67
Yoshga nisbatan yillik vafot etish ehtimolligining o‗zaro bog‗liqligini vafot
etish jadvallari orqali tasvirlanadi. Yillik vafot etish ehtimolligi statistik
ma‘lumotlar asosida aniqlanadi. Boshqa qo‗shimcha ko‗rsatkichlar,
masalan
hayotning davomiyligi ko‗rsatkichi ham yuqoridagi ma‘lumotlar asosida
hisoblanadi.
Vafot etish jadvalini hisoblash uchun zarur ma‘lumotlar:
-
biror bir davr uchun, masalan kalendar yili uchun insonlarning jinsi va
yoshi kesimida
vafot etganlar soni;
- o‗rganilayotgan davrda, masalan bir yoshgacha,
bir yoshdan ikki
yoshgacha va hokazo davrlarda jinsiy tarkib bo‗yicha erkak va ayollar soni.
Natijada erkak va ayollar uchun yoshga nisbatan vafot etishning empirik
o‗zaro bog‗liqligi ko‗rsatkichi qx topiladi. 1a rasmdagi o‗zaro bog‗liqlik o‗zgarmas
emas. Vafot etish darajasi katta yoshda kichik yoshdagilarga nisbatan past bo‗lishi
mumkin. Bu bir qancha qoidalardan
kelib chiqishi mumkin, masalan hayotning
birinchi yilida vafot etish darajasi boshqa yillarga nisbatan yuqori bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: