Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Muhokama uchun savollar 
Ish yakunida talabalarga quyidagicha jadval tarqatiladi va mavzu 
yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi topshiriladi: 
Savol-topshiriqlar 
Natijalar 
Mavzuni o‘rganishda qanday ish turlari va 
shakllaridan foydalandingiz? 
Bo‘lajak kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan 
qaysi jihatlarni o‘zlashtirdingiz? 
Bilib oldim: 
Tushunib yetdim: 
O‘rgandim: 
Mavzuni o‘zlashtirishda menga: 
Oson bo‘ldi: 
Qiyinchilik tug‘dirdi: 
Xalaqit berdi: 
1. 6-sinfda X.To‘xtaboyev ijodini o‘rganish 
mavzusiga oid videodars tayyorlashda
asosan, nimalarga tayandingiz?
2. Videodars tayyorlashga oid qanday 
talablar faoliyatingizda qo‘l keldi? Ular 
haqida batafsil so‘z yuriting.
LABORATORIYA ISHI TOPSHIRIQLARI 
Eslatma:
barcha variantdagi 1-topshiriqda yozuvchi hayoti va 
ijodini o‘rganish metodikasi hamda ta’limda multimedia vositalari bilan 
ishlash texnikasi bilan tanishib chiqish vazifasi qo‘yilgan.
1-variant 
Ijodkor tarjimayi holini loyihalash yuzasidan amaliy tavsiya 
tayyorlang. 
6-sinfda X.To‘xtaboyevning tarjimayi holini o‘rgnishga doir 
videodars loyihasini tayyorlang. 
2-variant 
Yozuvchi uslubini o‘rganish mazmuni haqida amaliy tavsiya 
tayyorlang. 


~ 50 ~ 
Darslikda X.To‘xtaboyev tarjimayi holini o‘rganish yuzasidan 
berilgan materiallarni tahlil qiling va videodars tayyorlang. 
3-variant 
Asarning yaratilish tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlarning o‘rganilishi 
haqidagi fikrlaringizni bayon eting. 
“Sariq devni minib” asarining yaratilishi tarixiga doir manbalar 
bilan tanishing va yozuvchi hayoti va ijodiga doir videodars tayyorlang. 
4-variant 
Adib biografiyasini o‘rganishda u haqda boshqalarning fikrlaridan 
foydalanish haqidagi qarashlaringiz asosida amaliy tavsiya tayyorlang. 
“Shaytonning yelkasiga igna sanchganim” mavzusidagi parchani 
o‘rganish yuzasidan videodars tayyorlang.
5-variant 
Yozuvchi ijodini o‘rganish estetik hodisaligi borasidagi 
qarashlarlarga munosabat bildiring. 
“Baxtim kulib boqqan edi” parchasini o‘rganishga doir videodars
tayyorlang. 
6-variant 
Badiiy asarni san’atning boshqa turlari bilan bog‘lab o‘rganishning 
afzallikliklarini yoriting. 
Asarning o‘quv dasturida o‘rganilishi rejalashtirilmagan qismidan 
biror parchani o‘rganishga doir videodars tayyorlang. 
7-variant 
Badiiy asarni boshqa fanlar bilan integratsiyalab o‘qitishga doir 
qarashlaringizni bayon eting. 
“Hasharotni kaltaklashga buyurganim” parchasini o‘rganishga doir 
videodars tayyorlang. 
8-variant 
Badiiy asarni kinosan’ati bilan qiyoslab o‘rganishga doir amaliy 
tavsiya tayyorlang.
“Sariq devni minib” asariga ishlangan film kadrlaridan foydalanib 
videodars tayyorlang. 


~ 51 ~ 
9-variant 
Yozuvchi ijodiga doir filmlarni o‘rganishning ahamiyatini yoriting. 
Asar qahramonlari o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilishga doir 
videodars tayyorlang. 
10-variant 
Yozuvchi ijodini o‘zi haqidagi esdaliklar bilan o‘rganish 
samaradorligini yoriting. 
X.To‘xtaboyev ijodini o‘zi haqidagi adabiy manbalar bilan 
o‘rganishga doir videodars tayyorlang. 
11-variant 
Yozuvchi ijodini o‘rganishda asarning yuzaga kelishi haqidagi 
ma’lumotlarning o‘rnini izohlang. 
“Sariq devni minib” asarini yaratishga bog‘liq omillar haqidagi 
fikrlarni o‘rganib videodars tayyorlang. 
12-variant 
Yozuvchining badiiy asarda tutgan o‘rnini aniqlash yuzasidan 
amaliy tavsiya tayyorlang. 
Sarguzasht asarlarni o‘rganish yuzasidan videodars tayyorlang. 
13-variant 
Yozuvchining dasturdan o‘rin olmagan boshqa asarlarini 
o‘rganishga qiziqtirish yuzasidan amaliy tavsiya yozing.
X.To‘xtaboyevning Adabiyot o‘quv dasturga kirmagan asarlarini 
o‘rganishga doir videodars tayyorlang. 
14-variant 
X.To‘xtaboyev uslubini o‘rganishga doir amaliy tavsiya tayyorlang. 
“Sariq devni minib” asarining badiiy xususiyatlarini o‘rganishga 
doir videodars tayyorlang. 
15-variant
Badiiy asar tilining o‘ziga xosliklarini o‘rganish yo‘llari haqida 
amaliy tavsiya tayyorlang. 
“Sariq devni minib” asari matni ustida ishlash yo‘llariga doir 
videodars tayyorlang (darslikdagi biror parcha matni asosida). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə