Tadqiqotlari


 Marketing rejasini ishlab chiqish texnologiyasi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/248
tarix24.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118795
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   248
Marketing tadqiqotlari-2019 darslik

3.4. Marketing rejasini ishlab chiqish texnologiyasi 
Korxonalar uchun rejalashtirish faoliyatining yuqori darajasini ifodalab, sotish 
va foyda olish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Rejalashtirishning asosiy 
qismi strategik rejalashtirishdan iboratdir. 
Quyidagi 3.13.-rasmda strategik rejalashtirish jarayoni keltirilmoqda. 
Strategik rejalashtirish - bu korxonani istiqbolda ko‘rish, korxonaning 
iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni, rolini bilish va yangi 
darajaga erishish yo‘llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtirishda aniq 
hisoblangan ko‘rsatkichlar bo‘lmaydi, balki turli bashoratlar asosida mo‘ljallar, 
kelgusiga nazar tashlashdan iboratdir. 


82 
 
3.13.-rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni 
 
F. Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida bunday deb yozadi: 
“Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari orasidagi strategik 
muvofiqlikni qo‘llashni boshqaruv jarayonidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq 
ifodalangan dasturiy bayonotiga, yordamchi maqsadlar va vazifalarni mo‘ljallashiga, 
sog‘lom xo‘jalik portfeli va o‘sish strategiyasiga tayanadi”. 
Korxona dasturi o‘z ichiga korxonaning bugungi holati haqida, uning mijozlari, 
mijozlar uchun kadrli bo‘lgan tomonlari, korxona istiqboli haqida ma’lumotlarni 
oladi. Savdo korxonasi bunday dasturni doimo diqqat markazida saqlashi, muntazam 
ravishda unga tuzatishlar kiritib turish kerak. Korxona dasturi maqsad qo‘yishga, 
uning ahamiyatini oshirishga ko‘maklashadi va maqsadga erishishga yo‘llaydi. 
Korxona dasturida korxonaning faoliyat doirasi ko‘rsatiladi. Bu doiraning 
chegarasi bo‘lib, mahsulotlar, texnologiyalar, mijozlar guruhi, ular ehtiyoji yoki bir 
necha omilning aralashmasi xizmat qilishi mumkin. Masalan, korxonada 
avtomashinalar, radio-teleapparatlari, boshqa tovarlar sotilishini ifodalash tovarlar 
doirasi chegarasini bildiradi. Savdo korxonasining imkoni boricha tovar assortimenti 
kengroq bo‘lishi kerak. 
Tashkilotning 
vazifalarini aniqlash
Strategik xoʻjalik 
boʻlimlarini 
vujudga keltirish
Marketing 
maqsadlarini
belgilash
Holat tahlili
Marketing 
strategiyasini ishlab 
chiqish
Taktikani amalga 
oshirish
Natijalarni kuzatish


83 
Korxonaning vazifalari va maqsadi bosqichi har bir boshqaruvchi, rahbariyat 
xodimi oldiga maqsadga erishishga qaratilgan vazifalar qo‘yadi. O‘z vazifalarining 
bajarilishiga har bir xodim javobgardir. 
Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish bo‘lsa, unga erishish uchun foyda 
keltiradigan tovarlarni sotishni ko‘paytirish, ular hissasini oshirish lozim. Bunday 
tovarlar sotilishini ko‘paytirish esa, tovar manbalarini topishni, ular ichidagi eng 
samaralisini tanlashni talab etadi. Bulardan o‘z navbatida qator vazifalar kelib 
chiqadi. Bu vazifalar marketing vazifalari bo‘lib, marketing strategiyasini ishlab 
chiqishni talab etadi. Bunda bozorni o‘rganish, taklif manbalarini o‘rganish, 
korxonaga tegishli har bir tovar bo‘yicha konyunkturani o‘rganish va ular bo‘yicha 
xulosa chiqarish jarayoni bajariladi.
Quyidagi 3.14.-rasmda korxona va marketing strategiyasi darajasidagi 
rejalashtirish jarayoni keltirilmoqda.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   248




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə