Tadqiqotlari


-rasm. Inson ehtiyojlari tizimi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/248
tarix24.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118795
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   248
Marketing tadqiqotlari-2019 darslik

3.12-rasm. Inson ehtiyojlari tizimi
1
 
Inson ehtiyojlarini o‘rganish quyidagilarga imkon beradi:

iste’mol strukturasini tuzish;

ularning son ko‘rsatkichlari va dinamikasini aniqlash; 

ehtiyojlarni qondirish navbatini aniqlash; 

tovarlarning iste’mol xususiyatlarini tasniflash va o‘lchash; 

qondirilgan va qondirilmagan ehtiyojlar strukturasini belgilash.
Xaridni amalga oshirish motivatorlari. 
Tadbirkorlik faoliyatida barqaror 
muvaffaqiyatga erishish uchun tovarlarni xarid qilishda qaysi motivlar iste’molchilar 
xulq-atvorini belgilab berishini tushunish zarur.
1
Бендина Н.В. Маркетинг в схемах. –М.:Изд ПРИОР, 2012, с.83 
Absolyut ehtiyojlar 
Nisbiy ehtiyojlar 
haqiqiy ehtiyojlar 
To’lov layoqatiga ega 
ehtiyojlar 
Fiziologik 
His-tuyg’u 
Intеllеktual 
Ma'naviy 
Shaxsning jismoniy va 
ma'naviy rivojlani-shini 
ta'minlovchi moddiy nе'mat 
va xizmatlarda 
Sh 









yo 



80 
Motiv bu shunday ehtiyojki, u xaridorni o‘zini qondirish uchun har qanday 
usullarni izlab topishga majbur qiladi.
Xaridni amalga oshirish motivatorlari ikki toifaga - ratsional (mantiqiy) va his-
tuyg‘u (psixologik) toifaga taqsimlanadi.
Ratsional (mantiqiy): 

foyda yoki pulni tejash; 

omilkorlik; 

salomatlik; 

kafolat muddati va ishonchlilik; 

ehtiyotkorlik. 
Har qanday mahsulotni sotib olishda kafolat muddati va ishonchlilik katta 
ustunlik berishi mumkin. Agar iste’molchi har kuni do‘konga yoki bozorga tashrif 
buyurish imkoniga ega bo‘lmasa, bu holda u saqlanish muddati uzoqroq bo‘lgan 
mahsulotni tanlaydi.
Fermerlar ham o‘z xo‘jaligi uchun qishloq xo‘jalik texnikasini xarid qilishda 
traktor va kombaynlarning ishonchliligi va uzoq muddat xizmat qilishiga e’tibor 
qaratadi.
Biroq ratsional motivlar doim ham asosiy bo‘lavermaydi. Ko‘pincha his-tuyg‘u 
motivlari kuchliroq bo‘lib chiqadi. To‘g‘ri, fermerlar o‘z tabiatidan kelib chiqqan 
holda bu motivlar ta’sriga kamroq bo‘ysinadi, lekin shunda ham ularni esdan 
chiqarmaslik kerak.
His-tuyg‘u motivlari: 

mag‘rurlik; 

qoniqish; 

moyillik; 

ma’qullash; 

qo‘rquv; 

sertakalluflik. 
Shunday bo‘ladiki, dehqonlar oilasida avloddan-avlodga bitta korxonaning 
o‘zida ishlab chiqarilgan mehnat qurollaridan foydalaniladi. Mehnat qurollarining 


81 
o‘zi ham takomillashtiriladi. Ba’zida bu mehnat qurollari boshqalardan ortda qolsada, 
baribir ularni tanlab olishadi. Sertakalluflik va savdo markasiga moyillik bunday 
bog‘lanib qolishga sabab bo‘ladi.
Nisbatan qulay mehnat sharoitlarini ta’minlovchi texnikaning paydo bo‘lishi, 
qo‘shnilaridan kam bo‘lmaslik istagi xaridorlarni qimmatroq tovar xarid qilishga 
majbur qiladi. Biroq bu doim ham narx–sifat nisbati nuqtai nazaridan samarali 
bo‘lavermaydi.
Iste’molchilar xulq-atvoriga istalgan bozorda ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning 
ahamiyati muammosiga bir-biriga zid keluvchi turli yondashuvlar mavjud. Hayot 
shunchalik serqirra va jo‘shqinki, u yoki bu guruhdagi omillarning ustuvorligi 
masalasini qo‘yishning o‘zi maqsadga muvofiq emas va zararli hisoblanadi. 
Tadbirkorlarning vazifasi esa barcha omillar ta’sirini oldindan ko‘ra bilishdan iborat. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   248




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə