Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə21/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

Tasavvufda ikki xil mayl bor:
biri - hayajonli, sershovqin, ruhiy kechinmalarni g‘alayonlar ichra izhor etib borish mayli bo‘lsa,
ikkinchisi - osoyishta, tamkinli; chuqur daryoning tubiga o‘xshagan haybatli, vazmin, ichki dardi qudratini yashirish mayli. Birinchi maylning yirik namoyandalari Boyazid Bistomiy, Mansur Halloj, Abu Said Abul Xayr, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, SHams Tabriziy, Boborahim Mashrab, Ikkinchi mayl tarafdorlari qatoriga Junayd Bag‘dodiy, Najmiddin Kubro (butunlay bo‘lmasa ham), Sa’diy SHeroziy, Bahouddin Naqshband kabilarni kiritish mumkin. Ular o‘z asarlari va qarashlarida yolg‘izlik, zo‘riqish, ziddiyat kabi atamalarga murojaat etadilar. Din, tasavvuf, falsafa ilmlarini inson ruhiyati, ehtiyojlari nuqtai nazaridan o‘rgangan Imom G‘azzoliy “Kimyoi saodat” asarida alohida “Uzlat” degan bob ajratib, bu hodisaning olti xil foydasi va olti xil zararini ko‘rsatib o‘tadi36.
O‘zbekistonlik psixologlardan E.G‘.G‘oziev, N.G‘.Kamilova, G.Q.To‘laganova, B.M.Umarov kabi olimlarning izlanishlarida bolalik va o‘smirlik davridagi psixik xususiyatlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lib, ularda asosiy e’tibor deviant xulq-atvor, xarakter aksentuatsiyasi, bolalar va o‘smirlar suitsidi, o‘z-o‘ziga baho berish va nazorat qilish muammolariga qaratiladi37.
Muayyan psixologik bilimlarga ega bo’lgan inson o’z fikr-mulohazalarini boshqalarga qaraganda nutqda to’g’ri ifodalay oladi hamda o’zgalarning nutqini to’g’ri tushuna oladi;
o’zining aql-idrokini, psixik jarayonlarini puxta bilib oladi hamda ularga e’tiborini qaratadi; 
aqliy faoliyatni hamda psixik jarayonlarni kuchaytiruvchi yo’llarni bilib oladi va o’z ruhiyatini tizimli ravishda tarbiyalab, toblab, shakllantirib boradi.


III-BOB. O’SMIRLAR HISSIYOTINI EMPIRIK O’RGANISHNING TURLI SUB'EKTIV VA SUBEKTIVLIK HOLATI
3.1. O’smirlarda tashkiliy va uslubiy ta'minot emperik tadqiqotlar
O‘smirlarga psixologik ta’sir ko‘rsatishning samaradorligini baholashga kompleks yondashishning birinchi sharti uning muomala, bilish va mehnat sharoitidagi rivojlanishini baholashdan iboratdir. Bunda o‘smirning kommunikativ sifatlari hamda uning odamlar bilan o‘zaro munosabatidagi xususiyatlari e’tiborga olinadi, biroq o‘smirning mehnatga munosabati hamda mehnat faoliyati sharoitida kishilar bilan o‘zaro munosabatiga berilgan baho alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Ikkinchi shart - o‘quvchining rivojlanishi bilan uning turmush sharoiti yoki hozirda aytilishicha, mikromuhitni qiyosiy baholashdir. Amalda o‘smirning rivojlanishi bilan uning hayot sharoiti o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning uch ko‘rinishi uchraydi. Ularga shaxsning eng umumiy bahosi muvofiq keladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə