O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124

b o 'lg an .  Pul  kapitali  qaytarib  berishlik,  t o ‘lovlilik  va  foiz  stavkasi 
asosida  berilgan.  Bunday  kreditlarning  xususiyatlari  b o ‘lib:
—  qarzdorlar  bo'lib  savdo  —  sanoat  ishJab  chiqaruvchi  shaxslar 
ishtirok  etganlar;
—  qarz  mablag‘lari  —  kapital  sifatida,  y a ’ni  q o ‘shim cha  qiymat 
olish  vositasi  sifatida  foydalanilgan;
—  ssud a  foizi  m anbasi  b o ‘lib  —  y o lla n m a   is h c h ila rn in g   haq 
to 'la n m ag a n   m ehnati  qiymati  hisoblanadi.
Bu  davrda  kredit  turli  shakllarni  egallaydi  (oladi).  U la r  asosan 
qatnashuvchilarning  turiga,  ssuda  obyektiga,  kredit  foizi  hajmiga  va 
harakat  qilish  muhitiga  qarab  farqlanadi  (guruhlanadi).  Shunga  k o ‘ra 
kredit  bir  nech a  shakllarga  bo'linadi.
Tijorat krediti. 
Tijorat krediti  — bu faoliyat k o ‘rsatuvchilar tom o n i- 
dan bir-birlariga o ‘zaro to ‘lovni  kechiktirish sharti bilan tovar shaklida 
beriladigan  kreditdir.
Tijorat  kreditini  obyekti  —  tovar  kapitali  hisoblanadi.
Tijorat  kreditida  kreditor  va  qarzdorlar  b o ‘lib  faoliyat  ko'rsatuv- 
chilar  (ishlab  chiqaruvchilar)  hisoblanadi.
Tijorat  kreditining  cheklanishlari  mavjud  b o i i b   ular:
—  faoliyat  k o ‘rsatuv chilarnin g   zaxira  kapitallari  hajm i  bilan 
cheklanganligi,  y a ’ni  unga  hozirgi  davrda  oborot  (m u om ala)  uchun 
zarur  b o ‘lmagan  kapital  bilan  cheklanganligi;
— yo'nalishiga ko‘ra,  uni ishlab chiqarish vositalarini  ishlab chiqa­
ruvchi  tarm oqlar  ishlab  chiqarish  vositalarini  iste’mol  qiluvchilarga 
berishi  m um kin,  am m o  teskarisi  b o ‘lishi  m um kin  emas.
Tijorat  kreditidan  farqli  o 'la ro q   b an k   krediti  nafaqat  tovarlar 
muomalasiga xizmat ko‘rsatadi,  balki yanada kengroq m u h itd a  faoliyat 
ko'rsatadi.
Bank  krediti  —  pul  egalari,  banklar  va  boshqa  kredit  institutlari 
tom onida  ishlab  chiqaruvchilarga  h a m d a   boshqa  qarz  oluvchilarga 
pul  shaklida  beriladigan  ssudalardir.
Bank  kreditining  obyekti  —  pul  kapitalidir.
Bank kreditida ishlab chiqaruvchi shaxslar (faoliyat ko'rsatuvchilar) 
faqat  qarz  oluvchi  sifatida  ishtirok  etadilar,  kreditorlar  b o ‘lib  esa 
ssuda  kapitali  egalari  hisoblanadi.
Bank  krediti jamiyat  barcha  sinflarini  pul  darom adlari  va ja m g ‘ar- 
malarini kapitalga aylantirib, kapitalni ja m g ‘arilishiga sababchi bo'ladi.
Tijorat  krediti  veksel  bilan  hujjatlashtiriladi.  Tijorat  kreditining 
foizi,  tovarlar  pog‘onasiga  va  veksel  summ asiga  q o ‘shiladi  va  u  bank
5 — O.Yu.  Rashidov  va  bosh.
65


krediti  foizidan  past  bo ‘ladi.  Bank  kredit  foizining  maqsadi  ssudalar 
hisobiga  darom ad  (foyda)  olishdir.
Tijorat  krediti  va  bank  kreditining  b a ’zi  bir  um um lashtirilgan 
tomonlarini  o ‘zida  aks  ettiruvchi  kredit  bu  iste’mol  kreditidir.
I s t e ’mol  krediti 
—  asosan  tovarlarni  sotish  ja ra y o n id a   ularni 
to ‘lovini  kechiktirib  to‘lash  huquqi  berilishidir.  Shu bilan  birga iste’mol 
krediti  banklar  yoki  maxsus  kredit  institutlari  to m o n id an   iste’mol 
tovarlarni  sotib  olish  va  xizmatlarni  to'lash  hollarida  beriladi.
U ning  obyekti 
—  uzoq  m u d d atli  foydalaniladigan  tovarlar  va 
xizmatlar hisoblanadi.  Iste’mol krediti — tovar va pul shaklida namoyon 
b o ‘lishi  mumkin.  Iste’mol  krediti  foizi  —  o'zining  yuqori  darajada 
ekanligi  bilan  ajralib  turadi  va  milliy  daromadni  qayta  taqsimlashning 
ikkilamchi  shakli  sifatida  aholi  daromadlari  hisobidan  to'lanadi.
Davlat  krediti  va  xususiy  kredit. 
Davlat  kreditida  qarz  oluvchi 
yoki  kreditor bo'lib davlat  ishtirok etadi.  Davlat  krediti davlat zayomlari 
shaklida  kaziagey (g‘azna)  majburiyatlarini  chiqarish  orqali, jam g‘arma 
tashkilotlari  jam g'arm alari  qoldiqlarini  Davlat  qimmatli  qog'ozlariga 
joylashtirish  orqali  amalga  oshiriladi.
Rivojlangan  m am lak atlard a  davlat  zayomlari  (qarzlari)  Davlat 
budjeti  xarajatlarini  moliyalashtirishning  asosiy  usuli  bo'lib  xizmat 
qiladi.  Davlat  zayomlarini  ishlatishning  yakuniy  natijasi  bo'lib,  davlat 
qarzining  o'sishi,  yangi  zayomlarni  chiqarish  hajmiga  nisbatan  foiz 
summ asining  qaytarish  hajm i  o'sib  ketadi.
Davlat  krediti  mablag'lari  ishlab  chiqarish  kapitali  takror  ishlab 
chiqarishda ishtirok etmaydi,  ya’ni u moddiy qiymatliklar ishlab  chiqa- 
rishda  qatnashm ay di,  faqat  b ud jet  defitsitini  qoplash  maqsadida 
foydalaniladi.
Xususiy  kredit  davlat  kreditidan  tam om ila  farq  qiladi.  Chunki 
xususiy kreditida  kreditor va  qarz  oluvchilar bo'lib,  xususiy yuridik va 
jism oniy  shaxslar  ishtirok  etadilar.
Xalqaro kredit. 
Bu kreditlarni  paydo bo'lishiga obyektiv asos bo'lib 
xo'jalik  hayotining  baynalminallashuvi va  xalqaro  davlat  shakllarining 
vujudga  kelishi  sabab  bo'ldi.
Xalqaro  kredit  —  bu  ssuda  kapitalini  xalqaro  iqtisodiy  m uno- 
sabatlardagi harakatidir.  B unda bir davlat tom onidan ularning banklari, 
yuridik  shaxslari  to m on id an   boshqa  davlat  hukum atiga,  banklariga 
yoki  boshqa  yuridik  shaxslariga  m uddatli  h am d a  to'lovlilik  asosida 
beriladigan  kreditlar  tushiniladi.
Xalqaro  kredit  quyidagi  belgilari  bilan  ajralib  turadi;


—  kreditorlar  va  qarz  oluvchilar  b o ‘lib  xususiy  yuridik  shaxslar 
(banklar,  kompaniyalar  va  firmalar),  davlat  tashkilotlari  va  xalqaro 
valuta  krediti  institutlari  b o ‘lishi  m um kin;
—  qarz mablag‘lari qarz oluvchi  mamlakatda foiz keltiruvchi  kapital 
sifatida  ishlatiladi;
—  ssuda  foizi  manbasi  b o ‘lib  qarzdo r-m am lak atdag i  yo llanm a 
ishchilar  m ehnati  hisoblanadi.
Xalqaro  kredit  ichki  kredit  bilan  uzviy  aloqalar b o ‘ladi  va  qiymat 
shakllarini  almashinish jarayonidagi  kapital  harakatining  barcha  bos- 
qichlarida  ishtirok  etadi.
Xalqaro  kredit  xalqaro  iqtisodiy  m unosabatlar  m uhitida  ssuda 
kapitalining  harakatidan  kelib  chiqqan  holda  o ‘ziga  xos  funksiyalarni 
bajaradi;
— 
kengaytirilgan  takror  ishlar  chiqarishni  ta ’minlash  maqsadida 
m am lakatlar  orasida  kapitalni  qayta  taqsimlaydi;
—  turli valutalarga asoslangan  naqd  pulsiz  toMovlarni  rivojlantirish 
orqali  xalqaro  hisob-kitoblar  m uhitida  m uom ala  xarajatlarini  tejaydi.
Kapitalning  markazlashuvi  va jam g ‘arilishini  kuchayishiga  xizmat 
qiladi.
Xalqaro  xususiy  va  firm a  kreditlari  xalqaro  iqtisodiy  m u no sa- 
batlardagi  tijorat kreditlarining bir ko‘rinishi b o ‘lib bir mamlakat firmasi 
tom onidan  ikkinchi  mamlakat  firmasiga  tovarlarni  kechiktirib  to'lash 
huquqini  beradi,  Bunday  kredit  o ‘tkazuvchan  veksel  (tratta)  bilan 
hujjatlashtiriladi.  Firm a  kreditlari  ochiq  raqam   orqali  ham  hisob- 
kitob  qilinishi  mumkin.  Bugungi  kundagi  firma  kreditlari  zamonaviy 
shakli  e k sportyorlardan  im p o rty orlarig a  b erilad igan  kredit  shakli 
hisoblanadi.
Firm a  kreditlarining  foiz  stavkalari  bozor  stavkalariga  nisbatan 
past  bo'ladi,  chunki  eksportni  kreditlash  tizimi  davlat  to m o n id an  
subsidiya  qilinadi.
Xalqaro  bank  krediti 
—  bir  m am la k a t  to m o n i d a n   boshqa  bir 
m am lakatga  (davlatga,  yuridik  va jism oniy  shaxslarga)  qisqa  va  o ‘rta 
uzoq muddatga vaqtinchalik foydalanishga beriladigan  kredit shaklidir. 
Bank kreditlar qarz oluvchilar to m o n id an  xohlagan maqsadlariga ishla- 
tilishi mumkin.  Bugungi kunda xalqaro bank kreditining ko‘rinishlaridan 
biri  bu eksport  bank  kreditidir.  B undan  tashqari,  xalqaro  kreditlarning 
xalqaro  davlat  krediti  ko ‘p tarm oqli  xalqaro  zayom  va  kreditlar,  yevro 
kreditlar,  yevro  bozorlar va  xalqaro  moliya  kredit  institutlarining  turli 
kreditlari  mavjuddir.


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə