrlash standarti



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə40/93
tarix20.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#128930
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93
KRIPTOGRAFIK USULLAR OQUV QOLLANMA

O‘z DSt 1106 : 2006 shifrlash standarti


O‘zbekiston Respublikasining O‘z DSt 1106 : 2006 xesh funksiyasi 2006 yilda bir yil sinov muddati bilan qabul qilingan kalitli xesh-funksiya bo‘lib, unda kalit uzunligi 128 bit yoki 256 bit bo‘lishi nazarda tutilgan. Chiquvchi xesh qiymat uzunligi ham mos ravishda 128 bit yoki 256 bit bo‘ladi.
Ushbu standart ixtiyoriy uzunlikdagi matn uchun xesh-funksiyani hisoblash algoritmi va ketma-ketligini aniqlab, axborotlarni kriptografik usullar asosida qayta ishlash va himoyalashda, shu bilan birga axborot-kommunikatsiya tizimlarida ma’lumotlarni uzatish, qayta ishlash va saqlashda, ERI jarayonini ta’minlashda qo‘llashga mo‘ljallangan.
O‘z DSt 1106 : 2006 xesh-funksiya standarti parametrlar algebrasi asosida qurilgan bo‘lib, parametrlar algebrasining ko‘paytirish, darajaga ko‘tarish, teskarilash amallaridan foydalaniladi:

  1. a va b sonlarni R-koeffitsient asosida modulь p-bo‘yicha ko‘paytirish formulasi:

a b a  (1 R * a)(mod p).

  1. a sonini R- koeffitsent bo‘yicha biror x darajaga ko‘tarish formulasi(R va n lar o‘zaro tub):

a \ x  ((1  R * a)\ x 1) * R1 (mod n) .

  1. a sonini R - koeffitsent asosida modulьn -bo‘yicha teskarisini topish formulasi:

a \1a * (1  R * a)1 (mod n)
Shuningdek, mazkur standartdassiklik siljitishlardan ham keng foydalanilgan.
Xesh-funksiya algoritmida 128 bit uzunlikdagi bloklar ustida amal bajarilganda bazaviy birlik sifatida yarim bayt (“polubayt”) – 4 bitlik ketma- ketlikdan foydalanilgan, 256 bit uzunlikdagi bloklar ustida amal bajarilganda baytlar ustida amallar bajariladi.
Algoritmda 128 bitlik bloklar uchun bosqichlar soni b+10, 256 bitlik bloklar uchun esa bosqichlar soni b+6 qilib belgilangan, bu erda, b – bloklar soni.
Xesh-funksiya algoritmi ketma-ket bajariluvchi 3 ta qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda, faqat kiruvchi bloklar ustida amallar bajariladi, ikkinchi qismda
birinchi qismning oxirgi blok natijasi ustida 10(6) bosqich davomida akslantirishlar amalga oshiriladi, uchinchi qism esa, ikkita akslantirishdan iborat.
Algoritm ikkita rejimda ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, 0-rejimda birinchi qismning har bir bosqichi Aralash( ), Daraja(holat,R), SurKalit( ), SurHolat( ), Teskari(ke,R), Qo’shBosqichKalit( ), TuzilmaKalit(ke,R) akslantirishlar ketma- ketligidan, 1-rejimda esa, birinchi qismning har bir bosqichi Aralash( ), Daraja(holat,R), Daraja(ke,R), SurKalit( ), SurHolat( ), Teskari(holat,R), Teskari(ke,R), Qo’shBosqichKalit( ), TuzilmaKalit(ke,R) akslantirishlar ketma- ketligidan iborat.



    1. Yüklə 0,67 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə