O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə267/292
tarix04.01.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#82564
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   292
7-sinf Òzbekiston tarixi kitobi

yer egaligi.
 
XV asr davomida Movarounnahr va Xurosonda 
avvalgidek yer va mulkchilikning asosan to‘rt shakli: 
“mulki 
devoniy”

“mulk” 

“mulki vaqf”,
 
“jamoa yerlari” 
bo‘lgan. 
Sug‘oriladigan yerlarning eng katta qismi davlat mulki 
hisoblangan. Bu yerlarga avvalgidek mamlakat hukmdori 
sulton yoki amirlar egalik qilardi.
Temuriylar davrida davlat yerlarini 
“suyurg‘ol” 
tarzida 
in’om qilish keng tarqaladi. Suyurg‘ol egalari tobeligini 
kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat ba’zan ular 
tasarrufidagi  yer  maydonlarini  qisqartirar  yoki  ularning 
haq-huquqlarini cheklab, bo‘ysunmagan taqdirda suyurg‘ol 
huquqidan mahrum etilar va boshqa shaxsga berilar edi.
Bu davrda bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga 
yaxshi xizmati uchun 
tarxonlik yorlig‘i 
berish an’anaga 
aylanadi. Tarxonlik yorlig‘ini olgan mulkdorlar barcha soliq
to‘lov va majburiyatlardan ozod qilingan. Tarxonlik yorlig‘i 
odatda amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va boshqa 
yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Bunday yorliqni olgan 
mulkdor ismiga “tarxon” martabasi qo‘shib aytilgan.


144
XV asrda ham avvalgi davrlardagidek juda ko‘p yer va suv 
masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara va mozorlarga biriktirilib, 
bunday yerlar 
“mulki vaqf” 
deb atalgan. Odatda yer va suvdan 
tashqari ko‘plab do‘kon, korxona, tegirmon, objuvoz, bozor 
rastalari, karvonsaroylar ham vaqf qilinib, ulardan tushgan 
daromad masjid, madrasa, tabiblar uyi va xonaqohlarning 
ta’miri, jihozi, mutavalli, mudarris, tabib va talabalarga 
beriladigan  nafaqalar  hamda  langarxona  (musofirxona)  va 
shifoxonalarning kundalik xarjlari uchun sarf etilgan.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə