2.3. Kreditning asosiy funksiyalari va tashkil
qilish asoslari
H ar qanday iqtisodiy kategoriya o ‘zining funksiyalariga ega b o ‘lgani
kabi kredit ham o ‘zining bir qato r funksiyalariga ega. Ijtimoiy iqtisodiy
tizim ida kreditning o ‘rni va roli u bajarayotgan funksiyalari bilan
aniqlanadi. Kreditning funksiyasi — bu kreditning iqtisodiyotda fao-
liyatning muayyan ravishda nam oyon bo'lishidir.
Kreditni tahlil qilishda, uning funksiyasi mohiyati va roli o ‘rtasidagi
oraliq bo ‘g‘in sifatida ko‘rib chiqiladi.
K redit to m o n id a n bajariladigan funksiyalar turli adabiyotlarda
turlicha beriladi. K o‘pgina adabiyotlarda kreditning 4 ta funksiyasi
k o ‘rsatilgan va asoslangan bo'lib ular quyidagilar:
— kapitallarni qayta taqsimlash va foyda m e ’yorini tekislash (teng-
lashtirish);
— m uomala xarajatlarini tejash;
— kapitalning markazlashuvi;
— kapitalni yig'ilishi va ja m g ‘arish funksiyasi.
Biroq boshqa ko‘pgina kitoblarda kreditning boshqa 4 ta funksiyasi
k o ‘rsatilgandir.
Bu funksiyalar;
— qayta taqsimlash funksiyasi;
— qayta takror ishlab chiqarish funksiyasi;
— muomaladagi haqiqiy naqd pul m ablag'larini kredit m uom ala
vositalari bilan almashtiradi;
— rag‘batlantirish funksiyalaridir.
Bu yuqorida ko‘rib o ‘tilgan funksiyalar yordam id a kredit m am la-
katdagi taqsimlangan va b o‘sh turgan m oddiy va pul mablag'lari o ‘z
egalaridan vaqtinchalik boshqa mulk cgalariga harakat qilishlari uchun
im kon yaratadi. Kreditning qayta taqsimlash funksiyasi 2 ko‘rinishda
pul va tovar shakllarida amalga oshirilishi m um kin.
Kreditning takror ishlab chiqarish funksiyasida esa kredit 2 xil
ko'rinishda namoyon b o ‘ladi:
— qarz oluvchi tom on idan olingan kreditlar ularga kerakli kapital
hajm ini t a ’m inlaydi, tadbirkorlik faoliyatini olib borishiga imkon
yaratiladi.
— turli korxonalarga kredit berilishi natijasida jam iyat miqyosida
ishlab chiqarish uchun yaxshi va y o m o n holatlar (sharoitlar) vujudga
kelishi m umkin (sifat, tannarx, baho).
M u om aladagi haqiqiy va naqd pul mablagMarini kredit t o ‘lov
vositalari bilan almashtirish funksiyasida haqiqiy (oltin) pullar pul
belgilari (b anknotalar) bilan almashtiriladi. Bu o ‘z navbatida davlatni
qarz majburiyatini bildiradi ham da oltin qiymat belgalarini belgilaydi.
Shu bilan birga naqd pul belgilari aylanishi jarayonida pul belgilari
o ‘z navbatida kredit m uom ala vositalari-veksel, chek, plastik k artoch-
kalari bilan almashtirilishi mumkin.
Kreditning rag‘batlantirish funksiyasida — kredit ishlab chiqarish
va m uom alaga m ikro va makro darajada t a ’sir ko'rsatadi. Buning
natijasida m ablag‘lardan tejamli foydalanishga asos yaratadi. Kredit
qarz o luv chid an olgan kreditlarining samarali, darom ad oladigan
darajada foydalanishiga, o ‘z vaqtida ishlatib to ‘liq qaytarilishiga m ajbur
qiladi.
Davlat miqyosida esa kredit miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish
orqali iqtisodiyotga salbiy yoki ijobiy ta ’sir o'tkazishi mumkin. C hunki
kredit miqdorining kamayishi, ko‘payishi uning ikki tomonlam a t a ’sirini
bildiradi.
Kreditning bu funksiyalari haqida olimlar o ‘rtasida yagona fikr
y o ‘q.
Masalan, Rossiya iqtisodchisi 0.1. Lavrushinning fikricha, kredit
ning funksiyalarini tahlil qilishda ikkita yechilmagan m uam m o mavjud:
funksiyani tushunishning uslubiy asoslari;
funksiyalarning tarkibi va strukturasi.
Kreditning tarkibiy qismidan kelib chiqqan holda unga quyidagi
m unosabatlar xosdir:
k red itorn in g qarz oluvchi va qarzga berayotgan qiym at bilan
m unosabati orqali;
qarz o lu v c h in in g k red ito r va qarzga beriluvchi q iy m a t bilan
m unosabati orqali;
qarzga b e rilu v ch i qiym at bilan k red ito r va qarz olu v ch in in g
munosabati orqali.
K reditor va qarz oluvchi o ‘rtasidagi munosabat shunday aniqla-
nadiki, b u n d a kreditor qarz oluvchiga resurslarni taklif qiladi, qarz
oluvchi bu resurslarni ishlatadi va bunda qarzga beriluvchi qiymat
kreditor va qarz oluvchi o 'rta sid a aylanadi. Bu yerdan kreditning
birinchi funksiyasi kelib chiqadi:
Q a r z g a b erilu v ch i q iym atn i v aq tin ch a fo y d a la n ish g a berish
funksiyasi.
Kredit va pul mablag'lari o ‘rtasidagi m unosabatlardan kelib
c h iq q a n h o ld a , k re d itn in g h a q iq iy p ullarni kredit pu lla ri bilan
almashtirish funksiya oldinga surilgan. Lekin bu funksiya hozirgi kun d a
iqtisodiy m unosabatlar «saxnasidan» chikib ketgan.
Kreditning tashqi m uhit bilan aloqasi uning ikkinchi funksiyasini
keltirib chiqaradi.
Qayta taqsimlash funksiyasi.
Kredit qayta ishlab chiqarish jara y o -
nining barcha tarmoqlariga — ishlab chiqarish, taqsimlash, m u o m a la
va iste’molga xizmat ko'rsatadi.
Qayta ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq holda kredit, ishlab
chiqarish, taqsimlash yoki iste’mol jarayo n id a kechadigan funksiya-
lardan farqli o ‘laroq qayta taqsimlash funksiyasini bajaradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ssuda kapitali bozori vaqtincha b o ‘sh
turgan moliyaviy resurslarni bir faoliyat jab h asid an boshqasiga y o 'n a l-
tiruvchi va natijada kechadigan funksiyasini bajaradi.
Qayta taqsimlash funksiyasi yordam ida korxonalar, tashkilotlar,
davlat va shaxsiy sektorning b o ‘sh pul m ablag‘lari va darom adlari
ssuda kapitaliga aylantiriladi ham da vaqtincha foydalanishga, davlat
va shaxsiy sektorning b o ‘sh pul mablag‘lari h a m d a darom adlari ssuda
kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga, m uayyan t o ‘lov
asosida beriladi. Bu funksiya yordam ida ishlab chiqarishdagi p ro p o r-
siyalar va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi.
Turli tarm oqlard agi darajasiga k o ‘ra, kredit iqtisodiy stixiyali
makroboshqaruvchisi sifatida n am o y o n b o ‘ladi. B a ’zi hollarda bu
funksiyaning am alga oshirilishi b o z o r tiz im ig a n o m u ta n o s ib lik n i
chuqurlashuviga olib kelishi m um kin. X uddi shunday holat M D H
davlatlarida bozor iqtisodiga o ‘tish bosqichida n am oyon boMmoqda
shuning uchun kredit tizimini davlat tom o n id an boshqarishning m u h im
vazifalaridan biri bu iqtisodiy ustunlikni o qilona tavsiflash va kredit
resurslarini u yoki bu tarm oqqa jalb qilishni rag'batlantirishdan iborat.
M uomala harakatlarini tejash funksiyasi.
Kredit vujudga kelishi
davridan boshlab haqiqiy pullarni (oltin, k um ush) kredit pullari —
veksellar, banknotalar, cheklar bilan alm ashishini t a ’m inlab kelgan.
Lekin, oltinning m o n etä r roli yo'qolishi tufayli kredit bu funksiyasi
yordam ida naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirib, hisob-kitoblarni
tezligini va kam xarajatliligini ta ’m inlam oqda. K apitalning m uo m a la d a
bo'lish vaqtining tejalishi uning ishlab ch iq a rish d a b o ‘lish v aqtini
oshiradi va bu ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydaning ortishiga
olib keladi.
Bu funksiyaning amalga oshishi kreditning iqtisodiy m ohiyatidan
kelib chiqqan. U ning manbayi sanoat va savdo kapitalining doiraviy
Dostları ilə paylaş: |