X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə46/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

Agar har qanday matn 6 mar- ta ketma­ket o‘qilsa, uni 5 daqiqa tanaffus bilan o‘qilgandan ko‘ra ancha kam esda qolarkan. 10 daqiqa- dan kam vaqt o‘tganda takrorlanganda matnni o‘qishdan hech qanday foyda bo‘lmaydi. 16 soatdan oshgandan ke­ yin esa matnning maʼlum bir qismi unutilib bo‘ladi.

Ammo buni aynan tushunmaslik lozim. Bu qoida shunchaki, agar nimanidir imkon qa- dar tezroq tayyorlash kerak bo‘lsa, ertalab o‘qiganingizni kechqurun takrorlash kerak- ligini isbotlaydi, xolos.


Siz ingliz tilini o‘rganayapsiz, deb faraz qilaylik: darsni kechqurun tayyorlang va uni ertalab takrorlang. Kelgusi oqshomda esa yangi darsni o‘rganishdan oldin yoki keyin takrorlang. Agar siz bir vaqtning o‘zida ingliz tili, matematika, huquq, geografiya- ni o‘rganayotgan bo‘lsangiz, ishingizni yetarli darajada qisqa seanslarga, masalan, yarim soatlilarga shunday bo‘lingki, ular yetarli darajada tez-tez almashib tursin.
O‘qishni shunday tez takrorlash zarurki, oldingi o‘qish hali ancha chuqur izga ega bo‘l- sin. Biroq shunday takrorlash kerakki, bu o‘qish befoyda harakatga aylanib qolmasin. Joriy o‘qish uchun biz sizga o‘rganilgan ma- terialni 5–6 soatdan keyin takrorlashni maslahat beramiz. Keyin aniq holatga qarab
3 haftadan so‘ng va nihoyat 5–6 oydan so‘ng takrorlash lozim.
takrorlashning optimal rejimini aniq- lash siz uchun juda muhimdir. Izchil taj- ribalar vositasida siz soat 17da tayyorlan- gan darsni qachon takrorlash kerakligini, yaʼni uyqu oldidan yoki ertalab uyg‘ongach qaytarish maʼqulroq ekanligini aniqlab olasiz. Ertalab soat 9 bilan 10 orasida tay- yorlangan darsni soat 15-16 larga yaqin yoki sizning kuzatuvlaringizga ko‘ra soat 18 lar- ga yaqin takrorlash kerak.


Avvalgi mashqni so‘nggi marta bajaring, keyin bizning kitobdan o‘qiganlaringizga xulosa (qisqacha bayon) tayyorlang. Eslab qol- ganlaringizni o‘z so‘zlaringiz bilan gapirib bering.

Quyidagi so‘zlar ro‘yxatini timsolli bog‘lanish (assotsiatsiya)lar usuli bilan eslab qoling:


Ko‘ylak, sut mahsulotlari sotiladigan do‘kon, samolyot, ko‘mir, ko‘zoynak, arslon, tutun, shokolad, tog‘, daraxt, sandiq, tarozi, qo‘ng‘iroq, arqon, tosh yo‘l, ro‘znoma, sanchqi, lampa.
Kuzatuvchanlikka qaytamiz. Bu xislat hech qachon tug‘ma rivojlangan bo‘lmaydi.
Mana, kuzatuvchanlikka doir mashq, uni kun davomida bajarish oson: dorixona, at- torlik yoki baqqollik do‘koni vitrinasi ol- dida 15 daqiqaga to‘xtang. U yerda bor nar- salarning hammasini sinchiklab kuzating. Yo‘lingizda davom etarkansiz, vitrinada joylashgan narsalarning maksimal miqdo- rini eslashga urinib ko‘ring.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə