Tadqiqotlari


 – BOB. MARKETING TADQIQOTLARIDA MUAMMONI ANIQLASH



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/248
tarix24.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118795
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   248
Marketing tadqiqotlari-2019 darslik

4 – BOB. MARKETING TADQIQOTLARIDA MUAMMONI ANIQLASH
 
 
4.1. Marketing tadqiqotlari muammosini aniqlashning ahamiyati 
 
Marketing tadqiqotlarini samarali o‘tkazish uchun muammoni aniq va to‘g‘ri 
belgilanishi lozim. Marketing tadqiqotlarining muammosini aniqlanishi barcha 
faoliyatni to‘g‘ri yuritilishiga, loyihani amalga oshirilishiga asos bo‘lib hisoblanadi. 
Tibbiyot sohasida kasalni oldini olish yoki uni davolashda tashxis qo‘yish qanchalik 
muhim o‘rin tutsa, marketing tadqiqotlarida uning muammosini aniqlanishi shunday 
rol o‘ynaydi. Agar muammo noto‘g‘ri tushunilsa yoki aniqlansa unda vaqt va 
mablag‘ samarasiz foydalanishga olib kelishi mumkin. Muammoni aniqlash 
tadqiqotlari va muammoni xal etish tadqiqotlari mazmunan va metodologik nuqtai 
nazardan har xil vazifalarni qaratilgan bo‘lsada, ikkalasini jamlasa bo‘ladi. Masalan, 
xorijiy kompaniyalar tajribasida (“Scott Paper” kompaniyasi) bozordagi ulushini 
kamayishini tadqiqot qilinganda, uning asosida raqobat kuchayotganligi (muammoni 
aniqlanishi) aniqlandi va raqobatchilar bilan kurashish uchun bozorga yangi tovarlar 
chiqarish zarurligi haqida qaror qabul qilishgan (muammo yechimi).
Muammoni aniqlash uchun MT (problem identification research)
– hozirgi 
yoki 
kelajakda 
mavjud 
bo‘lishi mumkin aniq bo‘lmagan muammoni 
muvofiqlashtirishga yordam berishda foydalaniladi. 
Bozor munosabatlari sharoitida kutilmagan vaziyatlardan kam sarf bilan chiqib 
ketish tadbirkorlik faoliyatida muhim muammolardan 
biri hisoblanadi. Albatta, samarali faoliyat yuritishda 
ichki va tashqi omillarning ta’sirini oldindan bila olish, 
ularning zarariy ta’sirini kamaytirish hammani qo‘lidan 
kelavermaydi. Shu sababdan marketing tadqiqotlarini 
o‘tkazishni asosiy vazifalaridan bo‘lmish, yuzaga kelgan 
va kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan 
bashoratlash vazifasi muhim o‘rin egallaydi. Bekorga 
biznesda “kim birinchi ma’lumotga ega bo‘lsa, o‘sha bozorni egallaydi”, degan ibora 
o‘zining dolzarbligini ko‘rsatib kelmoqda. 


89 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   248




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə