Tadqiqotlari


 Marketing tadqiqotlarining maqsadi va vazifalari



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/248
tarix24.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118795
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   248
Marketing tadqiqotlari-2019 darslik

 
1.2. Marketing tadqiqotlarining maqsadi va vazifalari 
 
Marketing tadqiqotining maqsadi – marketingning axborot-tahliliy 
ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan har qanday tadqiqotchilik faoliyatidir.
 


23 
Shuningdek, marketing tadqiqotlarining maqsadi – axborot – tahliliy bazani 
yaratish bilan birga, noaniqlik darajasini pasaytirishga olib keluvchi marketing 
borasidagi qaror qabul qilish yechimiga aytiladi.
Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi bu – bozor tuzilishi va dinamikasi 
qonuniyatlarining umumiy ko‘rinishdagi konsepsiyani ishlab chiqish, ma’lum bir 
korxonaning vazifalari va imkoniyatlarini ishlab chiqarishga samarali moslashishni, 
texnologiyalar va tuzilmalar, shuningdek, pirovard iste’molchi xoxish- istaklarini 
qondira oladigan tovar va xizmatlarni bozorga taqdim etishdir. 
Marketing tadqiqotlarining maqsad va vazifalari shuni taqazo etadiki, 
marketing axborotlarini to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilishdan iborat. Uni 
maqsadida tovar bozorida joriy muammolarni hal etish va marketinga oid kerakli 
qarorlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan jarayonlar yotadi. 
Bozorni tadqiq eishga ko‘ra marketing tadqiqotlari quyidagilar bilan ajralib 
turadi: iste’molchilarni, raqobatchilarni, sotishni, tovarlarni, tovar harakatini, narxni 
va korxonaning ichki muhitini tadqiq qiladi. 
Shuning uchun, bozorni tadqiq qilishdan ko‘ra, marketing tadqiqotlarini 
o‘tkazishda ko‘proq axborot to‘plash va vaqt omilini talab etadi. To‘laqonli va 
ob’ektiv marketing axborotlari korxonaning bozordagi muvaffaqiyatini ifodalaydi. 
Ba’zi paytlarda marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda barcha sharoitlar mavjud 
bo‘lsada,ba’zi xollarda ba’zi sabablar ushbu tadqiqotlar jarayonini to‘xtatib qo‘yish 
mumkin. Ushbu sabablar: 
• mavjud xisobotlardan olingan to‘laqonli ma’lumotlar; 
• tadqiqot o‘tkazish uchun vaqtning yetishmovchiligi; 
• tadqiqot uchun kerakli resurslarning mavjud emasligi; 
• taxmin qilgan natijalar, kutilgan samaraga erishish uchun xarajatlarning 
ko‘payib ketishi va xokazolar. 
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishdan oldin, korxona uchun asosiy muammo 
nimadan iborat ekanligi va uni yechimini topishni shakllantirib olish ke
rak.
Asosiy muammoning o‘rganish va uni yechimini topish uchun quyidagilarga 
e’tiborni qaratish lozim: 


24 
• foydaning o‘sishi va sotuv hajmining oshishiga; 
• bozorda raqobatchilarning pozitsiyasini kuchayishiga olib keluvchi omillar 
tahlili va ularning asosiy sabablarini o‘rganish; 
• bozorga yangi tovarni chiqishi; 
•iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganish va ularning firma mahsulotiga bo‘lgan 
munosabatini o‘rganish. 
Undan tashqari, marketing tadqiqotlarining muammolari tovarning maxsus 
ishlatilishiga, bozorning to‘yinganlik darajasiga, tovar harakatining kanallarini 
tanlashga, raqobatchilarning faolligiga, talabni bashorat qilishga, reklamaning 
samaradorligiga, baho darajasiga, salohiyatli iste’molchilarni aniqlash va boshqa 
bozorning kon’yunktura xususiyatlariga bog‘liq. 
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishni asoslash uchun, tadqiqotning qimmatliligi 
va kutilgan natijalarning alohida belgilarini taqqoslash va unga ketgan resurs va 
vaqtni tahlil qilish zarur.
Marketing tadqiqotlarining ob’ektlariga quyidagilar kiradi: 
• sotish hajmi; 
• o‘z tovarlarining bozordagi joylashuvi; 
• raqobatchi – tovarlar va o‘rinbosar tovarlar; 
• yangi tovar va yangi qadoqlashni bozor qabul qilishi; 
• reklama tadbirlarining samardorligi va boshqalar. 
Marketing tadqiqotlari vazifasi – bozorning xulq-atvorini oldidan aytib berish 
mumkinligiga erishishdir.
 
Marketing tadqiqotlarida keng tarqalgan vazifalardan: 
-
bozorni o‘rganish va uning tavsifini bilish; 
-
bozor sig‘imini aniqlash va uning saloxiyat imkoniyatlarini belgilash; 
-
asosiy raqobatchilar o‘rtasida bozor ulushini tahlil qilish; 
-
ishlab chiqarilgan mahsulotning sotish dinamikasini tahlili; 
-
asosiy raqobatchilarning ishbilarmon faolligi tendensiyasini tadqiq qilish; 
-
kompaniya mahsuloti iste’molchilarini o‘rganish; 
-
bozorda narx va tovarni siljitish siyosatlarini o‘rganish va boshqalar. 


25 
Quyidagi rasmda marketing tadqiqotlarining asosiy vazifalari aks ettirilgan.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   248




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə