Tadqiqotlari


D. MakKlelland ning fikricha, insonlar uch xil



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/248
tarix24.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118795
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   248
Marketing tadqiqotlari-2019 darslik

D. MakKlelland ning fikricha, insonlar uch xil 
ehtiyojlarni sezadilar va unga intiladilar:
Hakimiyat
Mavafaqqiyat
Tegishli bo'lish


78 
• 
Tegishli bo‘lish ehtiyoji. 
Bu ehtiyoj turi hos bo‘lgan kishilar do‘stona iliq 
munosabatlarni axtaradilar. Bunday ishchi-xodimga ega bo‘lgan rahbar bu shaxsga 
shunday xizmat berishi kerakki, ish jarayonida u ijtimoiy munosabatlarning keng 
imkoniyatlaridan 
foydalana 
olsin. 
Boshqaruvchi 
tashkilotda 
shaxslararo 
munosabatlarni va aloqani yo‘lga qo‘ya bilishi kerak. 
 
 
3.11 –rasm. Ehtiyojlar borasida olimlar talqini 
 
Absolyut ehtiyojlar 
muayyan iste’mol qiymatlariga nisbatan abstrakt bo‘lib, 
jamiyatning potensial iste’mol kuchini ifodalaydi.
Absolyut ehtiyojlar quyidagi turlarga taqsimlanadi:
Fiziologik:
 
ochlik, tashnalik, salomatlik, xavfsizlik, harakatlanish, uyqu, naslni 
davom ettirish va b.;
His-tuyg‘u:
 
muhabbat, do‘stlik, rohat, hokimlik, agressiya, yumor;
Intellektual: ijod, qiziqish, ta’lim, haqiqat;
Ma’naviy:
 
fidokorlik, falsafa, din, urf-odatlar.
Haqiqiy ehtiyojlar 
nisbiy xarakterga ega bo‘lib, jamiyatda mavjud bo‘lgan 
yoki u istiqbolda ega bo‘ladigan real predmetlarga ehtiyojni ifodalaydi. Ular 


79 
muayyan moddiy ishlab chiqarish mahsulotlarida buyum holida namoyon bo‘ladi va 
jamiyatning real iste’mol kuchi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Aholining
to‘lov layoqatiga ega ehtiyojlari 
ikkita omilga – bir tomonidan 
iste’molchilarning pul daromadlari darajasi va tovarlar narxiga, ikkinchi tomondan 
esa tovar massasi hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Aynan shu sababli ular absolyut va haqiqiy 
ehtiyojlarni qodirishning real darajasidan, demak, jamiyatning rivojlanish darajasidan 
dalolat beradi.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   248




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə