~ 46 ~
6-SINFDA X.TO‘XTABOYEV IJODINI O‘RGANISH
MAVZUSIGA OID VIDEODARS TAYYORLASH
Ishning maqsadi:
talabalarni 6-sinfda X.To‘xtaboyev ijodini
o‘rganish mavzusiga oid videodars tayyorlash texnologiyasi bilan
tanishtirish va amalda videodars tayyorlashga o‘rgatish.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Umumiy o‘rta ta’limning 6-sinf adabiyot o‘quv dasturi.
2. Ahmedov S. va boshq. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim
maktablrining 5-sinfi uchun darslik. – Toshkent: Sharq, 2020. – 208-216-
b.
3. To‘xtaboyev X. Sariq devni minib. – Toshkent: Yangi asr avlodi,
2013. – 236 b.
4. Tosheva O. Taqdimot materaillaridan foydalanish usullari // Til
va adabiyot ta’limi. – Toshkent, 2012. – № 12. – B11-13.
Kerakli jihozlar:
axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ZOOM
yoki “Power Point” dasturlari, “Sariq devni minib” asariga ishlangan
“Sehrli qalpoqcha” filmidan kadrlar.
Ishni bajarish tartibi:
1) yozuvchi hayoti va ijodini chuqur o‘rganish;
2) 6-sinf “Adabiyot” o‘quv dasturi va darsligi bilan tanishish, unda
X.To‘xtaboyev ijodi, xususan, “Sariq devni minib” asaridan berilgan
parchalarni o‘rganishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlarni
belgilash, shu asosda dars rejasini tuzish. Masalan, “X.To‘xtaboyev.
“Sariq devni minib” romani. (4 soat, A2+: 6 soat). X.To‘xtaboyevning
hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Roman qahramoni –
Hoshimjon
sarguzashtlarining
obraz
tabiati
bilan
uyg‘unligi.
Hoshimjondagi yalqovlik va intizomsizlik qusurlarining qahramon
taqdirini nojoiz yo‘llarga solib yuborganligi va bu holning ta’sirchan
ifodalanishi. Roman qahramoni tabiatidagi quvnoqlik, topqirlik,
hozirjavoblik, qo‘nimsizlik singari xislatlarning asar voqealari rivojidagi
o‘rni. Qalpoqcha yordamida “ulg‘aygan” va turli ixtisoslikni “egallagan”
Hoshimjonning har safar chuv tushishi sabablari, qahramon tabiatining
yoqimli va noxush jihatlari hamda ular o‘rtasidagi aloqadorlik. Asar
tilining o‘ziga xosligi”
12
.
12
Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. 5–9-sinflar // O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Тоshkent: 2017-yil 14 (774)-son, 230-modda. – 37-38-b.
~ 47 ~
3) yozuvchi ijodini o‘rganishga doir dars ishlanmasi tuzish, “Power
Point” dasturi asosida taqdimotlar tayyorlash (1-ilova), taqdimotlar ichiga
filmdan kadrlar yoki radiopostanovkalardan qisqartirib olib yuklash;
4) asar asosida suratga olingan filmlar, “Online dars”
teledasturlarini kuzatish;
5) rejalashtirilgan dars loyihasi asosida axborot texnologiyalari,
xususan, ZOOM dasturi, Telegram kanali (videochat) yoki “Power Point”
dasturlari imkoniyatlaridan foydalanib videodars tayyorlash.
6) videodars tayyorlash mazmuni bilan tanishish (2-ilova).
7) ZOOM dasturidan foydalanishda kompyuterga dasturni o‘rnatish,
dars rejasi asosida o‘quvchilarga yetkazilishi zarur ma’lumotlarni
muayyan tartib bilan bayon etish. Videodars tayyorlash uchun “Power
Point” dastiridan foydalanishning qulayliklarini o‘zlashtirish. Buning
uchun nazariy materiallarni tayyorlab olish, slayd-shou parametri
imkoniyatlaridan foydalanish.
1-ilova
Dastlab taqdimot materiallarini tayyorlashga qanday talablar
qo‘yilishi bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq. Bunda
kompyuterning Microsoft Power Point amaliy dasturi imkoniyatlaridan
unumli foydalanish mumkin. Bu dastur ko‘rgazmali va grafik
xarakterdaligi bilan ma’lumotlarni vizual yetkazish vositasi sanaladi. Ms
Power Point dasturi matn, tasvir, chizma, grafik va animatsiya effektlari,
ovoz va videolavhalardan iborat slaydlarni yaratishga mo‘ljallangan.
Slayd bu muayyan o‘lchamdagi muloqot sahifasidir. Matn vazifasini
o‘tovchi slaydlar jarayonni yoritishga xizmat qiluvchi chizma, grafik,
fotosurat, animatsion effektlar yoki videotasvirlarni o‘z ichiga oladi.
Slaydlardagi matnlar iloji boricha qisqa, aniq va lo‘nda bo‘lishi maqsadga
muvofiq. Matn imkon qadar kamroq jonni egallashi, ya’ni 6–7 qatordan
oshmasligi ma’qul. Aks holda harflar kichrayib ko‘rishni
murakkablashtiradi. Matn harakatga kelishi, ularning almashishi,
jihozlanishi uchun ko‘plab shablonlar, turlicha (oddiy, o‘rtacha,
murakkab) tuzilishdagi animatsiya effektlaridan foydalanish tavsiya
etiladi.
Taqdimot tayyorlashda dastlab g‘oyalarni shakllantirib olish,
ma’lumotlar to‘plash, rejalashtirish, dizayn, animatsiya tanlash va ko‘rib
chiqish amallari bajariladi.
G‘oyalarni shakllantirish
bosqichida materialning qaysi auditoriya
uchun mo‘ljallangani, hajmi va ko‘rinishi haqida aniq to‘ xtamga kelish
zarur.
~ 48 ~
Ma’lumotlar to‘plash
da mavzu yuzasidan tegishli materiallar
aniqlanib, undagi zarur jihatlar tanlab olinadi. Xususan, biror ijodkorning
tarjimayi
holi,
fotosuratlari,
jadvallar,
kitoblari,
u
haqda
zamondoshlarining fikrlari, xaritalar, asarlari asosida suratga olingan
filmlardan kadrlar kompyuter xotirasiga kiritiladi.
Rejalashtirish
bosqichida to‘plangan ma’lumotlarni joylashtirish
ketma-ketligi belgilanadi. Masalan, dastlab mavzu nomi, rejasi, ijodkor
hayoti va faoliyatiga oid matn joylashitirlib, ular orasida rasmlar, audio
yoki videomateriallarga o‘rin beriladi.
Dizayn
yaratishda slaydlarning tuzilishi, asosining rangi, harflar
shrifti va kattaligi kabi xususiyatlar e’tiborga olinadi.
Animatsiya
ma’lumotlarning qiziqarliroq bo‘lishi, ta’lim oluvchilar
diqqatini jalb etishini ta’minlaydi, matn va tasvirlarni harakatlantirish,
unga ovoz berishiga ko‘ra tanlanadi.
Ko‘rib chiqish
funksiyasi ekranning o‘ng tomoni pastki qismidagi
kataklar ichidagi “Pokaz slaydov”, ya’ni slaydlarni ko‘rsatish so‘zi ustiga
sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagi amallarga tayanilib tayyorlangan tadqimot materialini
kompyuter xotirasida saqlash, maxsus dasturlar orqali diskka ko‘chirish
yoki fleshkalarga o‘tkazish orqali namoyish qilish mumkin.
2-ilova
Videodars tayyorlash uchun dastlab tegishli ma’lumotlarni
kompyuter programmalariga mos holda tayyorlab olish maqsadga
muvofiq. Bunda zarur moslama – videokarta bo‘lishi talab etiladi.
Moslamaga videokamera yoki televizorlar ham ulanishi mimkin. Ko‘p
hollarda videoelementlarni monitorda ifodalay bilishning o‘zi kifoya.
Shuningdek, videoadapter va monitorning bo‘lishi ham yetarli
hisoblanadi.
Videodars tayyorlash uchun smart qurilmalardan foydalaniladi.
Smart qurilmalardan real muhitni anglash, ta’lim jarayonida qo‘llash
uchun multimedialar yaratishda foydalanish mumkin. Matnli izohlar,
tasvirlar, audioyozuvlar yoki videoyozuvlar o‘tilayotgan mavzuni
o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. Talabalar belgilangan dars jarayonini
smart qurilma orqali tasvirga olib ularni ijtimoiy media tarmoqlar
(Instagram yoki Twitter, Foursquare yoki Yelp) orqali tegishli shaxslarga
yuborishlari, ular ham mazkur dars mashg‘ulotini o‘rganib chiqishlari,
shuningdek, bu borada boshqa hamkasblari bilan munozaralar tashkil
etishlari mumkin.
~ 49 ~
Dostları ilə paylaş: |