Tadqiqotlari


Demak, Marketing tadqiqotlari



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/248
tarix24.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118795
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   248
Marketing tadqiqotlari-2019 darslik

Demak, Marketing tadqiqotlari 
(ingl. marketing research)
1
deb axborot 
to‘plash, uni izohlash, marketing xizmatlari va firma rahbariyati uchun ularning 
buyurtmalari bo‘yicha bajariladigan baholash va bashorat hisob-kitoblariga aytiladi.
Shuningdek, marketing tadqiqotlari ma’lumotlarni guruhlash, ularni qayta 
ishlash, saralash, birlamchi ma’lumotardan foydalangan holda ikkilamchi 
ma’lumotlarni shakllantirish, marketing xizmatlari va korxona rahbariyati uchun 
ularning buyurtmalari bo‘yicha bajariladigan baholash va bashorat hisob-kitoblariga 
aytiladi. 
Marketing murakkab, vaqt bo‘yicha iyerarxik strukturalangan jarayonni 
ifodalaydi, unda tadqiqotchilik faoliyati muhim rol o‘ynaydi. Shunga muvofiq 
marketingda beshta bosqich ajratib ko‘rsatiladi (1.2-rasm): 
Maqsadlar belgilash, tadqiqot uchun muayyan topshiriqlar 

Naresh K. Malhotra. Imad B. Baalbaki. Marketing Research. 6
th
Edition. Arab World adaptation edition 
published by Pearson Education LTD. © 2013. 


21 
Marketing
 
tad
q
iq
oti
 
Ma
rke
ti
ngni t
ez
kor 
va
stra
tegic
re
jala
shti
rish
Ma
rke
ti
ngni t
ova
r va
na
rx siyosa
ti
ni i
shlab 
chiqi
sh
Tova
r xa
ra
ka
ti

tovar
sot
ish va 
dist
ribyutsi
ya
Tova
rla
rni boz
orga
xa
ra
ka
tl
anti
rish
Axborot-tahliliy ta’minot
1.2-rasm. Marketingda marketing tadqiqotining o‘rni 
Marketing tadqiqoti yoki marketing axborot-tahliliy ta’minoti marketing 
faoliyatining ajralmas bir qismidir. Axborot va uning tahlilini marketingdan ajratib 
bo‘lmaydi. Marketing tadqiqoti – marketing amaliy vositasidir. 
Marketing tadqiqoti marketingning axborot ehtiyojlarini qondirishi ko‘zda 
tutilgan tadqiqotchilik faoliyati turini ifodalaydi.
Zamonaviy marketing asoslaridan biri F.Kotlerning ta’rifi bo‘yicha: 
“Marketing tadqiqotlari deb, turli yo‘nalishlarni tizimli ravishda tayyorlash va 
o‘tkazish, kompaniya oldiga qo‘yilgan konkret marketing vazifasiga mos bo‘lgan 
natija va xulosalarga ega bo‘lish uchun olingan ma’lumotlarni tahlil etish jarayoni” 
1
tushuniladi. 
Iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiya va modernizatsiyalash, ishlab 
chiqarishni texnik va texnologik yangilash, ishlab chiqarish quvvatlarini 
rivojlantirgan holda eksport hajmini oshirishda zamonaviy korxonalar faoliyatini 
ustuvor rivojlanishini ta’minlash hamda bu sohada marketing faoliyatini 
takomillashtirish o‘z yechimini kutayotgan bugungi kunning eng dolzarb 
masalalardan biri hisoblanadi. Avvalambor, korxonalar faoliyatida birinchi navbatda 
“marketing tadqiqotlari” tushunchasini, uning nazariy va uslubiy ahamiyatini yanada 
1
Котлер Ф. Маркетинг менеджмент. 11-изд. СПб.: Питер, 2015 – 155 б . 


22 
ochib berish bilan uning korxonalarda tutgan rolini oshirish orqali korxona 
faoliyatida o‘z bozorini to‘laroq o‘rganishiga muhim zamin yaratadi. Lekin, bugungi 
kunda mamlakatimizdagi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan 
korxonalarning 
iqtisodiyotdagi 
ulushini 
oshirish 
talab 
etiladi. 
Ularning 
imkoniyatlarini yanada kengaytirish, raqobatardosh yangi ishlab chiqarishni tashkil 
etish va yangi bozorlarga chiqish, ichki bozorga importning o‘rnini bosuvchi va 
eksport hajmini oshirishga xizmat qiluvchi tovarlar ishlab chiqarish talab etiladi. 
Marketing tadqiqotlari tushunchasiga batafsil to‘xtaladigan bo‘lsak, tor 
ma’noda bozorni o‘rganuvchi fan sohasi hisoblanadi, keng ma’noda marketing 
tadqiqotlari tushunchasi tovar va xizmatlarni ayirboshlash yo‘li bilan ehtiyoj va 
talablarni qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining bir turini tushunishimiz 
mumkin, bozordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan 
harakatlarini, talablarini shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing 
tadqiqotlari korxonalarda marketing faoliyatini joriy qilish, uni boshqarish, 
rejalashtirish va nazorat etish muhim ahamiyatga egadir.
Marketing tadqiqotlarining yuqori darajada tashkil etilishi, ularning ko‘lami, 
tahliliy va qayta ishlash jarayonlarida foydalaniladigan uslublar yig‘indisi, bevosita 
korxona va tashkilotlarning marketing strategiyasini belgilashda, amalga oshirishda, 
dastlabki bosqich hisoblanadi. Iste’mol bozori tobora yangi tovarlar va xizmatlar 
bilan boyib borayotgan bugungi kunda yangi marralarni aniqlash va ulardan oqilona 
foydalanishda marketing tadqiqotlarining ahamiyati kun sayin ortib bormokda. 
Xulosa qilib aytganda, marketing 
tadqqotlari fani – marketing instrumenti yoki 
uning axborot ta’minoti bo‘lib, ushbu jarayon marketing faoliyatining ajralmas qismi 
hisoblanadi va ushbu fan - bozorda marketing faoliyati deb hisoblanib, unga bog‘liq 
barcha bozor jarayonlarni o‘rgatadi.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   248




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə