Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə18/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

Birinchi-xavotirlik bosqichi
Bu bosqichda taloqning kichrayishi, yog’ qavatining yo’qolishi, oshqozonda o’tkir yallig’lanishning sodir bo’lishi, buyrak tepasida lipoidlarning kamayishi va shu bilan birga teri jarohatining pasayishi, ko’z yoshlanishi, so’lakning ajralishi ham kuzatiladi. Agarda, ta’sir kuchli bo’lsa, bu bosqichda xavotirlik holati boshlanadi.
Ikkinchi-moslashish bosqichi
Bunda buyrak usti bezlari kattalashishi kuzatiladi, ichki organlar va to’qimalarning ishlash faoliyati o’zgaradi. Agar stressni keltirib chiqaruvchi omil organizmga kuchli ta’sir etmasa, bu holat uzoq saqlanib qolishi mumkin.
Uchinchi-o’ta charchash bosqichi
Organizmda kuzatilayotgan o’zgarishlarga ko’ra bu bosqich xavotirlik bosqichiga o’zining ko’rsatkichlari bo’yicha yaqindir. Lekin bu bosqichda odatda organizm kasallanadi.
Stressning fiziologik, psixologik, shaxsiy hamda tibbiy belgilari mavjud bo’lib, ularning istalgan turi doimo hissiyqo’zg’alish bilan birgalikda kechadi. Stress holatiningbelgilarini mutaxassislar tomonidan quyidagicha ajratilgan:
– fiziologik belgilar: yurak urishi va nafas olishningtezlashishi, yuz terisining qizarishi yoki oqarishi, terlash, qon tarkibida adrenalin miqdorining ko’payishi;
– psixologik belgilar: psixologik funksiyalar dinamikasining o’zgarishi, tafakkurning sekinlashuvi, diqqatning bo’linuvchanligi, xotiraning pasayishi, qaror qabul qilish jarayonining sustlashuvi;
– shaxsiy belgilar: irodaning butunlay yo’qolishi, o’zini o’zi nazorat qilishning pasayishi, xulq-atvordagi stereotiplik va sustlik, qo’rquv, xavotirlik, sababsiz bezovtalik, ijodkorlikqobiliyatining yo’qolishi;7
– tibbiy belgilar: nevrozning ortishi, hushdan ketish, affektlar, bosh og’rig’i, uyqusizlik.
Ilinning fikriga qaraganda, stress turlari, hissiy zo’riqish va stressga olib keluvchi mikro va makro omillarni, uni bartaraf etish va oldini olish chora-tadbirlarini ma’lum diagrammalar asosida ko’rsatib o’tadi. Uning fikricha, stress bu – kuchli darajadagi zo’riqish natijasi bo’lib, u ikki turga bo’linadi:
- kuchli stress;
- kuchsiz stresslar.
Ilin fikricha, stressni – o’z roziligi, xoxishisiz paydo bo’lmaydigan ijtimoiy va shaxsiy konflikt deb ham atash mumkin.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə